So’nggi yangiliklar

18:22РПЛ. "Рубин" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлашди, ҳакам Ашурматовга қизил карточка кўрсатди  0 18:15Ўзбекистон кубоги. Бугунги ўйинлар бошланди   3 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  0 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  1 17:00Ироқ ОТЖ етакчиси: "Ўзбекистон кучли терма жамоа эканлигига шубҳа қилмаймиз, аммо плей-офф ҳақида ўйлашга ҳали эрта"  11 16:36Туркманистон клуби Гиннес рекордини янгилади, бироқ у тан олинмади. Нима учун?  16 16:19"Тоттенхэм" "Арсенал" собиқ ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 15:20"Севинч" ва "Сўғдиёна" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:00РПЛ. "Рубин" - "Локомотив": Ашурматов ўйинни асосий таркибда бошлайди  2 14:55Алишер Одилов: "Плей-оффда Саудия ёки Ироқ билан тўқнаш келишимизнинг фарқи йўқ, барибир ғалаба қозонамиз"  16 14:36Осиё Кубоги. Корея Республикаси – Япония учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:20Ўзбекистон кубоги доирасидаги Жиззах дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 13:57Серу Гирасси учун курашга яна бир клуб қўшилди  0 13:35Ҳусанов, Файзуллаев ва бошқалар. Бугун яна қайси легионерларимизнинг ўйинлари бор?  7

APL. "Manchester Yunayted" penaltidan to'p kiritolmagan o'yinda "Aston Villa" g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" penaltidan to'p kiritolmagan o'yinda "Aston Villa" g'alaba qozondi

Angliya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Aston Villa" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" — "Aston Villa" 0:1

Gol: 0:1 – 88 Xoz.

"Manchester Yunayted": De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr (Lindelef, 67), SHou (Diogu Dalot, 34), Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Maktomini (Kavani, 82), Ronaldu, Grinvud.

"Aston Villa": Martines, Xoz, Mingz, Konsa, Targett, Kesh, Makginn, Duglas Luis, Remzi (Archer, 86), Ingz (Buendia, 78), Uotkins.

Ogohlantirish: SHou (29), Makginn (66), Fred (77), Kesh (90).


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Aston Villa" Manchesterdan 3 ochko bilan qaytmoqda.

93. Penaltini Ronaldu emas, Fernandesh amalga oshirdi, biroq u "qovun tushirdi". Yarim himoyachi to'pni ancha yuqoriga yo'lladi.

90+1. Penalti! Brunu uzatgan to'pni gol urib o'ziga kelolmayotgan Xoz qo'l bilan o'ynab yubordi.

Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

Burchakdan uzatilgan to'pni Xoz bosh bilan De Xea darvozasiga joylab qo'ydi. Uni qo'riqlayotgan Kavani esa hali maydonga tushganini his qilmayapti.

88. GOOOLLL! Hisob ochildi — 0:1.

83. O'ZGARISH. Maktomini o'rniga Kavani maydonga tushirildi.

83. Fernandesh jarima maydoniga uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi. Zarba sekin ijro etildi va bu posbon uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

81. "Aston Villa" futbolchisi sirg'anib ketib, jarohatlandi. Unda yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin edi.

78. MEHMONLARDA O'ZGARISH. Buendia Ingz o'rniga maydonga tushdi.

77. OGOHLANTIRISH. Fred qo'pollik ishlatgani uchun jazolandi.

75. Pogba hujumni o'zi boshladi, zarbaniyam o'zi berdi va boshini changallash ham o'ziga nasib etdi.

72. Grinvud yana bir yaxshi hujumni ko'kka sovurdi.

69. Dastavval mehmonlar, keyin esa mezbonlar hujum uyushtirdi. Ammo ikkisi ham o'zini ko'rsatmoqchi bo'lib, uddalay olmadi.

67. MYUda O'ZGARISH. Maguayr engil jarohat olgan ko'rinaldi, uning o'rniga Lindelef maydonga tushirildi.

66. OGOHLANTIRISH! Makginn Fernandeshga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq qog'oz bilan "siylandi".

64. Mankunianlar jarima zarbasini ijro etdi, to'p jarima maydonidagi Maguayrga uzatilgandi, u esa yiqilib tushdi, hakam hech narsa bo'lmaganini elon qildi.

61. ZARBA! Pogba jarima maydoni tashqarisidan o'z uslubida aylanma zarbani ijro etdi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

59. Xato qilish navbati De Xeaga etib keldi. Oqibatda mehmonlar burchak zarbasi ishlab oldi.

56. "Manchester"dan xavfli hujum bo'lishi mumkin edi. Dallot Ronalduning bo'yini 3 metr deb chamaladi, shekilli.

Mana bu qorako'zlar bugun gollar shousini ko'rgani kelishgandi.

53. Maguayrga jarohat navbati keldimikan. Birinchi bo'limda SHou jarohatlangandi.

51. Taym boshida "Villa" faol. "Manchester" "avtobus" uslubiga qaytmasa bo'lgani edi.

50. XAVFLI VAZIYAT. MYU jarima maydonida raqib futbolchisi yiqitildi, biroq ofsayd qayd etilgan ekan.

47. Dastlabki hujumni mehmonlar amlga oshirdi, "Yunayted" himoyasilari xavfni bartaraf etishdi.

Ronaldu "Yuventus"da 71 ta jarima zarbasidan atigi 1 gol urgan.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI.


Birinchi bo'lim statistikasi

To'pni egallab turish — 60-40%

Zarbalar — 6:3

Qo'pollik — 5:6

Burchak zarbasi — 4:1


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

46. Pogba bosh bilan darvozaningchap burchagini nishonga olgandi, biroz aniqlik etishmadi.

UCHRASHUVGA 4 DAQIQA QO'SHIB BERILDI.

45. "Aston Villa"ning devorlari mustahkamlagini namoyish etdi, Ronaldu ham jarima zarbasini nariga o'tkazolmadi.

45. O'yin qoidasi buzildi. Qulay nuqta. Bu safar Brunu Ronalduga to'pni bersa kerak.

44. Maguayr! Jarima maydoniga uzatilgan to'pga Garri bosh bilan zarba berdi, darvozabon o'z mahoratini ko'rsatib qo'ydi.

43. Ronalduga nisbatan qoida buzildi. Bugun "Aston Villa" himoyachilari Krishni qattiq qo'riqlashmoqda.

41. Yana chap qanotdan hujum uyushtirildi. Dallot Ronalduga to'pni oshirgandi, yana himoyachilar to'pni qaytardi.

38. "Aston Villa" jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi, De Xea to'pni "kuzatib qo'ydi".

34. O'ZGARISH. SHouning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi, uning o'rniga Diogu Dalot maydonga tushirildi.

30. Grinvud chap qanotdan oldinga borib, to'pni markazdagi Ronaldu tomon yo'lladi, biroq himoyachilar hushyorligini yo'qotmadi.

29. Ogohlantirish. SHou maydon markazida raqib futbolchisini to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

26. SHou jarohat olgan bo'lishi mumkin, ammo maydonga qaytdi.

25. Krishtianuning zarbasi o'xshamadi, keyinchalik Fredning zarbasidan so'ng to'p "aviareys" orqali balandga uchib ketdi.

22. XAVFLI VAZIYAT! Maguayrning qo'pol xatosidan so'ng mehmonlar to'pni De Xea darvozasiga joylab qo'yishi mumkin edi, ispaniyalik posbondan seyv!

21. Brunudan Ronaldu tomonga to'p oshirildi, biroz noaniq. 

17. Mezbonlardan tezkor javob! Tezkor qarshi hujum natijasida yo'llangan zarbani darvozabon ushlab oldi.

16. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan xujumga o'tgan mehmonlar jarima maydonchasiga kirib bordi, Targett esa deyarli bo'sh darvozaga to'pni kirita olmadi.

15. O'yin tempi biroz sekinlashdi, to'pni egallab turish bo'yicha 57-43

11. Ronaldu chamasi 20 metrlardan zarba berdi, to'p uzi istagan manzilga bormadi.

6. Zarba o'xshamadi, to'p jonli devorga tegib qaytdi.

4. Grinvudga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Ronalduning nuqtasi bu.

2. ZARBA! Dastlabki daqiqalardan mezbonlar xavfli hujum uyushtirdi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni markazda turgan Brunu qaul qilib oldi hamda zarba berdi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Ikkala jamoa ham bugungi to'qnashuvga tushkun kayfiyatda tashrif buyurgan, sababi klublar Liga kubogi doirasida uchrashuvlarda imkoniyatni boy bergan, shu bois boy berilgan turnirdagi alamlarini bir-birlaridan olishga urinib ko'rishsa, ajabmas.

O'zaro o'tkazilgan so'nggi o'yinda mankunianlar safarda 3:0 hisobida g'alaba qozongan. "Old Traford"dagi oxirgi bahsda esa 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.

Muxlislar ajoyib atmosfera hosil qilishgan.

Uchrashuvni Mayk Din boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Jamoalar qarama-qarshiligidagi so'nggi 23 uchrashuvning 16 tasida "qizil iblislar" zafar quchgan bo'lsa, atigi bir marotaba mehmonlarning qo'li baland kelgan, 6 o'yinda esa jamoalar murosa ko'chasini tanlagan.


Afsonaviy jamoadan bugun

Muxlislari kutishadi gol.

Buyuk nomin tiklamoq uchun

Manchesterga keldi xaloskor.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. Yaqin 90 daqiqa ichida ingliz futbolining qiziqarli spektalini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика