So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

APL. "Manchester Yunayted" - "Everton" uchrashuvi uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" - "Everton" uchrashuvi uchun prevyu

Angliya Premer-ligasi 17-turida "Manchester Yunayted" - "'Everton" bahsi o'tkaziladi.

MANCHESTER YUNAYTED

Bir necha oylardan beri o'yin va natijalari ijobiy bo'lmayotgan MYU jamoasi oldinga siljishga erishmoqda. Ole-Gunnar Sulsher o'tgan hafta davomida APLning ikkita top klubini mag'lubiyatga uchratib, mavqeini anchagina tiklab oldi. Dastlab, Joze Mourinyu boshqarayotgan Londonning "Tottenhem" jamoasi "Old Trafford"da mag'lub (2:1) etilgan bo'lsa, Manchester derbisi o'tkazilgan kecha shahar qizilga burkandi – Reshford va Marsyalning gollari "qizil iblislar"ga "Manchester Siti" ustidan 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. 

Ushbu g'alaba mankunianliklarga APLda 5-o'ringa ko'tarilib olishlari uchun imkon berdi, shuningdek to'rtinchi pog'onada borayotgan "CHelsi" bilan oradagi farqni 5 ochkagacha qisqartirishga erishildi. SHu tariqa, "Manchester Yunayted"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 5 taga etdi. Bu holat jamoada fevral oyidan beri kuzatilmayotgandi. Top-6 klublari bilan o'yindan tashqari, MYU ushbu seriya davomida "Brayton" (3:1), "SHeffild Yunayted" (3:3) va "Aston Villa" (2:2) jamoalariga qarshi maydonga tushdi.


Joriy mavsum MYU APL doirasida "Old Traford"da bo'lib o'tgan o'yinlarda faqat bir marotaba mag'lub bo'ldi, 3 bora durang natija qayd etdi va yana to'rtta bahsda g'alaba qozondi:

"Tottenhem" 2:1

"Brayton" 3:1

"Lester" 1:0

"CHelsi" 4:0

"Liverpul" 1:1

"Aston Villa" 2:2

"Arsenal" 1:1

"Kristal Pelas" 1:2


Muhimi, "Manchester Yunayted" mazmunli va yaxshiroq o'ynashni boshladi, "qizil iblislar"ning bir qancha asosiy futbolchilari safga qaytishdi. Himoyada Lindelyof va SHou allaqachon o'yinlarga shay, hujumda – Antoni Marsyal. Yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, Pol Pogba, Markos Roxo, Erik Bayi, Diogu Dalot va Timoti Fosu-Mensa hamon jarohatdan taklanishni davom ettirishmoqda. Ushbu o'yinda Jessi Lingardning maydonga tushishi so'roq ostida bo'lib turibdi. 


EVERTON 

"'Everton" ayni paytda murabbiy izlash bilan ovora. Ketma-ket ikkinchi mavsumda quyi ligaga tushib ketish hududida borayotganidan va "Liverpul"ga 2:5 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin, jamoa rahbariyati Marku Silvani istefoga chiqardi. 

Keyingi turda esa "Everton" "CHelsi" klubini 3:1 hisobida engdi va APL musobaqa jadvalida 14-o'ringa ko'tarilib oldi. Ayni vaqtda Dankan Fergyusson bosh murabbiy vazifasini bajarmoqda. 

"Everton" joriy mavsum Premer-ligada etarlicha kutilmagan muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Ulardan eng yorqin va sanab o'tishi mumkin bo'lganlari: uy uchrashuvlarida "Norvich" va "SHeffild Yunayted"ga 0:2 hisoblaridagi mag'lubiyatlar. So'nggi 5 ta o'yinda mersisaydliklar 2ta g'alaba ("CHelsi" 3:1, "Cautgempton" 2:1) va 3 ta mag'lubiyat ("Norvich" 0:2, "Liverpul" 2:5, "Lester" 1:2) qayd etishdi. 

2019/2020 yilgi mavsum ayni vaqtga qadar, "'Everton" APL top-6 klublaridan to'rttasi bilan uchrashib bo'lgan: "Tottenhem" 1:1, "Manchester Siti" 1:3, "CHelsi" 3:1, "Liverpul" 2:5. "Irischilar" 17-turda MYUga safar o'yinini o'tkazadi, 18-turda esa "Guddison Park"da "Arsenal"ni qabul qiladi. 

"Irischilar" safida naq etti futbolchi jarohat olgan va MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bular: Yerri Mina, Morgan SHnayderlin, Teo Uolkott, SHeymus Koulman, Andre Gomesh, Fabian Delf va Jan-Filipp Gbamen. 


Statistika

- "Manchester Yunayted" APLda 5ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti.

- Joriy mavsum APLda, MYU azolari uyda o'tkazilgan 8 ta o'yinning oltitasida gol o'tkazib yuborishgan.    

- Mazkur qarama-qarshilikda "Everton" oxirgi sakkizta uchrashuvning 6tasida mag'lub bo'lgan.


So'nggi o'yinlar

21.04.19  "Everton" - "Manchester Yunayted" 4:0

28.10.18  "Manchester Yunayted" - "Everton" 2:1

01.01.18  "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:2

17.09.17  "Manchester Yunayted" - "Everton" 4:0

04.04.17  "Manchester Yunayted" - "Everton" 1:1

04.12.16  "Everton" - "Manchester Yunayted" 1:1

03.08.16  "Manchester Yunayted" - "Everton" 0:0


Eslatib o'tamiz, APL 17-turi doirasida MYU - "Everton" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. 

Manchester United

Mason Greenwood - 77'

Premier League . 17-tur

15/12/2019, 19:00

1
:
1
Tugadi

Everton

Victor Nilsson Lindeloef - 36'

Stadion: Old Trafford, 73328 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
65'  Jesse Lingard (Mason Greenwood)
66'  Victor Nilsson Lindeloef
77'  Mason Greenwood
77'  Daniel James
86'  Daniel James (Juan Mata)
5'  Tom Davies
25'  Lucas Digne (Leighton Baines)
36'  Victor Nilsson Lindeloef
57'  Richarlison
70'  Bernard (Moise Kean)
89'  Moise Kean (Baye Oumar Niasse)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика