So’nggi yangiliklar

12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  0 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  1 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  5 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  1 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  1 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  8 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  27

APL. "Manchester Yunayted" safarda ochko yo'qotdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" safarda ochko yo'qotdi

APLning 2-turidan o'rin olgan "Sautgempton" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Sautgempton – Manchester Yunayted 1:1

Gol: Fred (30-avtogol, 1:0), Grinvud (55, 1:1).

Sautgempton – Makkarti, Livramento, Stivens, Salisu, Perro (Uolker-Piters, 80), Jenepo (Diallo, 70), Romeu, Uord-Prouz, Uolkott (Bednarek, 46), Armstrong, Adams.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, SHou, Matich, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Marsyal (Sancho, 59), Grinvud.

Ogohlantirish: Brunu Fernandesh (31), Jenepo (51), Maguayr (76), Pogba (90+1), Stivens (90+1).

Southampton

Fred - 30'

Premier League . 2-tur

22/08/2021, 19:00

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Mason Greenwood - 55'

Stadion: St. Mary's Stadium, 29485 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
30'  Fred
46'  Theo Walcott (Jan Bednarek)
51'  Moussa Djenepo
70'  Moussa Djenepo (Ibrahima Diallo)
79'  Romain Perraud (Kyle Walker-Peters)
90'  Jack Stephens
31'  Bruno Fernandes
55'  Mason Greenwood
55'  Paul Pogba
59'  Anthony Martial (Jadon Sancho)
76'  Fred (Scott McTominay)
76'  Harry Maguire
86'  Nemanja Matic (Jesse Lingard)
90'  Paul Pogba

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" 2-turdayoq ochko yo'qotdi.

90+1. Pogba ogohlantirildi.

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. Maktomini qanotdan to'pni darvoza yoniga oshirdi. To'p himoyachidan ham darvozabondan ham o'tdi. Ammo MYUdan biror futbolchi yo'q edi.

79. ZARBAAAAA!! Jarimadan Uord-Prouz darvoza tomon zarba yo'lladi. De Xea to'pni mushtlari bilan urib yubordi.

74. DE XEAAAAAAA!! Maguayrning qo'pol xatosidan keyin Armstrong ispaniyalik posbon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va kuchli zarba yo'lladi. Daviddan super seyv!

69. ZARBAAAAA!! Jarimadan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytardi. Grinvud esa to'pni to'xtatmasdan kuchli zarba yo'lladi. Noaniq.

66. ZARBAAAAA!! Fernandeshning zarbasini Makkarti qiyinchilik bilan qaytardi.

64. ZARBAAAAAA!!! Fredning uzatgan to'piga Grinvud boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning ustidagi to'rga tushdi.

Aytgancha, Pogba ikkinchi o'yindagi 5 assistini hisobiga yozdirib qo'ydi.

59. ZARBAAAAA!!! POGBAAAA!! Sal qoldi jamoasini hisobda oldinga olib chiqishiga!

58. Sancho maydonga tushdi. Bugun o'zidan yaxshi taassurot qoldira olmagan Marsyal uchun o'yin tugadi.

56. Sancho maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

55. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! MYUning ajoyib hujumini Grinvud gol bilan yakunladi!

48. ZARBAAAAA!!! SALISUUUU!!! Qoyil qolish kerak. U bugun uchinchi marta jamoasini goldan qutqarmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBAAAAAAA!! Burchakdan oshirilgan to'pga Matich boshi bilan zarba berdi! Makkarti jamoasini qutqardi!

41. MYU himoyasi pand berishi mumkin edi. Uord-Prous vaziyatdan foydalana olmadi. Maguayr xatoni to'g'riladi.

39. Fernandeshning to'p uzatishidan keyin Grinvud noaniq zarba yo'lladi.

36. O'yin kartinasi sokinlashdi. Umid qilamizki, biz bo'ron oldidan sukunat ko'ryapmiz.

30. GOOOOOOOLLLLL!!! CHe Adamsning zarbasi Fredga tekkan holda darvozadan o'rin oldi!

28. ZARBAAAA!! Armstrongning aylantirma zarbasi noaniq ketdi.

27. "Sautgempton" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni baland bo'yli Fred qaytarib yubordi.

23. Uchrashuvda kichik to'xtalish yuzaga keldi. Tomonlar bosh hakamga etiroz bildirmoqda.

19. "Sautgempton" o'yinni o'z jarima maydonchasidan olib chiqa oldi. Biroq vaziyat yaratishga MYU himoyachilari imkon bermayapti.

15. Xafli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Fred hujumdagi Marsyal tomon to'pni uzata olganida Antoni darvozaga to'pni tepishi mumkin bo'lardi.

13. MYUda yana bir jarima zarbasi yuzaga keldi. SHouning uzatgan to'pini Pogba boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

12. ZARBAAAAAA!! SHouning jarimadan uzatgan to'pidan keyin Pogba darvozaga tepdi. Yana Salisu jamoani qutqarib qoldi.

7. ZARBAAAAAAAAA!!! Hisob ochilishi mumkin edi! "Sautgempton" jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan Marsyal foydalanib ketishi mumkin bo'lgandi. Salisu jamoasini goldan qutqardi.

2. "Sautgempton" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Uord-Prouzning zarbasini De Xea burchakka chiqarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay holatda!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Avliyo Meris" stadioniga qaratamiz. Unda "Sautgempton" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari bahs olib borishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика