So’nggi yangiliklar

02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  0 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  120 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  1 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  20 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  18 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  12 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  48 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7

APL. "Liverpul" ishonchli tarzda "CHelsi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" ishonchli tarzda "CHelsi"ni mag'lub etdi

Teglar :  Liverpul CHelsi
APLning 34-turi doirasidagi "Liverpul" - "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

"Liverpul" - "CHelsi" 2:0

Gol: Mane (51, 1:0), Saloh (53, 2:0).

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Fabino, Xenderson (Milner, 77), Keyta (Viynaldum, 66), Mane, Firmino, Salax (SHakiri, 89).

"CHelsi" – Arrisabalaga, Emerson, David Luiz, Aspilikueta, Ryudiger (Kristensen, 40), Azar, Loftus-CHik (Barkli, 76), Villian, Jorjino, Xadson-Odoi (Iguain, 56), Kante.

Ogohlantirish: Aspilikueta (44).

Liverpool

Sadio Mane - 51', Mohamed Salah - 53'

Premier League . 34-tur

14/04/2019, 21:30

0
:
2
Tugadi

Chelsea

Stadion: Anfield, 53279 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
51'  Sadio Mane
51'  Jordan Henderson
53'  Mohamed Salah
53'  Virgil van Dijk
66'  Naby Keita (Georginio Wijnaldum)
77'  Jordan Henderson (James Milner)
90'  Mohamed Salah (Xherdan Shaqiri)
40'  Antonio Ruediger (Andreas Christensen)
44'  Cesar Azpilicueta
56'  Callum Hudson-Odoi (Gonzalo Higuain)
75'  Ruben Loftus-Cheek (Ross Barkley)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Liverpul" g'alaba qozondi va chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.

89. Saloh o'rniga SHakiri maydonga tushdi.

88. Manening zarbasini darvozabon qaytardi. Xavfli zarba edi bu.

84. Robertson hozir oddiy holatda yiqilib tushdi (Jerard kabi). Biroq Azar bundan foydalana olmadi.

77. O'zgarish. Xenderson o'rniga Milner.

76. O'zgarish. Loftus-CHik o'rniga Barkli.

74. "Liverpul" hujumga o'tdi. Biroq Xendersonning to'p uzatishini jamoadoshlari qabul qila olmadi.

72. Arnoldning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

66. "Liverpul"da o'zgarish. Keyta o'z o'rnini Viynaldumga bo'shatib berdi.

60. "CHelsi" ochildi. Azar esa yana bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Uning yaqin masofadan bergan zarbasini Alisson qaytardi.

59. Omadsizlik bir kelsa, shunday bo'ladi. Azar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To'p Alissondan o'tib ketdi. Ammo to'sindan emas...

56. O'zgarish. Xadson-Odoi o'rniga Iguain.

53. VAAAAYYYYY!!! SALOHDAN SUPER-MUPER-GIPER-MEGA GOL!!! Bu golni biz tariflab bera olmaymiz.


51. GOOOOOOOOOLLLL!!!! Qanotdan uzatilgan to'pni Mane boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi, 1:0.

49. Keytaning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

48. Birinchi bo'limda tezkor gol ura olmagan "Liverpul" endi shu ishni yaqin daqiqalarda uddalashga harakat qilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Kepadan ajoyib seyv!!! Jarimadan uzatilgan to'pga Firmino zarba berdi. To'pni Kepa oyoqlari bilan qaytardi.

44. Maneni yiqitgani uchun Aspilikueta ogohlantirildi.

41. O'yindagi temp shunchaki daxshat. Futbolmas bu tennis. To'p gir aylanib "CHelsi" yarim maydonida, gir aylanib, "Liverpul" yarim maydonida paydo bo'lmoqda.

40. O'zgarish. Ryudiger o'rniga Kristensen.

38. ZARBAAAAA!!! Mane qanotdan Salohning uzatgan ajoyib pasini golga aylantira olmadi. Salkam gol edi-ya bu.

37. Azar bir o'zi "Liverpul"ning uch himoyachisidan o'tib, zarba bermoqchi bo'ldi. Avvaliga u sheriklari kelishini kutdi. Biroq keyinchalik Fabino to'pni egallab oldi.

33. Saloh Ryudigerni ikki-uch marta aldab o'tdi va to'pni markazga oshirdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi.

30. ZARBAAAAAAAAA!!!! Villian raqib xatosidan keyin to'pni egallab oldi va Van Deykni chetlab o'tib zarba berdi. Noaniq.

26. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Xendersonning tepgan to'pi himoyachiga tegib, rikoshet hosil qilgan holda maydonni tark etdi. Dunyo bir zumga to'xtab qolgandek bo'ldi, go'yo. Stadion bir soniya sukutga cho'mdi.

25. Markazda Keytadan "brak". Bugun unda bundan birozgina ko'payib ketdi. Agarda ikkinchi bo'limda uni ko'rmasak, ajablanmang.

20. Azar bir futbolchini bir necha marta aldab, Alisson darvozasi tomon zarba berdi. Zarba xavfli emas.

19. Keytaning qanotdan uzatgan g'alati pasini Kepa ushlab oldi. Aslida shuncha hujumlarni hisobga olsak, uchrashuvda hisob ochilmagani ajablanarli.

17. "Liverpul"ning hujumlari to'xtamayapti. Biroq zarbagacha ish etib bormayapti.

13. "Liverpul" hujumga o'tdi. Salohning to'p uzatishi Manega atalgandi. Ammo Kepa vaziyatni to'g'ri o'qidi va to'pni ushlab oldi.

11. Janjalcha. Fabino markazda Azarni qo'pollik bilan yiqitdi. Bosh hakam buning uchun kartochka ko'rsatmaganiga Aspilikuetaning jaxli chiqmoqda.

7. Mersisaydliklar daxshatli bosim uyushtirishmoqda. "CHelsi" hozircha bunga dosh bermoqda.

6. Uchrashuvdagi ilk xavfli zarba. Qanotdan uzatilgan to'pga Saloh zarba berdi. Biroq to'p Kepaning qo'llariga borib tushdi.

2. Kutilgan scenariy. "Liverpul" ilk daqiqadanoq tezkor gol urishga harakat qilmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI- Buni eshiting do'stlar. "Enfild" kuylamoqda. SHu joyini sevaman o'ziyam. Buni eshitib, futbolga, Angliyadagi muxlislik madaniyatiga mexrim yanada jo'shib ketadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. "Enfild" har doimgidek to'lib toshgan. Bugun daxshatli futbol ko'rishimiz aniq.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика