APL. Mikel Arteta - mart oyining eng yaxshi murabbiyi
31 mar 2023 17:22
Yangiliklar


APL. Mikel Arteta - mart oyining eng yaxshi murabbiyi
Angliya Premer-ligasi mart oyining eng yaxshi murabbiyini elon qildi.
"Kanonirlar" mart oyida chempionatda 4 o'yinda umumiy 14:3 hisobida g'alaba qozondi. Bu ispaniyalik uchun mavsumda 4-shunday sovrin. Bu borada rekord esa "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppga tegishli. Germaniyalik mutaxassis 2019/20-mavsumda 5 marta oy murabbiyi bo'lgan.
Artetaga mart oyida Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Roberto De Zerbi ("Brayton") va Unai Emeri ("Aston Villa") raqobat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar