So’nggi yangiliklar

16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  1 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  2

APL. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" 0:0 Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" 0:0

APLning 27-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" 0:0
"Manchester Yunayted": 
De Xea, Yang, Lindelof, Smolling, SHou, MakTominey, Errera (Pereyra, 21), Pogba, Mata (Lingard, 25, Sanches, 43), Reshford, Lukaku.
"Liverpul": Alisson, Matip, Van Diyk, Robertson, Milner, Viynaldum, Xenderson (SHakiri, 72), Fabino, Mane, Saloh (Origi, 79), Firmino (Starij, 31).
Ogohlantirish: Milner (25), Yang (82), SHakiri (83), Viynaldum (90).

Manchester United

Premier League . 27-tur

24/02/2019, 19:05

0
:
0
Tugadi

Liverpool

Stadion: Old Trafford, 74519 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
21'  Ander Herrera (Andreas Pereira)
25'  Juan Mata (Jesse Lingard)
43'  Jesse Lingard (Alexis Sanchez)
81'  Ashley Young
24'  James Milner
31'  Roberto Firmino (Daniel Sturridge)
72'  Jordan Henderson (Xherdan Shaqiri)
79'  Mohamed Salah (Divock Origi)
83'  Xherdan Shaqiri
90'  Georginio Wijnaldum

YANGILASH

90+2. O'yin yakunlandi. Tomonlar gol ura olishmadi.

90+1. MYU muxlislari gol deb baqirib yuborgan bo'lsa ajabmas. Lukakuning qanotdan oshirgan to'piga Smolling aniq zarba bera olmadi.

90. Yangni yiqitgani uchun Viynaldum ogohlantirildi.

83. Reshfordni yiqitgani uchun SHakiri ogohlantirildi.

82. Milnerni yiqitgani uchun Yang ogohlantirildi.

79. Saloh yana gol ura olmadi MYUga. Uning o'rniga Origi tushdi.

76. GOL! EMAS! Ofsayd Matip avtogol urib qo'ygandi. Ammo hisoblanmadi.

72. O'zgarish. Xenderson o'rniga SHakiri.

70. Burchakdan oshirilgan to'pga Viynaldum boshi bilan zarba berdi. Biroz noaniq.

61. Pogba chap qanotda paydo bo'ldi va o'tkir pas oshirdi. Alisson buni osonlikcha ushlab oldi.

57. MYUning uzoq davom etgan hujumi... Lukaku o'ng qanotdan havolatib to'pni oshirdi. Pogba boshi bilan to'pni to'xtatishga intildi. Keyinchalik to'p Reshfordga borib tushdi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi. U chapaqay emasda.

56. Smollingning uzatgan superpasini Reshford yaxshiroq to'xtata olganida aniq gol urardi. Ammo unday ham bunday ham bo'lmadi.

54. Xenderson o'ng qanotdan MYU jarima maydonchasiga yorib kirdi va pas berdi. To'p yo'liga Pereyra to'g'anoq bo'ldi.

53. MYUda bir daqiqa oldingi holat. Bu safar Sanches offsaydda qolib ketdi.

52. Havfli vaziyat! Pogba jarimadan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berdi. Ammo offsayd qayd etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5. Hakam qo'shimcha yana bir daqiqa o'ynatdi. Nima bo'lsa ham taymni qiziq o'tdi deya olmaymiz.

Birinchi bo'limda 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Lukakuning boshi bilan bergan zarbasiga kuch etishmadi.

43. Ana holos... Lingard ham jarohat oldi. Uning o'rniga Aleksis maydonga tushdi.

40. XAVFLI VAZIYATTTTTTTT!!!! MYU gol urishi mumkin edi. Lukakuning superpasini qabul qilib olgan Lingard darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo  Alisson aldanmadi. Gol ham bo'lmadi.

39. O'yin hujumkorlikdan chekinib, agressivlik tomon ketmoqda. Oxiri bahayr bo'lsin.

37. Pogbaning xavfli zarbasini Van Deyk qaytarib yubordi.

35. O'zgarishlar o'yin sifatiga katta putur etkazdi. Ikki tomon ham to'xtab qoldi.

33. Starijdan 30 metrlardan zarba. Aftidan u MYU darvozasini kim qo'riqlayotgani yodidan chiqardi, chog'i...

31. Ha, adashmadik. Firmino ham jarohati sababli maydonni tark etmoqda. Uning o'rniga Starij maydonga tushdi.

29. Hozircha katta ustunlik mehmonlar tomonida. Mezbonlar esa himoyaga urg'u bergan.

27. Ko'rinishidan Firmino ham maydonni tark etadi.

25. MYUda ikkinchi yo'qotish. Mata o'rniga Lingard maydonga tushdi.

24. Reshfordni yiqitgani uchun Milnerga sariq kartochka berildi.

22. Bu pallada "Liverpul"ning bosimi kuchaymoqda. Burchakdan uzatilgan to'pga Van Deyk boshi bilan zarba berdi. Qarshi hujumda MYU gol urishi mumkin edi. Havodan uzatilgan to'pga yana bir bor Van Deyk zarba berib, havfni bartaraf etdi.

21. Ha, MYUda jiddiy yo'qotish. Errera o'rniga Pereyra tushdi.

19. MYU jiddiy yo'qotish bo'ladi shekilli. Erreraga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

17. Robertson chap qanotdan hujumga o'tdi. Uning uzatgan o'tkir pasini darvozaga to'g'rilab yuboradigan sherigi topilmadi.

16. MYU darvozasi yaqinidan xavfli jarima zarbasi... Salohning tepgan to'pi "Stretford End" tomon uchib ketdi.

12. "Liverpul" hujumga o'tdi. Manening qanotdan uzatgan pasini MYU himoyachilari qaytarishda qiynalmadi.

10. Ikki tomon ham to'p tushsa, o'zlarida ushlab turishga harakat qilishmoqda. Hozircha maydonda futbolchilar emas Agent 007lar

7. Reshfordning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasini qaytarishda Alisson qiyinchilikka duch kelmadi.

5. Hozircha kichik total ustunlik MYU tomonida.

2. Dahshatli start. Yang ilk daqiqadan xatoga yo'l qo'ydi. U to'pni De Xeaga qaytarib bergandi. To'p darvozabonning qo'liga tegdi. Oqibatda erkin zarba belgilandi. Jarimadan berilgan Milnerning zarbasini jonli devor qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика