So’nggi yangiliklar

23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  3 23:00"Ал Насср" - "Истиқлол"  14 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  16 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  18 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  11 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0 19:20"Ливерпуль" Adidas билан шартнома имзолади  1 18:56"Барселона" Бразилия терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  1 18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  6 17:59"Барселона" футболчиси шартномани узайтириш бўйича музокараларни тўхтатди  3 17:33"Куртуа Бельгия терма жамоасига қайтиш-қайтмаслик масаласини ўзи ҳал қилиши ғалати"  13 17:06"Арсенал" мухлислари учун хушхабар! Артета Сака жароҳатдан қайтаётганини эълон қилди  2

MYU - "CHelsi" 0:0 yoxud APLda turning markaziy uchrashuvi shu bo'lsa... Yangiliklar

MYU - "CHelsi" 0:0 yoxud APLda turning markaziy uchrashuvi shu bo'lsa...

Angliya chempionati 6-turidan o'rin olgan markaziy bahsi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" – "CHelsi" 0:0
24 oktyabr, "Old Trafford" stadioni

"Manchester Yunayted" – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, SHou, Maguayr, Fred, Mata (Pogba, 58), Djeyms (Kavani, 58), Maktomini (Grinvud, 83), Brunu Fernandesh, Reshford.

"CHelsi" – Mendi, Djeyms, Zuma, Aspilikueta, CHiluell, Xavertc (Maunt, 72), Jorjino, Pulishich (Ziesh, 81), Kante, Tiago Silva, Verner (Abraxam, 71).

Ogohlantirishlar: SHou (39), Xavertc (45), Fred (46), Reshford (76).

Manchester United

Premier League . 6-tur

24/10/2020, 22:30

0
:
0
Tugadi

Chelsea

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
39'  Luke Shaw
46'  Fred
58'  Juan Mata (Paul Pogba)
58'  Daniel James (Edinson Cavani)
76'  Marcus Rashford
83'  Scott McTominay (Mason Greenwood)
45'  Kai Havertz
71'  Timo Werner (Tammy Abraham)
72'  Kai Havertz (Mason Mount)
81'  Christian Pulisic (Hakim Ziyech)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+4-daqiqa. Final hushtagi chalindi va biroz zerikarli o'tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Qo'shib berilgan daqiqalarda ham 90 daqiqadagi kabi futbolchilar nimadir qilishga urinishdi, lekin aytarli vaziyat yarata olishmadi.  

90+2-daqiqa. CHilvell-Uan-Bissaka to'qnashuvida "CHelsi" futbolchisi ustun keldi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Reshfordning kuchli zarbasidan keyin Mendi ishonchli o'ynadi va to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

Adashamasam, siz va biz ayni daqiqalarda APL joriy mavsumidagi bor yo'g'i ikkinchi 0:0 hisobi bilan yakunlan(ayot)gan o'yinni tomosha qilyapmiz.  

87-daqiqa. "Manchester Yunayted" ham hujum qilishga urinib ko'rdi, Fernandeshning zarba yo'lladi, lekin...   

Standartdan keyin Jorjino to'pni egallab olib, zarba berdi, lekin noaniq.  

85-daqiqa. "CHelsi" hujumga o'tdi va avvaliga jarima zarbasi, keyin burchak to'pi ishlab oldi. 

83-daqiqa. O'zgarish. Skott Maktominay o'rnini Meyson Grinvudga bo'shatib berdi. 

81-daqiqa. O'zgarish. Kristian Pulishich o'rniga Xakim Ziesh maydonga tushirildi. 

80-daqiqa. Pogba ham o'zining optimal sport formasidan ancha "uzoqda" ekanligini ko'rsatib qo'ydi, uning zarbasidan keyin to'p eng yaqin turgan raqibgacha (4-5 metr) zo'rg'a etib bordi. 

79-daqiqa. "Manchester Yunayted" burchak to'pi tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

77-daqiqa. Ana qiziqarli holat. Temmi Abraxam biroz yotgach, o'rnidan turgani zahoti, undan 4-5 metr uzoqlikda turgan Skott Maktominay maydonga yiqildi.   

74-daqiqa. Maktominay markazda Jorjinoga nisbatan qo'pol o'ynadi, lekin hakam futbolchi avval to'pga o'ynadi deb hisobladi.   

72-daqiqa. O'zgarish. Xaverc o'rniga Maunt o'yinga qo'shildi. Timo Verner esa o'rnini Temmi Abraxamga bo'shatib berdi.  

71-daqiqa. Uchrashuvning 70 daqiqasi ortda qoldi va hisob hamon 0:0... 

67-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha "CHelsi" biroz ustunlikka erishmoqda.  

64-daqiqa. Pol Pogbaga ham o'yin "yoqmadi" shekilli, francuz maydonga "yotib oldi".

60-daqiqa. Ris Jeymsning qanotdan uzatgan to'piga Xaverc va Pulishich etib borishga qanchalik urinsada, bu ishni uddalay olmadi, aks holda hisob ochilishi mumkin edi.  

Daniel Jeyms va Xuan Mata uchun bugungi o'yin yakunlandi. 

58-daqiqa. O'zgarish. Sulsher ham zerikdi chog'i, o'yin suratini oshirish uchun maydonga Kavani va Pogbani tashladi. 

56-daqiqa. Har ikki jamoa maydon markazidan o'tgach, hujumga yaqin zonalarda to'p oshirishda xatolarga yo'l qo'ymoqda. 

APLda turning markaziy o'yinidan ko'prog'ini kutgandim, ammo jamoalar juda passiv harakat qilmoqda deb o'tirganlar uchun Xabib - Getji jangi bo'lib o'tadigan UFC kechasi matnli translyaciyasini tavsiya etamiz. 

54-daqiqa. Uan-Bissaka himoyadan to'p bilan chiqib ketishni niyat qilgandi, Ngolo Kante ishonchli o'ynab to'pni raqibdan olib qo'ydi. 

53-daqiqa. Xaverc-Verner kombinaciyasidan keyin Timo zarba uchun imkoniyat topdi, lekin to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

50-daqiqa. Markus Reshford qanotdan jarima maydoniga yorib kirishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi.  

48-daqiqa. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalarida "CHelsi" futbolchilari faolroq ko'rinmoqda. 

Birinchi daqiqadayoq maydon markazida Kay Xavercga nisbatan qo'pollik uchun Fredga sariq kartochka ko'rsatildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

46 daqiqa davom etgan "Manchester Yunayted" - "CHelsi" uchrashuvidan bir raund bo'lsa ham Liana Jojua va Miranda Meverik jangi qiziqroq bo'ldi chog'i.   

Umid qilib qolamiz, hech bo'lmasa ikkinchi bo'limda jamoalar qiziq futbol namoyish etishadi. Aks holda Xabib - Getji jangigacha uxlab qolish hech gap emas.

45+1-daqiqa. Ana o'sha qo'shib berilgan daqiqa Kay Xavercga sariq ko'rsatilgani bilan yodda qoladigan bo'ldi. Hakamning final hushtagi chalindi va biroz dam olamiz.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

Ushbu o'yindan tashqari siz ayni paytda UFC 254 turniri tafsilotlari bilan ham ONLAYN RAVISHDA tanishib borishingiz mumkin. Kechaning markaziy jangida Xabib - Getji to'qnashuvi bo'ladi. Ungacha esa o'zbekistonlik Liliya SHakirova jang qiladi.

43-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda. 

41-daqiqa. Bu mavsum muntazam ravishda penalti tepayotgan "Manchester Yunayted" bugun ham "quruq qo'l" bilan qolmaydi shekilli. Hakamlar Reshfordga nisbatan qoida buzilmadimi deb "VAR"ga murojaat qilishdi. Undan avval Xarri Maguayr havodan kelgan uzatmadan keyin Aspilikuetaga nisbatan qoidani buzganga ko'proq o'xshagandi. Ammo har ikki vaziyatda ham hakamlar o'n bir metrlik jarima zarbasi belgilash kerak deb hisoblashmadi.    

39-daqiqa. Sariq kartochka. Lyuk SHou qoida buzish bo'yicha "shou" namoyish qilib berdi va shunga yarasha "siylandi". 

37-daqiqa. To'p oshirishdagi qator xatolardan keyin "CHelsi" yon chiziqdan o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. 

35-daqiqa. O'yindagi eng xavfli vaziyat yuzaga keldi. Markus Reshford darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib qoldi va kuchli zarba berdi, lekin Eduard oyoqlari bilan to'pni qaytarib yuborishga erishdi. 

32-daqiqa. "CHelsi" qayta va qayta vaziyat yaratishga, zarba berishga urindi. Avvalig Timo Verner, keyin Kristian Pulishich, ammo hozircha samarasiz. 

31-daqiqa. Qoyiiil! Bellashuvning uchdan biri ortda qolib ulgurgan bir pallada Fernandesh jamoasining o'yindagi birinchi aniq zarbasini amalga oshirdi. Unda ham to'p to'g'ri Eduard Mendiga bordi.  

30-daqiqa. Mendi o'yinni qizitish uchun bir o'zi vaziyat yaratdi, burchak to'pi. 

29-daqiqa. Fernandeshdan to'pni qabul qilib olgan Maktominay darvozaga zarba berib ko'rishga qaror qilgandi, himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

28-daqiqa. Ris Jeyms jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi posbon o'z o'rnida. 

25-daqiqa. Ob-havo noqulay kelgani sababli shekilli jamoalar "razgon" ololmayapti.  

23-daqiqa. Hozircha maydonda teng kurash guvohi bo'layapmiz va hisob ochilmadi. 

21-daqiqa. Hozir Uan-Bissaka raqib qoida buzayotganini bildirish uchun shunchalik baqirdiki, O'zbekistondan turib ham eshitish mumkin bo'ldi.  

19-daqiqa. Mehmonlar yana burchak to'pi ishlab oldi. Ben CHilvelning faolligi standart vaziyat ishlab olish imkonini berdi. Futbolchilar to'pni tezda o'yinga kiritishdi, lekin niyatlariga eta olishmadi. Hujum davom etmoqda.  

18-daqiqa. Himoyachilar to'pni qaytarishga erishdi, lekin to'p hamon "aristokratlar"da qoldi. 

17-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak to'pini "CHelsi" amalga oshiradi. 

16-daqiqa. Markus Reshford raqibi Kurt Zuma bilan to'qnashuvdan keyin maydonga quladi.

15-daqiqa. Kante Xavercni birga-bir vaziyatga chiqarib yuborish niyatida edi, lekin Xarri Maguayr bunga yo'l qo'ymadi. 

Bugungi uchrashuvda individual harakatlarga ham juda ko'p narsa bog'liq bo'ladiganga o'xshaydi. Sababi har ikki jamoa to'pni yo'qotgach juda zich harakat qilib, raqibga erkin harakat qilishchun imkon qoldirmayapti.  

12-daqiqa. "Manchester Yunayted" yana chap qanotdan oldinga o'tishga uringandi, ammo Aspilikueta faollik ko'rsatib, to'pni uzoqlashtirdi. 

10-daqiqa. Familiyadoshlar kurashida "CHelsi" futbolsi ustun kelayotgandi, qo'shimchasiga hakam MYU futbolchisi o'yindan taqshari holatda ekanligini qayd etdi. 

Stadion uzra armonsiz yomg'ir yog'moqda. Bazi kadrlarda ajoyib manzarani tomosha qilish imkoniyati paydo bo'lmoqda. 

7-daqiqa. Ben CHilvel tavakkal qilib o'tirmay, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Manchesterliklar to'p nazoratini qo'lga olayotgandek.  

4-daqiqa. Timo Verner katta tezlikda jarima maydoniga kirib ketayotgandi, ammo Uan-Bissaka to'pni olib qo'ydi. 

Ilk daqiqalarda jamoalar "razvedka" bilan band. Hujumga chiqishda ancha ehtiyot bo'lib harakat qilishmoqda. 

2-daqiqa. O'z navbatida MYU chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'lgandi, ammo to'p oshirishdagi xatodan keyin hujum buzilib qoldi.  

Mehmonlarning birinchi urinishida ish zarbagacha etib bormadi. David de Xea to'pni egallab oldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni "CHelsi" futbolchilari boshlab berishdi. 

Bir daqiqa sukut saqlandi. 

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishdi. Umid qilamizki, inglizlar ham xafsalamizni pir qilishmaydi.  

CHigalyozdi mashg'ulotdan suratlarni taqdim etamiz. 

Bugun sport muxlislari uchun ajoyib kun. Ketma-ket biri-biridan qiziq futbol uchrashuvlaridan keyin "desertga" Xabib - Getji jangi. Undan avval esa Manchester shahrida mezbon "Qizil iblislar" londonlik "aristokratlar"ni qabul qiladi.   


YANGILASH

Har ikki jamoa bosh murabbiylari asosiy tarkibni aniqlab olishgan. 

Manchester Yunayted – CHelsi

21.30, «Old Trafford»

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, SHou, Maguayr, Fred, Mata, Jeyms, Maktomini, Brunu Fernandesh, Reshford.

CHelsi – Mendi, Djeyms, Zuma, Aspilikueta, CHiluell, Xavertc, Jorjino, Pulishich, Kante, Tiago Silva, Verner.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика