APL. 2019 yilning so'ngi o'yinida ikkita gol urildi
30 dek 2019 00:50
Yangiliklar


APL. 2019 yilning so'ngi o'yinida ikkita gol urildi
O'yinda Pep Gvardiola shogirdlarining qo'li baland keldi. "SHaharliklar" safida gollarga Serxio Aguero va Kevin de Bryuyne mualliflik qildi. SHu tariqa "Manchester Siti" hisobidagi ochkolar sonini 41 taga etkazib oldi. Mavsum avvlidagi fikrlar, taxminlar o'zini oqlamadi. Gvardiola yana Klopp jamoasiga raqobat qilishi kutilgandi. Ammo jamoalar yangi yilga musobaqa jadvalidagi 14 ochkolik tafovvut bilan o'tishadi.
20-turdan keyin musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Manchester City Sergio Aguero - 52', Kevin De Bruyne - 82' |
Premier League . 20-tur 29/12/2019, 23:00 0
:
2
Tugadi
|
Sheffield United |
Stadion: Etihad Stadium, 54512 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Kavanagh
Manchester Siti – SHeffild Yunayted 2:0
29 dekabr, 23.00, «Etixad Stedium»
Gollar:
1:0 – 52 Aguero, 2:0 – 82 de Bryuyne.
Manchester Siti – Bravo, Zinchenko, Erik Garsiya, Uoker, Fernandino, Bernardu Silva (Gyundogan, 62), de Bryuyne, Sterling (Gabriel Jezus, 88), Rodri Ernandes, Marez, Aguero (Foden, 81).
SHeffild Yunayted – Xenderson, Stivens, O`Konnell, Bashem, Boldok, Beshich (Makberni, 75), Flek, Robinson (Makgoldrik, 59), Norvud, Igan, Musse (SHarp, 83).
Ogohlantirishlar:
Bernardu Silva (59), Stivens (85).
.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar