So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  2 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  7 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berdi

APL 11-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" o'yini bo'lib o'tmoqda.

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:2

"Manchester Yunayted": De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Bayi, SHou, Fred, Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Grinvud.

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gyundogan, Bernardu Silva, Rodri, de Bryuyne, Foden, Gabriel Jezus.


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berdi.

Fotiha qiling endi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib beildi.

88. Jezus jarima maydonida yiqildi, hakam burchakni ko'rsatdi, aslida to'p Gabrieldan chiqib ketgandi.

87. Stounzning chap oyoqda yiqilayotib zarba yo'llashga ulgurdi, zarba noaniq.

86. Kanselu burchak zarbasi ishlab oldi.

81. ZARBA! Foden chap qanotdan oldinga borib, darvozaning uzoq burchagiga kuchli zarba yo'lladi, gol bo'lishiga saaaal qoldi.

81. Niderlandiyalik futbolchi o'yinga tushishini qo'pollik bilan boshladi.

80. Van de Bek Fred o'rniga maydonga tushdi.

77. "Yunayted" o'z jarima maydoniga qamalib qoldi. Ederson uxlab qolmadimikan.

76. De Bryunening zarbasi o'zi o'ylaganidek chiqmadi.

73. SHouning ahvoli yaxshi emasga o'xshadi, uning o'rniga Telles maydonga tushdi.

68. SHouga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Yigitlar, bunaqasi ketmaydi

67. MYUda o'zgarish: Grinvud o'rniga Reshford o'yinga qo'shildi.

66. Gyundogan qulay vaziyatga ega bo'ldi va zarba yo'lladi, to'p darvozaning yon tomoniga tegdi.

65. "Yunayted" osmonida yomg'ir yog'moqda.

62. Gyundogan MYUga uchinchi sovg'ani taqdim etishiga bir bahya qoldi. Burchak to'pi ishlab oldi mehmonlar.

59. Grinvud chap oyoqda zarba yo'lladi, biroz noaniq.

58. Ronalduni vatandoshi Bernardu "chopdi" va hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

53. Uoker Sanchodan osonlikcha to'pni olib qo'ydi.

48. Kanselu Grinvudni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Sancho dastlabki antigol muallifi Bayining o'rniga maydonga tushdi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

45. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Bernardu Silva! Birinchi bo'lim tragediyasi... Portugaliyalik futbolchi o'zi boshlagan hujumni o'zi yakunladi. Kanseluning uzatmasiga Bernardu oxirigacha intildi hamda o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi. To'p sho'rpeshona De Xeaga tegib, to'r tomon yo'l oldi.

Birinchi bo'lim statistikasini "O'qing, faqat yig'lamang" deb nomlaymiz shekilli...

40. ZARBA! MYUda zarba beradigan bitta futbolchi bor, u ham bo'lsa Ronaldu. Biroq yana ofsayd qayd etildi.

39. "Manchester Yunayted" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

"Manchester devori"ning qulashi

34. De Xeaning seyvlarini sanashga ulgurolmayapman, bekor yurgan "Yunayted" futbolchilari yordam berishmasmikan?

33. "Manchester Yunayted" ikkinchi avtogolni urishga juda yaqin keldi. CHap qanotdan oshirilgan uzatmani Lindelyof o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi edi, De Xea to'pni qaytarib, uyalmaysilarmi dedi.

29. DE XEA! "Siti"ning ketma-ket ikki xavfli hujumini qaytardi.

26. Ronaldu baribir zarba berish yo'lini topdi. CHap qanotdan oshirilgan pasni Krish chap oyoqda to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. Edersonning qiyinchilik bilan qaytargan to'pini Grinvud yo'qqa chiqardi.

22. "Manchester Yunayted"da oddiy paslarda xatolar kuzatilmoqda. Ro'ziqul Berdiev bu jamoaning murabbiyi bo'lgandayam, ehtimol, mankunianlar yaxshiroq o'ynardi.

21. To'p endi Ronalduga kelganda ofsayd qayd etildi, shunaqayam beshavqat bo'ladimi hakam.

20. To'pni nazorat qilish bo'yicha ko'rsatkich: 25-75. Mezbonlarga to'p tushsa, rasmga olib qo'yish kerak.

19. Foden sherigini tushunmadi, yana bir imkoniyat ko'kka sovurildi.

16. "SHaharliklar" maktab futbolchilari o'ynaydigan "kuchukcha" mashqini amalga oshirmoqda. O'rtada "Yunayted" futbolchilari.

15. Fodenni "qulatishdi". Standart vaziyat yuzaga keldi.

14. Fodenga uzatma biroz noaniq bo'ldi, aks holda Filda qulay imkoniyat yuzaga kelardi.

11. Brunuga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

8. AVTOGOL! Kanseluning chap qanotdan uzatmasini Bayi darvozaga joylab qo'ydi.

6. Maguayr bosh bilan ajoyib zarba yo'lladi, biroz noaniq.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика