So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

APL. "Manchester Yunayted" "Sautgempton"ni yutishga kuchi etmadi va 3-o'ringa ko'tarila olmadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Sautgempton"ni yutishga kuchi etmadi va 3-o'ringa ko'tarila olmadi

APLning 35-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Sautgempton" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Sautgempton 2:2

Gollar: 0:1 – 12 Armstrong, 1:1 – 20 Reshford, 2:1 – 23 Marsyal, 2:2 - 90+6 Smollboun.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, SHou (Uilyams, 75), Maguayr, Lindelef, Pogba (Fred, 63), Brunu Fernandesh (Maktomini, 84), Matich, Marsyal, Grinvud (Jeyms, 84), Reshford.

Sautgempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Uoker-Piters, Bertran, Romeu (Obafemi, 87), Armstrong (Smollboun, 70), Uord-Prouz, Redmond, Adams (Long, 64), Ingz.

Ogohlantirish: Uord-Prouz (44), Stivens (53), Uoker-Piters (56).

Manchester United

Marcus Rashford - 20', Anthony Martial - 23'

Premier League . 35-tur

14/07/2020, 00:00

2
:
2
Tugadi

Southampton

Stuart Armstrong - 12', Michael Obafemi - 90'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
20'  Marcus Rashford
20'  Anthony Martial
23'  Anthony Martial
23'  Bruno Fernandes
63'  Paul Pogba (Fred)
75'  Luke Shaw (Brandon Williams)
84'  Mason Greenwood (Daniel James)
84'  Bruno Fernandes (Scott McTominay)
90'  Aaron Wan-Bissaka
12'  Stuart Armstrong
12'  Nathan Redmond
44'  James Ward-Prowse
53'  Jack Stephens
56'  Kyle Walker-Peters
64'  Che Adams (Shane Long)
70'  Stuart Armstrong (William Smallbone)
87'  Oriol Romeu (Michael Obafemi)
90'  Michael Obafemi
90'  Jan Bednarek

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Bugun g'alaba qozonishi kutilgan MYU 3-o'rin uchun ko'tarila olmadi.

90+9. Endi qiyin. O'yin deyarli tugadi. MYUning kuchi bugun etmadi "Soton"ga.

90+7. MYU jonajon 5-pog'onasiga qaytdi.

90+6. GOOOOOOLLL!! Nihoyat, "Sautgempton" 45 daqiqalik bosim gol bilan tugadi. Smollboun hisobni tenglashtirdi!

90+4. "Soton"ning bosimi davom etmoqda.

90+3. 3 daqiqalik yordamdan so'ng nihoyat yosh Uilyams o'rnidan turdi. Ajoyib!

5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Uxx!! Uilyams hamda Uolker-Piters boshlari to'qnashib ketdi. Xavfli holat bu. Uilyamsning boshi qon bo'lib ketdi. SHifokorlar futbolchining yuzini yopib olishdi. Ko'rmaganimiz maqul.

86. ZARBAAAAAAAAA!!! Redmonddan super zarba, De Xeadan super seyv! Daxshat vaziyat!

83. Ikkinchi bo'lim asosan MYU yarim maydonida o'tyapti.

80. EXXX!! Marsyal bir raqibini chiroyli tarzda aldab o'tib, noaniq zarba yo'lladi. CHiroyli gol bo'lardi.

79. Ikkinchi bo'lim juda zerikarli bo'lmoqda. Gap shundaki, MYU raqibini nazorat qilmoqda. Raqib esa tezlasha olmayapti.

74. UXXXXX!! Lindelof hisob tenglashishiga yo'l qo'ymadi. U Ingz tomonidan qanotdan uzatilgan to'pni qaytarib yubordi. Aks holda Redmond bo'sh darvozaga gol urardi. 

73. Negadir SHou oqsoqlanib yuribdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Uilyams maydonga tushishga tayyorlanmoqda. SHou zaxiraga olinadi.

68. Gol bo'ldi deb o'ylagandim. Marsyalning pasidan keyin Reshford 2 metrdan kuchli zarba yo'llagandi, darvozabondan super seyv!

67. Ikkinchi bo'limda birorta aniq zarba yo'llanmadi. Rostdan ham ikkinchi bo'limda sekin o'ynashyapti jamoalar. 

63. Kutilmagan yurish. Pogbaning o'rnini Fred egalladi. Franciyalik futbolchi suniy qarsaklar ostida maydonni tark etdi.

61. Pogbaning uzun pasi Grinvuddan o'tib ketdi va Bednarek oddiy joyda to'pni autga chiqarib yubordi va sheriklaridan tanbeh eshitdi.

56. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Reshfordning uzoq masofadan yo'llagan, kutilmagan yo'llagan zarbasi birozzz noaniq ketdi. Uxxxx!!

52. UXXXX!! Ingz MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. Maguayr to'pni qaytarib yubordi.

49. ZARBAAAAAA!!! Redmond chap qanotda Uan-Bissaka darvozani yopishga ulgurdi. Natanning zarbasi noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

- Demak, "Old Trafford"ga qaytamiz. Futbolchilar ham maydonga tushib kelishmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi. MYUning hujumkor triosidan ikki futbolchi gol urgan qiziqarli taym yakunlandi. Qizig'i Brunudan yana assist.

45+2. Redmond yaxshi vaziyatda to'pni sherigiga uzatdi. Lindelof to'pni qaytardi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Bugun Brununi to'xtatish qiyin bo'lyapti. Uord-Prous uni ushlab to'xtatgani uchun sariq oldi.

41. MYU chiroyli hujum tashkil qilayotgandi. Reshfordning uzatgan to'pini Brunu va Marsyal bir-biriga ishonib, to'xtata olishmadi.

37. MYU bir tempni oshirib ikki gol urib oldi va endi raqibini kutyapti. So'nggi paytlarda MYUdan shunday aqlli o'yin ko'ryapmiz.

34. Fergi boboni ko'rsatishdi. Kulyaptimi, qanday reakciya qilyapti, bilmayapmiz. Niqob taqib olgan)

33. MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Marsyalning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Bu erda Reshford ochiq turgandi.

28. ZARBAAAAAAAA!! Pogbaning chiroyli va kuchli zarbasini MakKarti qaytardi!

26. Qayd etish kerak, mankunianliklar onlayn turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

23. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Fernandeshning pasidan keyin Marsyal ikki raqibini aldab o'tib, super gol urdi. Kutgandik)
20. GOOOOOOOOLLLL!!! Pogbaning super pasidan keyin Marsyal to'pni to'xtatib, Reshfordga oshirdi. Markusdan yana bir gol. Kutilganidek, MYU golga tezkor javob qaytardi.

19. UXXXX! Pogba yana bir bor xatoga yo'l qo'ydi. Uning xatosidan keyin Ingz De Xea bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin bo'lgandi. Lindelof vaziyatni bartaraf etdi.

16. GOL! YO'Q! Reshford offsaydda qolib ketgan ekan.

12. GOOOOOOOLLLLLL!!! Pogbaning xatosidan keyin Armstrong hisobni ochdi!

11. Armstrongning "strong" zarbasini De Xea ushlab oldi.

10. UXXXXX!!! Uord-Prausning xatosidan keyin Marsyal raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va zarba berdi. Aleks MakKartidan super seyv!

5. Hozircha o'yinda tashabbus biror jamoa qo'lida emas. SHunchaki "razvedka" bo'lyapti.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'tkazilmoqda.

- Qayd etish kerak, bugungi g'alaba mankunianliklarni 5-o'rindan birdaniga 3-o'ringa ko'tarib yuboradi. Kecha va o'tgan kuni "CHelsi" hamda "Lester" yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

- Demak, ikki jamoa futbolchilari ham uchrashuvni boshlash uchun "Old Trafford"ga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "Orzular teatri"ga qaratamiz. Bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика