So’nggi yangiliklar

13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  1 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  1 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  3 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  22 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  5 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  8 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  29 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0 07:19Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади  1

APL. "Liverpul" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" irodali g'alabaga erishdi

Angliya chempionati 6-turidan o'rin olgan "Liverpul" – "SHeffild Yunayted" bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Liverpul – SHeffild Yunayted 2:1 

«Enfild»

Gollar: Firmino 41', Jota 64' – penalti Berge 13'

Liverpul – Alisson, Arnold, Robertson, Gomes, Fabino, Mane, Veynaldum, Diogu Jota (Milner, 83), Xenderson, Salox, Firmino (Minamino, 83).

SHeffild Yunayted – Remsdeyl, Boldok, Igan, Ampadu, Stivens, Landstrem (Makgoldrik, 76), Berge, Osborn, Bashem, Makberni, Bryuster (Byork, 54).

Ogohlantirish: Landstrem (3), Stivens (66), Berge (86). 



O'yin yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Zarbaaa!  Byorkning zarbasi noaniq ketdi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

87. Zarba!  Manening zarbasi aniq chiqmadi. 

86. Veynaldumni yiqitgan Berge sariq kartochka oldi. 

84. Hakam Bashem Gomesga nisbatan qoidani buzdi deb topdi. 

83. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: Jota o'rniga Milner, Firmino o'rniga Minamino tushdi. 

81. Uuuxx! Maloh birga-bir holatga chiqib bordi va zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegdi. 

79. "Qizillar" hujumga o'tishdi, Jota raqib jarima maydoni tarafda yiqilib tushdi. 

77. Zarbaaaa!  Hozirgina maydonga tushgan Makgoldrikning zarbasi ozgina noaniq chiqdi. 

76. "SHeffild YU"da o'zgarish: Landstrem o'rniga Makgoldrik tushirildi. 

75. Bergening zarbasi "blokbandi". "SHeffild" ikkinchi marta hujum uyushtiradi. 

74. Mehmonlar safida Makgoldrik maydonga tushishga shaylanyapti.

73. "Liverpul" o'yin tempini pasaytirishga urinmoqda. Jamoani oldinda CHL doirasidagi "Midtyulland"ga qarshi bahs kutmoqda.

70. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 67% - 33% 

68. Fabinoning uzatmasi Bashem tomonidan qaytarib yuborildi. 

65. Daraja - bu daraja. "Liverpul" tinmasdan hujumga o'tdi va baribir maqsadiga etdi. 

64. GOOOOOOOOOOOOOOLL! Jota!  2:1!  Manedan uzatma, Jotadan bosh bilan urilgan gol! 

63. Gol VARda tekshirildi va ofsayd tufayli bekor qilindi. 


62. GOOOOOOOOOOLL! Saloh hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi! 

61. Zarbaaa! Byork ichkariga kirib borib,  zarba berdi, to'p Gomes va uning o'ziga tegib, maydonni tark etdi. 

59. Uuuxx! Alisson "qovun tushirishi"ga oz qoldi. Darvozabon Byorkning jiddiy taqibiga uchradi, ammo to'pni oldirib qo'ymadi.

56. Xendersonning Mane tomon pasi sal kuchliroq chiqdi, senegallik futbolchi to'pga etib borib, Robertsonga pas berdi, shotlandiyalikning zarbasi to'g'ri borib Iganga tegdi.

54. "SHeffild YU"da o'zgarish: Bryuster o'rniga Byork maydonga tushdi. 

53. Zarbaaa! Salohning o'z uslubidagi ajoyib zarbasiga aniqlik etishmadi. 

52. "Liverpul"ning kombinacion o'yini va Slohning harakatlari jamoaga burchak to'pini olib keldi. 

49. Manening yaxshi o'ylangan pasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi. 

48. Zarbaaa!  Boldokning kuchli zarbasi manzilga aniq bormadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+1. Robertsonning uzatmasini raqib himoyachilari qaytarishga erishdilar. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

44. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 67% - 33% 

42. Saloh ikkinchi golni urishiga bir bahya qoldi, ammo u ofsaydda ekan, vaziyat ham "o'xshamadi".

41. GOOOOOOOOOOOLL!  Firmino bosh bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

38. Boldok qulay poziciyadan zarba yo'llashi mumkin edi, ammo Bergega pas berdi, u esa ortiqcha harakatlari orqali to'pni yo'qotdi.

36. Fabino imkon bo'lishi bilan oldinga bormoqda, kurashlarda g'olib chiqyapti, ammo to'p oshirishda xatolikka yo'l qo'ymoqda. 

35. Saloh havodan kelgan to'pni o'ziga bo'ysundira oldi, biroq Igan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi.

32. Xendersonning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

29. "Liverpul"ning o'ylagan rejalari hozircha amalga oshmayapti, paslarda ham noaniqliklar ko'p. 

27. Boldok va Veynaldum o'rtasida kichik to'qnashuv yuzaga keldi, Klopp o'z shogirdini o'z vaqtida to'xtatib, janjalning oldini oldi. 

26. Maydon egalari to'pga egalik qilmoqdalar. 

24. Zarba!  Osbornning kuchli zarbasini Alisson ishonch bilan qaytardi. Tasanno! 

22. Berge zarba yo'lladi, ammo uning zarbasi "bloklandi", burchak to'pi.

21. Uuuxx! Makberni qulay vaziyatdan oqilona foydalana bilmadi. Ampaduning uzatmasi qulay tarzda unga etib borgandi.  

18. Zarbaaa!  Veynaldumning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

15. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 65% - 35% 

Ushbu o'yindan tashqari siz ayni paytda UFC 254 turniri tafsilotlari bilan ham ONLAYN RAVISHDA tanishib borishingiz mumkin. Kechaning markaziy jangida Xabib - Getji to'qnashuvi bo'ladi.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Berge penaltidan unumli foydalandi – 0:1! 

12. Fabino Makbernini yiqitgan vaziyat VARda tekshirildi. Penalti! 

10. Fabino Makberniga nisbatan qoidani buzdi, mehmonlar qulay va yaqin nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradigan bo'ldi.  

8. Bashem Maneni yiqitishga majyuur bo'ldi. 

7. Saloh tezlik bilan raqib jarima maydoni tomon yugurib bordi, ammo u erda uni Stivens kutib olib, vaziyatni bartaraf qildi.

6. Mehmonlar burchak to'piga ega bo'lishdi, Makberni tomon kelayotgan to'pni Alisson ilib oldi.

5. "SHeffild" o'yinni ancha sust boshladi, bu jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin. 

3. Landstrem 3-daqiqadayoq sariq kartochka ishlab oldi. 

3. Uuuxx! Arnoldning olis masofadan yo'llagan zarbasini Remsdeyl qiyinchilik bilan qaytardi. 

2. "Qizillar"da dastlabki hujum. Manening ichkariga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Diqqat! Futbolga qaytamiz. Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalar chigil yozdi mashg'ulotlarini olib borayotgan bir paytda hamyurtimiz Liliya SHakirova UFC 254'da Louren Myorfiga qarshi o'z jangini o'tkazmoqda. Omad tilaymiz!  

U bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi

Mehmonlar shu erda

Robertson bugun "Liverpul" uchun o'zining Premer-ligadagi 100-o'yinini o'tkazadi!

Muhtasham "Enfild" o'yinni qabul qilishga tayyor! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun APL 6-turidan o'rin olgan "Liverpul" – "SHeffild Yunayted" to'qnashuvi guvohiga aylanamiz. Ushbu uchrshuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.   

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика