So’nggi yangiliklar

02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   8 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  4 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1 20:50Футбол олами. ОКМК ва "Насаф"да мағлубият: Ўзбекистон кубоги 1-тури ҳақида батафсил   0

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Bornmut"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Bornmut"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Angliya Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Bornmut" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Siti" — "Bornmut" 4:0

Gollar: 1:0 – 19 Gyundogan, 2:0 – 31 de Bryuyne, 3:0 – 37 Foden, 4:0 – 79, avtogol Lerma.

Manchester Siti – Ederson, Uoker (Lyuis, 82), Ake, Ruben Diash (Stounz, 64), Joau Kanselu, Gyundogan (Bernardu Silva, 65), de Bryuyne, Rodri, Foden (Grilish, 46), Marez, Xoland (Alvares, 74).

Bornmut – Trevers, Smit, Lerma, Kelli, Mifem, Steysi, Kristi (Stanislas, 63), Pirson, Kuk (Billing, 64), Taverne (Senesi, 80), Mur (Lou, 90).

Ogohlantirishlar: Steysi (5), Mifem (56), Smit (90).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv nihoyasiga etdi! "Siti" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi.

90+2. Kanseluning vahimali qichqirig'i eshitildi, unga nisbatan raqib himoyachilari shavqat qilib o'tirishmadi.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Ake va Bernardu Murning kuragini erga tekkazib qo'yishdi.

85. Uchrashuv avvalida takidlaganimizdek, o'yin yarim maydonda kechmoqda. Ederson joyida turibdimi yoki uyiga juftakni rostlab yuborganmi, hozircha xabarimiz yo'q.

81. "Bornmut" futbolchisining zarbasi maydon chetida muxlislarga kuz-quloq bo'lib turgan amakining oyoqlariga borib tegdi.

79. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Nihoyat "Bornmut" futbolchilari ham to'p kiritishga muvaffaq bo'lishda, faqatgina darvozani almashtirib yubordi. 4:0!

74. Xoland o'rniga Alvares maydonga tushirildi.

73. ZARBA! Xolandning zarbasiga himoyachilar qalqon bo'lishdi.

70. Grilishni tibbiyot xodimlari yo'qlab chiqishdi.

67. Suv ichish marosimi.

64. "Siti"da ikki o'zgarish: Diash va Gyundogan o'rniga Stounz va Bernardu maydonga tushdi.

61. Xoland o'z hisobiga gol yozib qo'yish uchun jon-jahdi bilan harakat qilmoqda, raqib psoboni esa mana senga degandek, bunga yo'l qo'ymayapti.

60. Gyundogan aylanma zarbasi aylanib-aylanib darvoza yonidan o'tib ketdi.

58. De Bryuynening kuchli zarbasiga raqib posboni pinagini buzmadi, biroq darvoza ortida turgan muxlislar undan qochishga harakat qilishdi.

57. Mifem Grilish bilan libos almashish uchun futbolkasidan ushlab qoldi, hakam esa o'yin vaqti bunday harakat zid ekanligini uqtirib qo'ydi.

55. Raqib darvozasi yoniga yaqinlasha olmayotgan mehmonlar o'z darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, biroq bu borada ham omadi chopmadi.

55. ZARBA! De Bryuynening o'ng qanotdan kirib borib, yo'llagan kuchli zarbasini Trevers qaytardi.

54. "Bornmut" futbolchilari faqatgina to'pni balandroqqa tepish bo'yicha bellashishmoqda bir-birlari bilan. 

51. "Siti" raqib darvozabonigacha chuqur bosim qilmoqda. Qo'yib bersangiz, Trevers o'rniga o'zlariyam darvozani qo'riqlayverishadi bular.

Grilish maydonda ko'rinish berdi. 1 gol, 1 assist qay etgan Fodenga dam berildi.

46. Taym boshlandi.

Ikkinchi bo'lim oldidan maysalar ham chanqog'ini qondirib oldi. Jamoalar maydonga qaytmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Mehmonlarning 5 himoyachisi bo'lishiga qaramay, ilk taymdayoq o'zlari kutganidan ortiq gol o'tkazib yubordi.

45+4. Mahrez fint ishlatib, o'zini o'zi aldab qo'ydi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. Qo'shimcha daqiqalar ortda borayotgan mehmonlar foydasiga emas, teskarisiga ko'proq xizmat qilishi shubhasiz.

45. Xolandning oyoqlari qanchalik uzun bo'lsa, Treversning qo'llari ham shu darajada ekanligini norvegiyalik hujumchining zarbasidan so'ng guvohiga aylandik.

41. Gyundoganga tv orqali namoyish etilaverib bezdirgan surtmalarga ishi tushadigan darajada qo'pollik ishlatildi.

37. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Foden hisobni yiriklashtirdi. De Bryuynening ajoyib xatti-harakatlaridan so'ng to'pni qabul qilib olgan ingliz darvozabonning aytsa kulgi uyg'otadigan nuqtasidan to'pni o'tkaza oldi.

36. Akening nafaqat sochlari, balki oyoqlari ham uzun ekanligini raqib hujumi chog'ida guvohiga aylandik.

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! De Bryuyne! O'ng qanotdan oldinag borgan belgiyalik yarim himoyachi to'psiz fint qilib, raqibni chalg'itdi hamda Modrich ko'p qo'llaydigan oyoqning tashqi tarafi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.


30. Xoland bosh bilan o'ynash mahoratini o'z jarima maydonida sinab oldi, undan yaxshi himoyachi ham chiqarkan.

28. Rodri raqib darvozasining ortida turgan fanatlariga to'p "sovg'a qildi".

26. Kanselu sherigi oshirgan pasni ko'kragi bilan to'xtatdimi, orqa elkasi bilanmi, oldindan kelayotgan to'p uning ortidan o'tib, maydon tashqarisiga yo'l oldi.

Futbolchilarning qaqrab ketgan tomoqlarini ho'llab olishi uchun tanaffus berildi qisqa muddat.

22. Ederson uyqusiragan ko'zlarini ishqalab, endi harakatga kelmoqchi bo'lgan vaqtda raqib futbolchisi aynan u turgan nuqtaga zarba bera qoladi.

20. Xoland raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib olib, gol urishni hisob-kitob qilaman degunicha raqib posboni to'pni "ilib ketdi".

19. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Gyundogan Xoland bilan raqibning uch himoyachisini dog'da qoldirdi va germaniyalik yarim himoyachisi hisobni ochdi.



18. "Bornmut" futbolchisi Gvardiola poyiga yiqildi. Ispan mutaxassisi esa uni kechirdi.

17. Nihoyat mehmonlar xujumga o'tishga harakat qilib ko'rishgandi, biroq "Bornmut" futbolchisi sherigida Xolandning tezligi bor deb o'yladi shekilli, oyoq etmas masofaga pas berdi.

13. Mehmonlar to'lalagicha "MANAuto" hosil qilishgan, ammo bu ham bazi vaziyatlarda samara bermayapti.

9. ZARBA! "Man Siti"ning birato'la uch futbolchisi Trevers bilan ro'baro' keldi, biroq mehmonlar posboni "Siti" darvozabonidan mahorati kam emasligini isbotlayapti, Fodenning sherigiga pas bermagani uchun Gvardiolaning to'kilmagan soch tolalari to'kilgan bo'lsa, ajabmas.

6. Ake Okey deydigan zarba yo'llagandi, biroq raqib himoyachisi ham ushbu inglizcha so'zga loyiq harakat qildi.

6. ZARBA! Mahrezning to'ridan-to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasini Trevers bartaraf etishiga bitta qo'li etarli bo'ldi.

5.  Steysi Mahrezni qochib ketishiga yo'l qo'ymadi va hakam tomonidan "esdalik sovg'asi" bilan taqdirlandi.

4. "Bornmut" jarima maydoniga uzatilgan to'pni mehmonlar himoyachisi qanot chiqarganday havoga ko'tarilib, qaytardi.

2. Dastlabki xavfli zarba Ake tomonidan yo'llandi. Sochlari bo'ynidan oshib tushadigan yigitcha burchakdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ya olmadi.

1. Uchrashuvni "Bornmut" futbolchilari boshlab berishdi, ammo aksa uraman degunimcha to'pni yo'qotishdi.

Mezbonlar ko'k, mehmonlar qizil rangli libosda harakat qilishadi.

"Bornmut" 5-4-1 sxemada harakat qiladi bugun. Xo'sh, ularning mudofaa qo'rg'oni qay darajada bardoshli ekanini guvohi bo'lamiz.

"Etihad"ni ko'k tuman qoplab oldi, atmosfera ko'k choyib ichib, yostiqqa yonboshlab rohatlanadigan darajada ajoyib!

Assalomu alaykum, bir taraflama futbol ko'rishga ishtiyoqmand muxlislar! Bir taraflama deganim, bugun "Manchester Siti" ishtirokida "Etihad"dagi bahs boshlanish arafasida turibdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика