So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  0 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

APL. David Luiz antiqahramonga aylangan bahsda uchta gol urildi Yangiliklar

APL. David Luiz antiqahramonga aylangan bahsda uchta gol urildi

"Siti" - "Arsenal" bahsi nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda Pep Gvardiola shogirdlarining qo'li baland keldi. Gollar, qizil kartochka va fojiali jarohat ro'y bergan, 101 daqiqa davom etgan o'yin haqida quyida batafsil o'qishingiz mumkin (matnli translyaciyani).

APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Manchester City

Raheem Sterling - 45', Kevin De Bruyne - 51', Phil Foden - 90'

Premier League . 28-tur

18/06/2020, 00:15

0
:
3
Tugadi

Arsenal

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
45'  Raheem Sterling
51'  Kevin De Bruyne
65'  David Silva (Bernardo Silva)
65'  Riyad Mahrez (Phil Foden)
70'  Kevin De Bruyne (Rodri)
70'  Aymeric Laporte (Fernandinho)
79'  Rodri
80'  Gabriel Jesus (Sergio Aguero)
90'  Phil Foden
8'  Granit Xhaka (Daniel Ceballos)
24'  Pablo Mari (David Luiz)
49'  David Luiz
67'  Matteo Guendouzi (Ainsley Maitland-Niles)
67'  Edward Nketiah (Alexandre Lacazette)
67'  Joseph Willock (Reiss Nelson)
76'  Kieran Tierney

Manchester Siti – Arsenal 3:0 

17 iyun, 00.15, «Etixad Stedium»

Gollar:

1:0 – 45 Sterling, 2:0 – 51, penalti de Bryuyne, 3:0 – 90 Foden.

Manchester Siti – Ederson, Erik Garsiya, Uoker, Laport (Fernandino, 70), Mendi, Silva (Bernardu Silva, 65), de Bryuyne (Rodri Ernandes, 70), Marez (Foden, 65), Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus (Aguero, 80).

Arsenal – Leno, Mari (David Luiz, 24), Belerin, Mustafi, Tirni, Uillok (Nelson, 67), Genduzi (Meytlend-Naylz, 67), Djaka (Sebalos, 8), Obameyang, Nketia (Lyakazett, 67), Saka.

Ogohlantirishlar:

Tirni (76), Rodri Ernandes (79).

CHetlatish:

David Luiz (49).

Nihoyat, jarohatlarga boy o'tgan uchrashuv nihoyasiga etdi. "Manchester Siti"ning yurtimizdagi muxlislarini tabriklaymiz. Erik Garsiyaga esa shifo tilaymiz.

90+6. Fodenning uzatmasidan so'ng Aguero to'pni darvozaga yo'lladi. Biroz noaniq.

90+1. Gol! Sterlingning uzatmasidan keyin Aguero to'pni darvozabonning ustidan o'tkazdi, to'singa tegib qaytgan to'pni Foden darvozaga kiritdi. 3:0 

Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 11 daqiqa qo'shib berildi.

89. Maydonga qulagan Garsiya zambil yordamida olib chiqib ketildi. Juda xunuk vaziyat!

Nima bo'lgandayam oxiri xayrli bo'lsin! Sog'lik birinchi o'rinda.

85. Erik Garsiya hamon o'rnidan turmadi. Maydonda xavotirli vaziyat davom etadi.

82. Futbolchi xushini yo'qotganga o'xshaydi. O'yin hamon to'xtilgan. SHifokorlar maydonda.

Xunuk vaziyat. To'pga otiliyu chiqqan "Siti" darvozaboni Ederson Moraes o'z jamoadoshini maydonga qulatdi.

80. O'zgarish. Jesus o'rniga Serxio Aguero o'yinni davom ettiradi.

79. "Arsenal" hamon maydonning ikkinchi tomoniga o'tmayapti.

77. Jarima to'pini Sterling o'yinga kiritdi, Bernarduning zarbasidan keyin "to'pchilar" to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Uchrashuvni teleekran orqali tomosha qilyotgan ko'p sonli tomoshabinlardan biri

73. Hakam futbolchilarga tomoq ho'llab olish uchun imkon berdi.

71. O'yin tempi keskin pasayib ketdi. Vaziyatlar yuzaga kelmayapti.

69. O'zgarishlar Kevin va Lyaport maydonni tark etdi. Fernandino va Rodri o'yinni davom ettirishadi.

68. Sterlingning uzatmasidan keyin De Bryuyne kuchli zarba berdi. Leno bu gal ham to'pni qaytardi.

67. Endi "Arsenal" o'zgarishlarni amalga oshiryapti. To'pchilar safida 3ta o'zgarish amalga oshirildi.

65. O'zgarishlar. "Siti" tarkibida sardol David Silva ham Ryad Maxrez maydonni tark etdi. Uchrashuvni Foden va Bernardu Silva davom ettirdi.

59. Jesus uzoqdan ancha kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p to'g'ri raqib posboniga borib tushdi.

O'yin ancha sokinlashib qoldi.

58. "Siti" to'p nazoratagi urg'u berio'ni boshlab yubordi.

52. Gol va qizil kartochka etmaganidek "Arsenal"da yana bir jarohat borga o'xshaydi. Mustafi maydonda yotibdi.

51. Goool! Penaltini De Bryuyne golga aylantirdi - 2:0.

50. Uxxxx. Luisga qizil kartochka ham ko'rsatildi. "Arsenal" qolgan daqiqalarni bir kishi kam bo'lib o'tkazadi.

49. Luis qovun tushirishda davom etmoqda. U bu gal o'zidan o'zib ketgan Marezni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi, penalti.

47. "Siti" ikkinchi bo'limni ham faollik bilan boshladi. Marez darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo to'pni to'xtata olmadi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

Bugungi uchrashuvni onlayn tarzda tomosha qilayotgan muxlislar

Birinchi bo'lim YAKUNLANDI

45+2. Gooooooooollll! David Luisning qo'pol xatosidan keyin to'p Sterlingga kelib tushdi. Angliya terma jamoasi azosi kuchli zarba bilan to'pni darvozaga "mixlab qo'ydi"!

O'yinning birinchi bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Ederson yana bir bor xato uzatmani amalga oshirdi. Odatda, Gvardiola jamoasi darvozabonlari kamdan-kam hollarda bunday xatolarga yo'l qo'yishadi.

40. O'yin tizgini mutloq mezbonlar qo'liga o'tib ketdi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

39. "Siti"dan yana bir xavfli hujum. Sterling to'pni Lenoning ustidan darvozaga tashlab qo'ymoqchi edi, ammo ijro xato bo'ldi.

37. Ajoyiyu hujum! Silva - De Bryuyne - Marez kombinaciyasini yana Leno bartaraf qildi. Hozircha o'yindagi eng yaxshi futbolchi aynan mehmonlar kiperi bo'lib turibdi.

35. Uxxx! "Siti"dan yana bir xavfli hujum. Jezus tomonidan berilan kuchli zarbani Bernd Leno qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

34. Nihoayat, o'yindagi ilk xavfli vaziyat! Sterlingning kuchli zarbasini Leno bartaraf etdi. Burchak zarbasi.

33. Ushbu daqiqaga kelib, to'plar nisbati 59-41 (Gvardiola shogirdlarining foydasiga).

27. Nketia o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi. To'pni egallab olgan Ederson tezkorlik bilan o'yinga kiritib berdi, noaniq. Obameyang 35 metrdan darhol zarba berdi, ammo zarbaga yana aniqlik etishmadi.

Darvoqe, bugun futbolchilarning libosida ularning ismlari emas, irqchilikni qoralovchi bitiklar yozilgan: "Black Lives Matter"

23. Navbatdagi o'zgarish. Yana "Arsenal"da. Mari o'rniga braziliyalik David Luiz maydonga tushirildi.

22. Zahira o'rindig'idagi David Luiz maydonga tushish uchun tayyorganrlikni boshlab yubordi.

O'yin "Arsenal" uchun jiddiy yo'qotishlar boshlandi. Pablo Mari ham maydonga quladi. Ushbu himoyachi ham o'yinni davom ettirolmaydi shekilli.

20. Maydon markazida to'pni egallab olgan Uoker raqib jarima maydoni tomon reyd uyushtirdi. Darvozaga yaqinlashgach, jamoadoshlarini to'p bilan taminlamoqchi edi, ammo...

18. Jamoalar kuchli pressing qilishmayapti. Ehtimol, futbolchilarning jismoniy holatini inobatga olgan murabbiylar shunday ko'rsatma berishgan

15. "Siti" futbolchilari burchak zarbasiga ega bo'ldi. Vaziyat keskinlashishi mumkin.

12. O'yin jo'shqin tarzda davom etmoqda. Sterling jarima maydonchasi ichiga bostirib kirib, sheriklarini to'p bilan taminlamoqchi edi. Ammo himoyachilarga yordamga etib kelgan Genduzi hujumni bartaraf qildi.

9. Gvardiola shogirdlari hujumga hujum bilan javob berishga urinib ko'rdi. Jezusdan muvaffaqiyatsiz harakat.

Sebalos o'yinga darhol kirishib ketdi! Ispaniyalik futbolchi jarima maydonchasi ichidagi sheriklarini to'p bilan taminlagandi, ammo Nketia vaziyatdan foydalana bilmadi.

8. O'yindagi ilk o'zgarish ham o'zini uzoq kuttirmadi. Jarohatga yo'liqqan Jaka o'rniga Dani Sebalos o'yinni davom ettiradi.

4. Afsus! Uzoq davom etgan karantin o'z tasirini namoyon qila boshladi. "Arsenal" etakchilaridan biri Granit Jaka jarohat olganga o'xshaydi.

2. Nketia tezkorlik bilan oldinga o'tgandi. O'yindagi ilk ofsayd. Ushbu futbolchi laynsmenlar nishoniga tushib qoldi. 

O'yin boshlandi. To'pni o'yinga mehmonlar kiritib berdi. Olg'a!

Manchesterda havo +19 gradus, ammo kuchli yomg'ir yog'moqda.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Darvoqe, bugungi bahsni Entoni Teylor boshqarib boradi.

Manchester Siti – Ederson, Erik Garsiya, Uoker, Laport, Mendi, Silva, de Bryuyne, Marez, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus.   Arsenal – Leno, Mari, Belerin, Mustafi, Tirni, Uillok, Genduzi, Djaka, Obameyang, Nketia, Saka.

Bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar bilan yana bir bor tanishing.

Dahshatli to'qnashuv boshlanishiga oz qoldi. Ushbu sahifa orqali "Etihad"dagi o'yinning matnli translyaciyasini kuzatishdan tashqari, uchrashuvdan olingan ajoyib suratlar bilan ham tanishib borishingiz mumkin. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:15da start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика