So’nggi yangiliklar

15:06Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  0 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  1 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  19 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  20 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  46 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  114

APL. Ronalduning dubli va de Xeaning super seyvlari "Manchester Yunayted"ga "Arsenal" ustidan irodali g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Ronalduning dubli va de Xeaning super seyvlari "Manchester Yunayted"ga "Arsenal" ustidan irodali g'alaba keltirdi

APLning 14-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Arsenal" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Arsenal 3:2

3 dekabr, 01.15, "Old Trafford"

Gollar: Smit-Rou (14, 0:1), Fernandesh (45, 1:1), Ronaldu (51, 2:1), Edegor (54, 2:2), Ronaldu (70-pen, 3:2).

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Maguayr, Lindelef, Telles, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 90), Maktomini, Sancho, Ronaldu (Marsyal, 88), Reshford (Lingard, 79).

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Smit-Rou (Saka, 70), El-Nenni, Parti, Edegor (Nketia, 79), Martinelli, Obameyang (Lyakazett, 79).

Ogohlantirish: Maktomini (45+1).

Manchester United

Bruno Fernandes - 44', Cristiano Ronaldo - 52', Cristiano Ronaldo - 70'

Premier League . 14-tur

03/12/2021, 01:15

2
:
3
Tugadi

Arsenal

Emile Smith Rowe - 13', Martin Oedegaard - 54'

Stadion: Old Trafford, 73123 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
44'  Bruno Fernandes
44'  Fred
45'  Scott McTominay
52'  Cristiano Ronaldo
52'  Marcus Rashford
70'  Cristiano Ronaldo
79'  Marcus Rashford (Jesse Lingard)
88'  Cristiano Ronaldo (Anthony Martial)
90'  Bruno Fernandes (Donny van de Beek)
13'  Emile Smith Rowe
13'  Mohamed Elneny
54'  Martin Oedegaard
54'  Gabriel Martinelli
70'  Emile Smith Rowe (Bukayo Saka)
79'  Pierre-Emerick Aubameyang (Alexandre Lacazette)
79'  Martin Oedegaard (Edward Nketiah)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" Ronalduning dubli evaziga g'alabaga erishdi. Kerrik kichik faoliyatida yutqazmadi)

90+3. Qanotdan uzatilgan to'pni Maguayr qaytarib yubordi. Bugun kep yaxshi o'yin o'tkazdi.

5 daqiqa qo'shib berildi.

87. FREEEEDDDDDD!!! Jamoasini 100 foizlik goldan saqlab qoldi.

85. Lingardino hujumda paydo bo'ldi va to'pni markazga tepdi. Remsdeyl to'pni ushlab oldi.

83. Ronaldu Gabrielni yiqitib, to'pni olib qo'ydi. G'alati vaziyat bo'ldi.

78. ZARBAAAAAAAA!!! Obameyang 3 metrdan gol ura olmadi. De Xeadan esa shunchaki super-muper reakciya!

75. "Arsenal" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Obameyangning zarbasini de Xea ushlab oldi.

73. UXXXXXX!! "Arsenal"da yana bir jarima zarbasi. Bunisi ham xavfli nuqtadan.

70. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Ronaldudan dubl!

68. PENALTIIIII!!! Fred penalti ishladi!

67. UXXXXXX!! Fred raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Biroq Atkinson penalti yo'q dedi. Takroriy lavhada penalti bordek ko'rindi.

65. ZARBAAAAAAAA! Obameyangning kuchli zarbasini de Xea mushtlari bilan qaytardi. Tavareshning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

61. Edegor qanotdagi Tomayasu tomon to'pni oshirgandi. Takexiro to'pga eta olmadi.

57. Bo'ron bilan boshlangan taymda tomonlar biroz sukut saqlashmoqda.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!! Edegor hisobni tenglashtirdi!!! Ronalduning goli bilan kopi+past bo'ldi o'ziyam)

51. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! RONALDUUUUUU!!! "Arsenal"ning feyr-pleyga mos kelmaydigan goliga MYU ikki marta javob bera oldi.

50. Reshfordning zarbasini Remsdeyl qiyinchilik bilan ushlab oldi.

48. ZARBAAAAAAA!!! Ronaldu raqiblarini osonlik bilan aldab o'tib, zarba berdi!! Remsdeyldan ham super seyv!

47. ZARBAAAAAAA!!! Gabrielning boshi bilan yo'llagan zarbasini de Xea qaytardi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Sokin tempda o'tgan ilk bo'lim yakunlandi.

45+3. Smit-Rouning burchakdan oshirgan to'pi hech kimga tegmasdan maydondan chiqib ketdi.

45+1. Maktomini Partini "chopgani" uchun ogohlantirildi.

45. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!! Fredning pasidan keyin Fernandesh hisobni tenglashtirdi!

42. Partining zarbasi Obameyangga tegib, maydonni tark etdi.

41. UXXXX!! Fred o'z jarima maydonchasi yonida qoidani buzdi. "Arsenal"da juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi!

37. Maguayr hujumga o'qdek otilib chiqdi va zarba berdi. Remsdeyl to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

35. Fernandesh qanotdan erlatib to'pni markazga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

30. Maguayrning zarbasi noaniq ketdi.

28. "Yunayted" ikki burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.

23. UXXXXXXX!! Dalotning qanotdan oshirgan to'pini Parti qaytarib yubordi.

19. Ronaldu raqibidan osonlik bilan o'tib ketdi va zarba yo'lladi. Kuchsiz zarbani Remsdeyl ushlab oldi.

17. GOOOOOOOOOLLLLL!!! SMIT-ROUUU!! Garchi darvozabon o'yindan chiqib qolgan bo'lsa-da, gol inobatga olindi!
14. "Arsenal" gol urdi. Fred de Xeaning oyog'ini bosib olgani uchun David yotib qoldi va zarbaga qadar David oyog'ini ushlab yotgandi. Katta ehtimol gol inobatga olinmaydi, garchi Fred Davidni jarohatlagan bo'lsa-da.

11. UXXXXX!! "Arsenal" himoyachisining xatosidan keyin Ronaldu qulay vaziyatga chiqib borib, juda noaniq zarba berdi. Krishtida variantlar juda ko'p edi.

10. "Arsenal" hujumga o'tdi. Obameyangning zarbasini de Xea ushlab oldi.

8. Dalotning zarbasini Remsdeyl ushlab oldi.

7. O'yin tempi sokinlashdi. Markazda o'yin bo'lmoqda.

2. UXXXXXXX!! Gabrielning boshi bilan yo'llagan zarbasini Reshford burchakka chiqarib yubordi. "Arsenal" 2 daqiqaning o'zida uchinchi marta burchak zarbasiga ega bo'ldi.

1. Ilk daqiqadanoq "Arsenal" hujumga o'tdi. Obameyangning zarbasi Maguayrga tegib, burchakka chiqib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari, etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Ushbu stadionda "Arsenal" mehmon bo'lmoqda.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика