So’nggi yangiliklar

14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  1 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  4 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   8 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  4 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  16 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  10 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  31 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  5 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1

APL. "Manchester Siti" "Liverpul"ni tor-mor etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Liverpul"ni tor-mor etdi

APL 29-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi markaziy uchrashuv nihoyasiga etdi.

Manchester Siti – Liverpul 4:1 

«Etixad Stedium»

Gollar: 0:1 – 17 Saloh, 1:1 – 27 Alvares, 2:1 – 46 de Bryuyne, 3:1 – 53 Gyundogan, 4:1 – 74 Grilish.

Manchester Siti – Ederson, Ake, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gyundogan, de Bryuyne, Grilish (Palmer), Rodri (Bernardu Silva, 83), Marez, Alvares.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson (Cimikas, 70), Henderson, Fabino, Elliott (Oksleyd-CHemberlen, 70), Saloh (Nunes, 70), Diogu Jota (Firmino, 70), Gakpo (Milner, 82).

Ogohlantirishlar: Saloh (19), Rodri (33).


BAHS YAKUNLANDI! 

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89. "SHaharliklar"da navbatdagi almashtirish: Grilish o'rniga Palmer bahsni tugatib qo'yadi.

83. Pep Gvardiola ham o'zgarishlarga qo'l urdi: Rodri maydonni tark etdi, o'rniga Bernardu Silva o'yinga qo'shildi.

82. Gakpo o'z o'rnini "qarimas" Jeyms Milnerga bo'shatib berdi.

Manchester City

Julian Alvarez - 27', Kevin De Bruyne - 46', Ilkay Gundogan - 53', Jack Grealish - 74'

Premier League . 29-tur

01/04/2023, 16:30

1
:
4
Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 17'

Stadion: Etihad Stadium, 52877 tomoshabin

Bosh hakam: Simon Hooper

45'
90'
27'  Julian Alvarez
27'  Jack Grealish
33'  Rodri
46'  Kevin De Bruyne
46'  Riyad Mahrez
53'  Ilkay Gundogan
74'  Jack Grealish
74'  Kevin De Bruyne
83'  Rodri (Bernardo Silva)
89'  Jack Grealish (Cole Palmer)
17'  Mohamed Salah
17'  Diogo Jota
19'  Mohamed Salah
70'  Andrew Robertson (Konstantinos Tsimikas)
70'  Diogo Jota (Roberto Firmino)
70'  Harvey Elliott (Alex Oxlade-Chamberlain)
70'  Mohamed Salah (Darwin Nunez)
82'  Cody Gakpo (James Milner)

74. GOOOOOOOOOOL! "Siti" intrigaga deyarli nuqta qo'ydi. Grilish bugun golsiz maydonni tark etishi nohaqlik edi. De Bryuynening uzatmasidan so'ng Jek hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 4:1

70. "Liverpul" tarkibida to'rtta o'zgarish: Robertson, Jota, Saloh va Elliot maydonni tark etishdi. Ularning orniga CHemberlen, Nunez, Firmino va Cimikas maydonga tushdi.

59. ZARBAAAAA! Super zarba, super seyv! Jek Grilishning aylantirib bergan zarbasini Alisson undanda chiroyli seyv bilan qaytarib yubordi.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Alvares jarima maydoni ichidan turib bergan zarbani Trent qaytardi. Qaytgan to'pni esa Ilkay Gyundogan aqlli zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi.

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ikkinchi taymning ilk daqiqasidayoq de Bryuyne hisobni "Siti" foydasiga og'dirmoqda. Alvaresning qanotga yuqoridan oshirgan super pasidan so'ng Mahrez to'pni jarima maydoni ichidagi de Bryuynega uzatdi, belgiyalik esa to'pni darvozaga joyladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Tanaffus! Juda qaynoq taym guvohi bo'ldik.

45+1. Rodri burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo noaniq.

33. Gakpoga ishlatilgan aynan shu qo'pollik uchun Rodri ogohlantirildi.

33. O'yin "yonyapti". Qarshi hujumga qochayotgan Gakpoga ishlatilgan qo'pollik ikki jamoaning ham etirozlarini keltirib chiqardi. 

SHu o'rinda Jek Grilishni etirof etish joiz. Goldan bir necha daqiqa avval Grilish "Liverpul"ning juda xavfli qarshi hujumini so'nggi himoyachi sifatida qaytargandi. Keyin esa golga assistentlik qildi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xulian Alvares Grilishning pasidan so'ng hisobni osongina tenglashtirdi.

20. Yon hakamning qaroridan o'zini jilovlay olmagan Muhammad Saloh emociyalari uchun ogohlantirildi.

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Trentning ajoyib uzatmasidan so'ng Jota birga bir vaziyatga chiqdi va to'pni Salohga oshirdi. Muhammad esa ajoyib zarba bilan darvozani ishg'ol qildi!

14. ZARBAAA! Mahrezning 20 metrlardan amalga oshirilgan jarima zarbasi juda xavfli chiqdi, ammo biroz noaniq.

10. O'yinda eng ko'zga tashlanayotgan futbolchi Fabino, o'zining qo'polliklari bilan, albatta.

9. Gyundogan o'tkir burchakdan uzatma aralash zarba berdi. Alisson to'pni egallab oldi.

5. "Man Siti" to'pni nazorat qilmoqda va hujumga intilmoqda.

1. O'yin boshlandi.


- Erling Xolandning nega qaydnomaga kiritilmaganini Pep Gvardiola quyidagicha izohladi:

"Xoland tayyor emas. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Katta muammo yo'q, ammo u bugun tayyor emas"

- Jamoalar tarkibi:

- APL 29-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi markaziy uchrashuvni bugun birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика