APL. Sterlingdan dubl, "Siti"dan yana bir yirik g'alaba, Gvardioladan rekord

Mirjalol Normatov
21 iyul 2020, 23:56
APLning 37-turi doirasidagi "Uotford" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakuniga etdi.

"Shaharliklar" hujumchisi Rahim Sterling dubl qayd etgan bahsda jamoasi yirik 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish kerak, Rahim faoliyati davomida ilk marta bir mavsumda 19 marta gol urdi.

Shuningdek, Pep Gvardiola asosiy tarkibda 143 marta o'zgarish qilgan holda APL rekordini qayd etdi. Bungacha rekord 2008/09 yilgi mavsumda 140 o'zgarish qilgan "Manchester Yunayted"ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyusonga tegishli edi.

Uotford – Manchester Siti 0:4

"Vikarej Roud"

Gollar: 0:1 – 31 Sterling, 0:2 – 40 Sterling, 0:3 – 63 Foden, 0:4 – 66 Laport.

Uotford – Foster, Kabasele, Douson, Mariappa, Femeniya, Pereyra (Mazina, 87), Kleverli, Xyuz, Dukure (Chaloba, 82), Sarr, Dini (Uelbek, 67).

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker (Zinchenko, 64), Laport (Stounz, 74), Erik Garsiya, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Foden, de Bryuyne, Sterling (Marez, 64), Gabriel Jezus.

Ogohlantirish: Mariappa (80), Xyuz (90).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia