So’nggi yangiliklar

15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   1 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  6 13:58МЛС клуби Поль Погба билан музокара ўтказди  0 13:05"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2 12:50Музаффар Олимжонов: "Мазкур ўйиндаги ғалаба билан барча айбимизни ювдик деб ўйлайман"  2 12:23Ислом Тўхтахўжаев: "Барча ўйинда камбэк амалга ошириб бўлмайди. Чемпионлик учун 4-5 жамоа кураш олиб боради"  4 12:08Ҳамидулло Абдунабиев: Шуни унутмаслик керакки, биз мусобақа пешқадамига қарши майдонга чиққан эдик"   1 11:49Миржамол Қосимов: "Ўтган мавсум давомида ҳам ҳеч ким бизни чемпионликка даъвогарлар сафида тилга олишмаганди"  5 11:26Темурхўжа Абдухолиқов: "Иккита дурангни муваффақиятсизлик дейиш бизни хурсанд қиляпти, сабаби..."  4 11:09Моуриньо "Фенербахче"да Кьезани кўрмоқчи  0 10:44Таҳлил. Қосимов ғалаба учун ҳамма нарса қилди, Зейтуллаев янги "Бунёдкор"ни қуряпти  7 10:40«Қўқон-1912» легионери:« Бу лаҳзани анчадан бери кутгандим»  0 10:07«Реал Мадрид»нинг янги бош мураббийи деярли аниқ  32

APL. Kompanining supergoli "Manchester Siti"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Kompanining supergoli "Manchester Siti"ga g'alaba keltirdi

Ayni damda Angliya chempionatining 37-turidan o'rin olgan Manchester Siti - Lester uchrashuvi o'tkazilmoqda.

Manchester Siti – Lester 1:0

«Etixad Stedium».

Gol: Kompani (70, 1:0).

Manchester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Uoker, Zinchenko, Silva (Stounz, 90), Gyundogan, Bernardu Silva, Foden (Sane, 56), Sterling, Aguero (Jezus, 86)

Lester – SHmeyxel, Maguayr, Rikardu Pereyra, CHiluell, Evans, CHouduri, Ndidi, Olbrayton (Grey, 86), Tilemans (Barns, 75), Meddison (Ixeanacho, 80), Vardi.

Ogohlantirish: Silva (22), Kompani (45), Jezus (89), Ixeanacho (90).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "MANCHESTER SITI" KICHIK HISOBDAGI G'ALABASI EVAZIGA APL TURNIR JADVALI PESHQADAMLIGIGA QAYTDI.

90+3. Sane birga bir chiqib ketishi mumkin edi. Ammo himoyachi xavfni bartaraf etdi.

90+2. "Siti" hujumga o'tdi. Biroq uchga ikki qolganida Gyundogan darvoza tomon juda yomon zarba berdi.

90+1. Silva o'rniga Stounz maydonga tushdi.

90. Jezusni yiqitgani uchun Ixeanacho ogohlantirildi.

89. Jezus ogohlantirildi.

87. ZARBAAAAA!!! Ixeanacho qulay vaziyatdan foydalana olmadi. U yaqin masofadan noaniq zarba berdi.

86. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarish. Olbraytor o'rniga Grey, Aguero o'rniga Jezus.

82. "Siti" burchak to'pini amalsha oshirish uchun bir necha daqiqa vaqt sarfladi. Undan oshirilgan to'pga Bernardu zarba berdi. Zarba qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq ketdi.

80. O'zgarish. Meddison o'rniga Ixeanacho.

79. "Siti" to'pni ushlab turib, tempni o'ldirmoqda.

75. O'zgarish. Tilemans o'rniga Barns.

74. Olbraytonning zarbasini Ederson ushlab oldi.

73. Kompani "perevoz"ga yo'l qo'yishiga oz qoldi. U maydonda biroz toyib ketdi. Ammo vaziyat xavfli ko'rinish olmadi.

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! KOMPANIIIIIIIIIIII!!!! DAHSHATTTTTTTTT!!!!! "Siti" himoyachisi uzoq masofadan "o'rgimchak to'ri" tomon zarba berdi. Dahshatli, shedevr gol! Ko'pchilik muxlislarning uyqisi ochilib ketgan bo'lsa ajab emas...

70. ZARBAAAAAAAA!!! Silvaning uzatgan pasiga Aguero etib bordi va zarba berdi. SHmeyxel to'pni qaytardi.

68. "Lester" hujumga o'tgandi. Biroq himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

63. ZARBAAAAAAAA!!! Meddisonning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

62. Haqiqatdan ham, "Siti" futbolchilariga "Liverpul"ning g'alabasi bosim bermoqda. Agarda hozir mavsumning o'rtasi bo'lganida "shaharliklar" bir gol kiritgan bo'lardi.

60. Sterling raqibin aldayotgan vaqtda CHiluell uni yiqitgandek bo'ldi. Biroq Mayk Din bu vaziyatga etibor qaratmadi.

58. ZARBAAAAAAAA!!! Gyundoganning zarbasi biroz noaniq ketdi.

56."Siti"da o'zgarish. Foden o'rniga Sane maydonga tushdi.

54. Bernarduning o'tkirroq burchakdan bergan zarbasi noaniq ketdi. Ikkinchi temp bilan "Siti"ning hujumi davom etdi. Bu safar Sterlingning zarbasiga aniqlik etishmadi.

52. ZARBAAAAA!!! Silvaning boshi bilan uzatgan pasiga Sterling boshi bilan zarba berdi. Yaqin masofadan noaniq zarba...

50. "Siti" gol ura olmagani uchun o'yin anchagina qiziq kechmoqda. "Lester" esa chuqur himoyada.

47. Uxxxxxxx!! Silva raqibi Olbraytonni jarohatlashi mumkin edi. "Ketchup" ko'rishimizga bir bahya qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi! Tanaffus...

45+1. Bernarduning zarbasini SHmeyxel ushlab oldi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Kompani ogohlantirildi.

43. Sterling raqibini chalg'itib, zarba bergandi. Ammo to'pni Silva qaytarib yubordi.

41. Silvaning zarbasini Maguayr qaytarishga erishdi.

39. Meddisonga to'p ajoyib tarzda uzatilgandi. Biroq Jeyms orqaga yurayotgan vaqtda muvozanatni yiqitib, yiqilib tushdi.

36. Ndidining qanotdan uzatgan pasini darvozabon ushlab oldi.

35. ZARBAAAAAAA!!! Jarimadan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi. Qaytgan to'pga Silva zarba bergandi. Biroq zarba biroz noaniq ketdi.

34. "Siti"da xavfli jarima zarbasi.

32. ZARBAAAAAA!!! Agueroning boshi bilan bergan zarbasi tepa ustunga tegib, maydonga tushayotganda darvozabon uni qaytarib yubordi.

29. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!!! Bernardu chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirguncha 3 raqibini aldab o'tdi va to'pni Fodenga oshirdi. Ammo zarba noaniq ketdi.

27. O'yin tempi tushib ketdi.

22. Silva markazda Tilemansni qo'pollik bilan yiqitdi. Birinchi sariq kartochka ispaniyalikka ko'rsatildi.

21. Sterling qanotdan to'p uzatgandi. Ammo to'p "Lester" futbolchisining qo'liga tekkandek bo'ldi. 

Uchrashuvning 20 daqiqasi ortda qoldi. Biroq "Siti" hozircha golga tortadigan vaziyat sodir eta olmadi.

18. Burchakdan uzatilgan to'pga Sterling zarba bermoqchi edi. To'p uning oyog'iga tushmay qoldi. Fodenning zarbasi ham noaniq ketdi.

17. ZARBAAAAAAA deyishga arzimaydigan zarba )) Kayl Uokerning tepgan to'pi aaaanchagina tepadan o'tib ketdi.

16. Sterlingning jarimadan uzatgan to'piga Aguero boshi bilan zarba bermoqchi edi. Biroq u ikkinchi qavatdagi kurashda raqibiga mag'lub bo'ldi.

13. Vardiga nisbatan markazda Kompani qoidani buzdi. Hakam hozircha kartochkalarga murojaat etmayapti.

11. ZARBAAAAAA!!! Foden qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatib zarba berdi. SHmeyxel to'pni ushlab oldi. Bu pallada qanot hakami offsaydni ko'rmay qoldi.

9. ZARBAAAAAAAAAA!!! Meddisonning zarbasini himoyachilar qaytardi. Ilk xavfli hujum mehmonlar tomonidan tashkil qilindi.

7. Aguero raqib jarima maydonchasi ichida zarba berishga urungandi. Biroq himoyachilar xavfni bartaraf etdi.

5. CHiluellning qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

3. Hozircha total ustunlik "Siti" tarafida.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Stadionda "Siti" madhiyasi yangramoqda.

- Uchrashuv boshlanmoqda!

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика