APL. "Liverpul" eng yaqin taqibchisidan 10 ochko ilgarilab ketdi
14 dek 2019 22:52
Yangiliklar
APL. "Liverpul" eng yaqin taqibchisidan 10 ochko ilgarilab ketdi
Bugun musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan jamoalar o'z uchrashuvlarini o'tkazib ulgurishdi. Dastlab, "Liverpul" o'z maydonida musobaqa autsayderiga aylanib borayotgan "Uotford" klubini qabul qildi. Uchrashuv taqdirini Muhammad Saloh tomonidan kiritilgan 2 gol hal etdi. Ushbu g'alabadan keyin Yurgen Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 49 taga etdi.
Liverpul – Uotford 2:0
14 dekabr, 17.30, «Enfild»
Gollar:
1:0 – 38 Salax, 2:0 – 90 Salax.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Xenderson, Milner, SHakiri (Oksleyd-CHemberlen, 70), Veynaldum (Robertson, 59), Mane, Salax, Firmino (Origi, 88).
Uotford – Foster, Femeniya, Ketkart, Mariappa, Kabasele, Kapu, Dukure (Kina, 87), Xyuz, Sarr, Dini (Grey, 75), Deulofeu.
Ogohlantirishlar:
Xyuz (24), Xenderson (43), Milner (57).

APL musobaqa jadvalida peshqadam "Liverpul"ni taqib etib kelayotgan "Lester" esa o'z maydonida "Norvich" klubini qabul qildi. "King Pauer" o'yingohida o'tkazilgan mazkur uchrashuv durang bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuvdan keyin Brendon Rojers shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 39 taga etdi va 17-turdan keyin "Liverpul" bilan orada 10 ochkolik farq yuzaga keldi.
Lester – Norvich 1:1
14 dekabr, 20.00, «King Pauer»
Gollar:
0:1 – 26 Pukki, 1:1 – 38, avtogol Krul.
Lester – SHmeyxel, Evans, Rikardu Pereyra, CHiluell, Seyundjyu, Prat (Barns, 46), Meddison, Tilemans, Ndidi, Ixeanacho (Grey, 39), Vardi.
Norvich – Krul, Godfri, Cimmermann, Aarons, Bayrem, Tribull (SHtipermann, 86), Kentuell (Ernandes, 85), Tetti, Maklin, Buendia (Vranchich, 90), Pukki.
Ogohlantirishlar:
Kentuell (33), Tribull (52), Buendia (60), Tetti (78), Krul (90).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar