APL. MYU futbolchilari jamoaning 24 yillik rekordini takrorladi
30 mar 2019 22:56
Yangiliklar
APL. MYU futbolchilari jamoaning 24 yillik rekordini takrorladi
Angliya chempionatining 32-turida “Uotford” ustidan g'alabaga erishgan (2:1) MYUning 24 yillik natijasi takrorlandi.
Gap shundaki, ushbu bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan Markus Reshford (mavsumdagi 10-gol) hamda Antoni Marsyal (10) klubning boshqa futbolchilari yani Pol Pogba (11) va Romelu Lukaku (12) bilan birgalikda mavsum davomida 10+ gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
Oldinroq bunday natija 1995/96 yilgi mavsumda Erik Kantona, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Endi Koul tomonidan qayd etilgandi.
Fikrlar