So’nggi yangiliklar

12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  0 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  5 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  7 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  9 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1

APL. "Nyukasl" va "Liverpul" o'rtasidagi bahsda nursiz durang qayd etildi Yangiliklar

APL. "Nyukasl" va "Liverpul" o'rtasidagi bahsda nursiz durang qayd etildi

Angliya chempionati 16-turidan o'rin olgan "Nyukasl" – "Liverpul" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Nyukasl – Liverpul 0:0  

«Sent-Jeyms Park»

Nyukasl – Darlou, Yedlin, Fernandes, Klark, Ritchi (Lyuis, 86), Longstaff, Xeyden, Merfi (Almiron, 67), SHer, Uilson, Joelinton.

Liverpul – Alisson, Fillips, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Jons (Veynaldum, 68), Milner (Tiago, 73), Saloh (SHakiri, 90+2), Xenderson, Mane, Firmino.

Ogohlantirishlar: Klark (12), Fabino (49), Milner (65), Fillips (78), Xeyden (85).


Bahs yakunlandi va unda hisob ochilmadi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. "Liverpul"da o'zgarish: Saloh o'rniga SHakiri tushirildi. 

90+1. Tinib-tinchimas "Liverpul" o'yinchilari yana hujumda. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Zarba!  Firminoning bosh bilan bergan zarbasini Darlou qaytardi! Qoyil! 

88. Zarba!  Arnoldning olis masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

86. "Nyukasl"da almashtirish: Ritchi o'rniga Lyuis o'yinni davom ettiradi. 

85. Tiagoga nisbatan qo'pol o'ynagan Xeyden sariq kartochka oldi. 

83.  "Liverpul"dan ketma-ket hujumlar, so'nggi vaziyatda Tiago Arnoldga ajoyib pas berdi, ammo Trent ofsaydda qolgan edi.  

81. Uuuuxx!  Qanday vaziyat!   Mane bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishi mumkin edi, biroq so'nggi pallada SHer to'pni tepib yubordi. 

79. Zarbaaa!  Richining havodan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Klark bosh bilan zarba berdi, Alisson qaytardi. 

78. Fillips Joelintonga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

76. Arnoldning jarimadan amalga oshirgan uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqib, jonli devorga tegdi. 

74. Fabian SHer jarohat olib, maydonda yotibdi, unga tibbiy yordas namoyish etiladi. 

73. "Liverpul"da o'zgarish: Milner o'rniga Tiago maydonga tushdi. 

71. "Liverpul" bosim uyushtirmoqda va tinmasdan hujumga o'tyapti. 

68. Zarba!  Firminoning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi. 

68. "Liverpul"da almashtirish: kutilganidek Jons o'rniga Veynaldum tushdi.  

67. "Nyukasl"da o'zgarish: Merfi o'rniga Almiron tushirildi. 

66. Uuuuuxx! Dahshat!  Saloh bir himoyachini aldab qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo mezbonlarning baxtiga uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

65. Qarshi hujumga shoshilgan Joelintonni yiqitgan Milner ogohlantirildi.  

62. "Nyukasl" o'yin davomida 30% to'pga egalik qildi, lekin mezbonlar ancha vaqtdan beri hozirgina to'pga ega chiqishdi.

60. "Liverpul" vaziyat yaratishga urinishda davom etmoqda, o'yin tempi o'rtacha darajada.

57. Mane katta tezlikda oldina bordi, biroq Saloh tomon bergan pasini himoyachilar qaytarishdi, keyingi holatda Uilson Fillipsga nisbatan qoidani buzdi. 

54. Zarba!  Mane bosh bilan zarba berib, to'pni Darlou darvozasiga joylab qo'yishiga sal qoldi, Klopp qarsak chalib qo'ydi. 

53. Robertson Mane tomon pas yo'lladi, uni esa darhol Fernandes kutib oldi, burchak zarbasi. 

51. Mane Firminoning uzatmasidan keyin o'yga toldi va u endi mo'ljalni olganida Xeyden to'pni olib qo'ya oldi.

50. Mane Longstaffga nisbatan qo'pol o'ynadi, "Nyukasl" foydasiga yana bir jarima to'pi. 

49. Fabino Merfiga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

47. Kyortis Jons o'ng qanotda oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdi. Menimcha, u o'zgartirilish uchun birinchi nomzod bo'lsa kerak. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+1. Zarbaaa!  Firminoning bosh bilan bergan zarbasini Darlou qaytardi! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

43. Firmino biroz kuchli pas berib yubordi, to'pga na Saloh, na Mane ega chiqdi. 

42. Aniq zarbalar soni bo'yicha: 6 - 3, aniq zarbalar bo'yicha esa: 1- 2.

40. Zarba!  Merfining jarima maydoni chizig'idan bergan zarbasini Alisson ilib oldi.  

38. Arnold burchak to'pini o'yinga kiritdi, Darlou musht bilan urib yuborib, to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi. 

36. Firmino jarima maydoni ichida Robertsoning yo'liga pas berdi, biroq Endryu katta tezlikda yugurib kelgani bois to'p undan uzoqlashib ketdi. 

34. Uuuuuxx!  Xendersonning ajoyib uzatmasidan so'ng Saloh birga-bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, Darlou qaytarishga erishdi. Qoyil!  

33. Zarba!   Xeydenning uzoqdan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

31. Robertsoning uzatmasini Karl Darlou ishonch bilan egallab oldi.

30. Kyortis Jons chapga Manega pas berdi, uning ichkariga uzatmasini Fernandes qaytardi, aks holda Firmino vaziyatdan foydalanishga tayyor turgandi.

28. Klark himoyada Salohga qarshi qoyilmaqom o'ynadi. Salohni Fillips to'p bilan taminlagandi.

27. Sadio Mane Firminodan pas qabul qilib oldi va "Nyukasl"ning ikki himoyachisini aldashga kirishdi, ammo mudofaa vakillari ustun kelishdi.   

25. "Liverpul"da chiroyli kombinaciya. Mane Jons va Salohni oldinga boshladi, keyin esa to'p Trentga etib keldi, uning ichkariga uzatmasi esa keutilganidek chiqmadi va to'p to'g'ri Darlouning qo'liga kelib tushdi.

24. Sadio Mane Yedlinni aldab, chap qanotdan yaxshi qochib ketdi, biroq markazga Saloh tomon berilgan uzatma o'xshamadi.

22. Uilson maydon markazida judo uzoq o'ylandi, uning ortidan kelgan Firmino esa undan to'pni olib qo'ydi.

21. Robertsoning yaxshi o'ylangan uzatmasiga na Xenderson, na Saloh etib bora oldi. 

20. "Nyukasl" hujum uyushtirayotgan bir paytda Robertson ham maydonga qaytdi, u bilan hammasi joyida. 

18. Robertson jarohat olgan ko'rinadi, unga tibbiy yordaimm ko'rsatilmoqda. Takroriy lavha ko'rsatdiki, uning oyog'i biroz qayrilib ketgan.  

16. Zarba!  Milnerning chap oyoqda erlatib bergan zarbasini Darlou ushlab oldi. 

13. Zarba!  Uilsonning zarbasi rikoshetdan keyin nishonga aniq bormadi. 

12. Milnerni qo'li bilan ushlab qolgan Klark ogohlantirildi. 

10. Alisson sal qolsa o'z jamoasiga pand berib qo'yardi, u Milnerga noaniq pas berdi. Jeyms "podkat"da o'ynashiga to'g'ri keldi. 

8. Arnold ketma-ket ikkita burchak to'pini amalga oshirdi. Birinchi uzatmaga Fabino etib kela olmadi, ikkinchi uzatmadan so'ng Xeyden Milnerning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

7. Jordan Xenderson Manening yo'li tomon pas berdi, Sadio esa Robertsonni oldinga boshladi, uning uzatmasini Richi qaytardi.

6. Xavfli vaziyat!  Jarimadan oshirib berilgan pasdn keyin Kalum Uilson bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

5. Fillips Joelintonga nisbatan qoidani buzdi. 

3. Mezbonlar burchak to'pini o'yinga kiritishdi, "qizillar" himoyachilari to'pni uzoqlashtirishda mahorat bilan o'ynashdi.

2. Uilsonning zarbaga aylanib ketgan xavfli uzatmasini Alisson maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

1. O'yin boshlandi! 

"Liverpul"ning eski do'stlari

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar 

Bugun Robertson "Liverpul" uchun o'zining yubiley 150-o'yinida ishtirok etadi

- Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun APL 16-turida "Nyukasl" o'z uyida "Liverpul"ni qabul qiladi. Ushbu o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика