APL SHon-sharaf zalidan o'rin olgan sakkizinchi futbolchi ham malum
20 may 2021 19:30
Yangiliklar


APL SHon-sharaf zalidan o'rin olgan sakkizinchi futbolchi ham malum
Avvalroq, Alan SHirer, Frenk Lempard, Terri Anri, Erik Kantona, Roy Kin, Dennis Bergkamp va Stiven Jerrard ushbu nufuzli nomga loyiq ko'rilgandi.
Premer-liga SHon-sharaf zalidan o'rin egallagan sakkizinchi futbolchi esa MYU afsonasi Devid Bekxem bo'ldi. Bekxem 1993-2003 yillar davomida “qizil iblislar” sharafini himoya qilib, 265 ta o'yin o'tkazgan va 62+80 natija ko'rsatgandi. SHuningdek, xavbek 6 bor APL chempionligini qo'lga kiritgan edi.
P.S. SHu tariqa, ilk bor tashkil etilgan Angliya Premer-ligasi SHon-sharaf zalidan bu yil sakkiz futbolchi o'rin oldi. Ularning soni keyingi yillar yanada ortishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar