So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  4 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  15 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  12 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  16 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   7 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  55 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  434 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

APL. "Manchester Yunayted"dan derbida dahshatli kambek, 2 daqiqada 2 gol! Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted"dan derbida dahshatli kambek, 2 daqiqada 2 gol!

APL 16-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Siti – Manchester Yunayted 1:2

15 dekabr, 21:30 | "Etixad"

Gol: Gvardiol (36), Fernandesh (88-p), Diallo (90).

Manchester Siti – Ederson, Mateush Nunesh, Gvardiol, Ruben Diash, Uoker, Gyundogan (Savino, 89), Doku (Grilish, 77), Foden, de Bryuyne (Kovachich, 68), Bernardu Silva, Xoland.

Manchester Yunayted – Onana, Martines, Maguayr, de Ligt (Yoro, 79), Diogu Dalot, Ugarte, Brunu Fernandesh, Mazraui (Antoni, 78), Maunt (Maynu, 14), Xeylund (Zirkze, 78), Diallo.

Ogohlantirish: Uoker (40), Xeylund (40).

Manchester City

Josko Gvardiol - 36'

Premier League . 16-tur

15/12/2024, 21:30

2
:
1
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 88', Amad Diallo - 90'

Stadion: Etihad Stadium, 52788 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
36'  Josko Gvardiol
40'  Kyle Walker
68'  Kevin De Bruyne (Mateo Kovacic)
77'  Jeremy Doku (Jack Grealish)
89'  Ilkay Gundogan (Savinho)
14'  Mason Mount (Kobbie Mainoo)
40'  Rasmus Hoejlund
78'  Rasmus Hoejlund (Joshua Zirkzee)
78'  Noussair Mazraoui (Antony)
79'  Matthijs de Ligt (Leny Yoro)
88'  Bruno Fernandes
90'  Amad Diallo
90'  Lisandro Martinez
90'  Amad Diallo (Victor Nilsson Lindeloef)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" 2 o'yinlik mag'lubiyatli o'yindan keyin derbida g'alabaga erishmoqda. Haaaa do'stlar, Manchester is RED!

90+4. "Yunayted" to'liqligicha himoyada.

O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

Internetda memlar tarqaldi: Antoni tushguncha hisob 1:0 edi, u tushganidan keyin 1:2.

90. GOOOOOOOOOOLLLL!!! KAMBEEEEKKKK!! Diallo hisobni o'zgartirmoqda!

89. Gvardiola bu mavsumda gol+pas tizimida ochko ishlamagan Savinoni maydonga tashladi.

88. GOOOOOOOOLLLL!! Brunu penaltidan unumli foydalandi!

Gvardiolaning bu vaziyatga reakciyasi qiziq bo'ldi. Amad yiqilishi bilan u penalti bo'lishini bildi.

86. PENALTI! "Siti" darvozasi tomon! Nunesh Amad Dialloni yiqitdi!

84. Lisandroning uzatmasidan keyin Maynu boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

81. Antoni o'yinga kreativlik bag'ishladi. Uning chiroyli pasidan keyin Diallo "Siti" jarima maydonchasi ichiga kirdi. Uning pasini Brunu to'xtata olmadi. 

78. Fodenning zarbasi noaniq ketdi.

76. Maydonda Xoland ham bor ekan. Uning o'yindagi ilk zarbasini Lisandro qaytardi

74. ZARBAAAAAAAA!!! Brunu hisobni tenglashtirishi kerak bo'lgan vaziyatga ega bo'ldi. Xoylundning superpasidan keyin Ederson bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan Brununing zarbasi noaniq chiqdi.

72. Xoylund darvoza tomon yugurib ketayotganida offsayd bayrog'i ko'tarildi. Odatda hakamlar bunday vaziyatlarda zarbagacha kutishardi...

68. Maydon chetida Kovachichni ko'rishim bilan Kevin de Bryuynening maydondan olinishini his qilgandim. SHunday bo'ldi ham.

67. Haaaaa, Keyin de Bryuyne umuman tamom bo'libdi. Bu praym paytidagi Kevin emas.

64. IEEEE!!! Bu penalti-ku! Diash ochiqchasiga to'pga emas, Xoylundga o'ynadi. Entoni Teylorning bu qaroriga umuman qo'shilmagan bo'lardim.

63. ZARBAAAAAA!! Nihoyat, MYUda ilk aniq zarba. Dialloning boshi bilan yo'llagan zarbasini Ederson maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

60. 1 soat ichida ham "Yunayted" aniq zarba yo'llay olganicha yo'q.

55. "Yunayted" hujum uyushtirdi. Uzoooooqq davom etgan hujumni Brununing no'noq uzatmasi yakunladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- "Etixad"ga qaytamiz. Futbolchilar ham qaytishmoqda.

Tanaffus!

45+4. ZARBAAAAAAA! Fodenning zarbasini Onana qaytardi!

45+3. "Siti" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Kevin de Bryuynening uzatmasi esa tribuna tomon uchdi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

41. UXXXXX!! Hisob tenglashishi mumkin bo'lgandi. Bir qancha rikoshetlar hosil qilgan to'p Ederson darvozasiga kirmadi va burchak zarbasi amalga oshiriladigan bo'ldi.

40. Aynan Uoker va Xoylund ogohlantirildi.

39, Maydonda janjal. Uoker ochiqchasiga Xoylundni yiqitdi.

36. GOOOOOOOOOLLLL!! Yoshko Gvardiol hisobni ochdi! KDB tomonidan uzatilgan to'pni Yoshko darvozaga joyladi. MYU yana standartdan gol qo'yib yubormoqda.

35. Xavfli vaziyat! Amad Dialloning zarbasini Diash qaytarib qoldi.

32. MYUda tezkor qarshi hujum. Lisandro Martinesning zarbasini Diash qaytardi. Ikkinchi tempdagi Ugartening zarbasi esa anchagina noaniq ketdi. Bu MYUning ilk zarbasi bo'ldi.

26. ZARBAAAAAA!! Amad Diallo Ederson bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, yaqin burchakka biroz noaniq zarba yo'lladi. Bu erda offsayd ham qayd etildi.

23. UXXXX!! "Siti" xavfli hujum uyushtirdi. Fodenning zarbasi himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi. Burchak zarbasidan esa yana naf chiqmadi.

21. Fodenning zarbasi noaniq ketdi. Ha, aytgancha, bu darvoza tomon ilk zarba bo'ldi.

18. "Siti" uzoq vaqt pas o'ynab, pozicion hujum uyushtirdi. Fodenning uzatmasini Maguayr qaytarib yubordi.

16. Jarima zarbasi unchalik xavfli ko'rinish olmadi. Uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi. Ikkinchi tempda Gyundoganning uzatmasi esa noaniq ketdi. 

15. "Siti" "Yunayted" jarima maydonchasi yaqinida standart vaziyatga ega bo'ldi.

14. Maunt almashtirildi. Maynu maydonga tushdi.

12. Ie! Maunt maydonda o'tirib oldi. U jarohat olganga o'xshamoqda. Katta ehtimol bilan u almashtiriladi.

10. Fernandeshning uzatmasidan keyin Dalot chap qanotda to'pni egallab oldi va jarima maydonchasiga oshirdi. Uzatma anchagina noaniq chiqdi.

6. Endi "Yunayted" hujumda. Dalotning uzatmasini Ederson ushlab oldi.

5. KDB o'ng qanotdan darvoza yonidagi Xoland tomon to'pni uzatdi. Lisandro Martines to'pni burchakka chiqarib yubordi. Standartdan "shaharliklar" hech nima chiqara olishmadi.

3. Hozircha tomonlar passiv futbol bilan o'yinni boshlashdi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Naqadar go'zal atmosfera. Aura 1000 %.

- Assalomu alaykum, futbol muxlislari. "Etixad"da bugun derbi! Manchester derbisi! Bugun Manchester shahri 2025 yilning 5 apreliga qadar qaysi rangga bo'yalishiga birgalikda guvoh bo'lamiz. Matnli translyaciyani Siz aziz muxlislar bilan birgalikda Mirjalol Normatov olib boradi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика