So’nggi yangiliklar

01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"га қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  0 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  1 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Суперлига. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  1 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  2 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  2 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   31

APL. Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 700-o'yinida ishtirok etgan bahsda "Man Siti" qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 700-o'yinida ishtirok etgan bahsda "Man Siti" qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi

Angliya chempionati 11-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Manchester Siti – Fulxem 2:0 

«Etixad Stedium»

Gollar: Sterling 5', De Bryuyne 26' (pen.) 

Manchester Siti – Ederson, Ruben Diash, Stounz, Mendi, Joau Kanselu, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Gyundogan, Marez, Gabriel Jezus.

Fulxem – Areola, Robinson, Ayna, Andersen, Adarabioyo, Zambo-Angissa, Dekordova-Rid (Kamara, 72), Lukman, Rid (Lemina, 68), Kavaleyru, Loftus-CHik (Kerni, 83).


Bahs yakunlandi. "Manchester Siti" ishqibozlarini g'alaba bilan muborakbod etamiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

89. Ayni paldda "Siti" shunchaki o'yinni tugatib qo'yish tarafdori. 

87. Mehmonlar oxirgi daqiqalarda faollikni sezilarli darajada oshirishdi. 

85. Zambo-Angissaning o'ng qanotdan havolatib oshirib bergan to'piga Ederson ega chiqdi. 

84. Kanselu Lukmanga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima. 

83. "Fulxem"da o'zgarish: Loftus-CHik o'rniga Kerni tushirildi. 

80. Zarba!  Kavaleyruning chamasi 19 metrdan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq. 

79. To'p nazorati foizlarda: 71% - 29% 

78. Zarba!  de Bryuynening jarimadan uzatgan pasiga Diash etib borib, zarba berdi, ammo noaniq. 

75. Loftus-CHikdan uzatma, ammo uni Kanselu tepib yubordi. 

73. Jezus qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi, aniqrog'i Adarabioyo uning yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

72. "Fulxem"da almashtirish: Dekordova-Rid o'rniga Kamara o'yinni davom ettiradi. 

70. Diashdan yaqin masofadan zarba, ancha noaniq. 

69. Marezning yaxshi o'ylangan pasi Robinson tomonidan maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi. 

68. "Fulxem"da o'zgarish: Rid o'rniga Lemina tushdi. 

67. Adarabioyo maydonda yotibdi, u shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi. 

66. Lukman hujumda faol harakat qilib, dribling namoyish etayotgandi, biroq o'yindan tashqari holat borligi ko'rsatildi. 

65. Zarba!  Kevin de Bryuynening zarbasi ancha noaniq ketdi. 

65. Kanseluning xavfli uzatmasi Adarabioyo tomonidan bartaraf qilindi. 

61. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich: 12:3 

58. Gyundogandan ichkariga uzatma, Diash ofsaydda qolgani malum qilindi. 

57. Uuuxx! Kevin de Bryuyne birga-bir vaziyadan foydalana olmadi. Areola o'z klubini qutqardi! 

56. Kevin Ridga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

53. Sterling raqib jarima maydonida Andersen bilan kurash olib bordi, ammo to'p maydonni tark etishga ulgurdi. 

52. Kevinning faolligi mezbonlarga burchak zarbasi taqdim etdi. 

50. Uuuxx! "Siti" qarshi hujumga o'tib ketdi. Kevin de Bryuynening birinchi zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, ikkinchisi esa noaniq ko'rinish kasb etdi.  

50. Zambo-Angissa Lukmannni to'p bilan taxminladi, ammo u to'pni yo'qotdi.  

48. Marez qanotdan raqib jarima maydoni ichiga kirib keldi, Jezusga kelayotgan pasni himoyachilar qaytarishdi.  

47. "Fulxem" qariyb 2 daqiqa to'pga egailk qildi, Zambo-Angissa va Rid hujumda faollik ko'rsatishdi, yakunda Aynaning noaniq pasi tufayli hujum yakun topdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Sterlingning pasidan so'ng himoyachilar ehtimoliy xavfning oldini olishdi. 

42. Hisob mezbonlarni qanoatlantiradi, shu bois ular bemalol va xotirjam o'yin namoyish etishmoqda. 

40. Kanseludan uzatma!  Adarabioyo  to'pni qaytardi. 

38. "Fulxem" ketma-ket xatoliklarga yo'l qo'ymoqda, jamoaga nimadir etishmayapti.  

35. To'p nazorati foizlarda: 76% - 24% 

33. Joau Kanselu Marez bilan o'zaro devor uslubini qo'llamoqchi bo'ldi, ammo to'p oldirildi.

32. Zarbaaaa! Marezning qoyilmaqom uzatmasidan keyin Sterling zarba berdi, biroq Areoladan seyv! 

30. Uuuxx! Stounz "qovun tushirishi" mimkin edi. Ederson o'ziga kelgan to'pni o'tkazib yubordi, burchak to'pi "Fulxem" foydasiga. 

27. Ademola Lukmandan pas, biroq Ederson darvozadan chiqib keldi va to'pni egallab oldi.

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Kevin de Bryuyne penaltida adashmadi va hisobni oshirdi – 2:0! 

25. Penalti!  Andersen Sterlingni yiqitdi. 

24. Zarba!  Rodrining olsidan bergan zarbasi noaniq chiqdi.

22."Etixad"dagi bahs faqat bir darvoza qarshisida kechmoqda. Ikkinchi golni uchun to'xtovsiz harakat qilinyapti. 

19. To'p nazorati kutilganidek "Siti"da, hujumda turli kombinaciyalar tashkil etilmoqda. 

16. Zarba!  Gyundoganning zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

14. Joau Kanseluning uzatmasidan keyin Ruben Diash to'pni qabul qilishda qiyinchilikka uchradi va yaxshi vaziyat barham topdi.    

13. Zarbaaa!  De Bryuynening zarbasi Ridga tegib, yo'nalishini biroz o'zgartirdi, ammo Areola o'z vaqtida reakciya ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

11. "Siti" burchak zarbasidan so'ng qiyinchilikka duch kelmadi va tezkorlik bilan oldinga intildi.

9. "Fulxem" burchak to'pi ishlab oldi. O'yindagi dastlabki burchak zarbasi samarasiz yakunlandi. 

8. Zarba!  Lukmanning raqib darvozasi tomon yo'llagan zarbasi rikoshetdan keyin noani qetdi.  

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Sterling!  Kevin de Bryuynedan pas qabul qilib olgan Rahim qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi – 1:0! 

4. Marezning zarbasi kutilganidek chiqmadi. 

2. "Fulxem" hujumga o'tdi, to'p Kanseluning faolligi evaziga chap qanotdan oldinga borgan Kavaleyruning o'zidan chiqib ketdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar yashil maydonga chiqib kelishmoqda.

"SHaharliklar"ning chigil yozdi mashg'ulotlaridan suratlar 

Jamoalar tarkiblari

Bugun Pep Gvardiola murabbiylik davridagi 700-o'yinini o'tkazadi 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun APL 11-turidan joy olgan "Manchester Siti" – "Fulxem" uchrashuvi o'tkaziladi. Ushbu o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика