APL. Mavsumning ramziy terma jamoasi bilan tanishing ("Sky Sports" tasnifiga ko'ra)
05 apr 2020 23:17
Yangiliklar
APL. Mavsumning ramziy terma jamoasi bilan tanishing ("Sky Sports" tasnifiga ko'ra)
"Sky Sports" nashri APL joriy mavsumida to'p tepgan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani elon qildi.
Ramziy tarkibga "Liverpul"dan 6, "Lester" va "SHeffild Yunayted"dan 2 nafardan, "Manchester Siti"dan esa bir nafar futbolchi kiritildi.
Darvozabon: Din Xenderson ("SHeffild Yunayted");
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi – "Liverpul"), Jek O’Konnell ("SHeffild Yunayted");
Yarim himoyachilar: Uilfred Ndidi ("Lester"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti");
Hujumchilar: Sado Mane, Muhammad Saloh (ikkilasi – "Liverpul"), Jeymi Vardi ("Lester").
Fikrlar