So’nggi yangiliklar

13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  1 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  0 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8

APL. Mersisayd derbisi uchun prevyu Yangiliklar

APL. Mersisayd derbisi uchun prevyu

Bugun APL 30-turida “Everton” o'z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi.

Demak, quyida “Gudison Park”da bo'lib o'tadigan qiziqarli uchrashuv haqida batafsil to'xtalib o'tamiz. 

21.06 23:00 (Toshkent vaqti) “Everton” - “Liverpul"

Tanaffus ko'p narsani tahlil qilib olishda Karlo Anchelotti uchun ayni muddao bo'ldi. CHunki uning boshqaruvidagi "Everton" karantindan oldingi oxirgi o'yinda "CHelsi"ga yirik 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. 

"Irislar" "Liverpul"ni Mersisayd derbisida 21 o'yindan beri yutolmayapti.  

Malumotlarga qaraganda, "Everton"ning "Gudison Park"da "Liverpul"ga gol urgan oxirgi o'yinchisi Romelu Lukaku hisoblanadi.

"Liverpul"  karantindan keyin APLda mashg'ulotlarni boshlab yuborgan eng birinchi klublardan biri sanaladi. Ayrim kamchiliklarni aytmaganda, Yurgen Klopp jamoasida hammasi joyida.

Tarkiblar bo'yicha

Jan-Filipp Gbamen og'ir jarohat olgani bois o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur. SHuningdek, Teo Uolkott ham safda emas. 

Karlo Anchelottining takidlashicha, Fabian Delf va Erri Mina ham jamoaga yordam berolmaydi.

"Liverpul"da Muhammad Saloh hafta o'rtalaridagi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan, u bugungi o'yinda jamoasiga yordam bera oladimi yoki yo'qligi nomalum bo'lib turibdi.  

Endryu Robertson ham oxirgi haftalarda muammolarga duch keldi, biroq u "Gudison Park"da maydonga tushishi mumkin.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Everton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Liverpul” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

235 ta

66 (28%)

5:0

95 (40%)

6:0

74 (31%)


O'yinga oid faktlar:

- "Liverpul" oxirgi 20 uchrashuvidan 19 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "Liverpul" "Eaerton"ga so'nggi 21 o'yinda yutqazmagan (barcha musobaqalar). 

-  "Liverpul" "Everton" maydonidagi so'nggi 3 bahsda o'z darvozasini "quruq" saqlagan (barcha musobaqalar).

- "Everton"ning oxirgi 6 o'yinida kamida 2 ta gol urilgan (Premer-liga).

- "Liverpul"ning so'nggi 3 uchrashuvida 2 tadan ko'p gol urilgan (Premer-liga).

- "Everton" oxirgi 7 uy o'inida yutqazmagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Everton" (4-4-2): Pikford - Koulman, Kin, Xolgeyt, Din - Ivobi, Gomesh, Devis, Sigurdsson - Risharlison, Kalvert-Lyuin

"Liverpul" (4-3-3): Alisson - Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson - Xenderson, Fabino, Veynaldum - Mane, Firmino, CHemberlen

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Gbamen, Uolkott, Tosun ("Everton"), Klayn, SHakiri ("Liverpul")

So'roq ostida: Mina, Delf, Bernard ("Everton"), Robertson, Saloh ("Liverpul")

Everton

Premier League . 30-tur

22/06/2020, 00:00

0
:
0
Tugadi

Liverpool

Stadion: Goodison Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
40'  Michael Keane
60'  Anthony Gordon (Gylfi Sigurdsson)
61'  Lucas Digne
88'  Alex Iwobi (Bernard)
90'  Dominic Calvert-Lewin (Moise Kean)
20'  James Milner
43'  James Milner (Joseph Gomez)
46'  Takumi Minamino (Alex Oxlade-Chamberlain)
65'  Naby Keita (Georginio Wijnaldum)
65'  Roberto Firmino (Divock Origi)
73'  Joel Matip (Dejan Lovren)
85'  Divock Origi

Turnir jadvali 

Bugungi uchrashuv bevosita saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi. Derbini biz bilan birgalikda kuzatib boring. 


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика