So’nggi yangiliklar

15:30Ўзбекистон Кубоги. Сирдарё ФА – "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  0 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  0 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  8 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  4 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  4 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  10 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  5 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  9 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  16

APL. "Liverpul" - "Arsenal" va boshqa o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Liverpul" - "Arsenal" va boshqa o'yinlar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionati 3-turiga taalluqli muhim malumotlar bilan bo'lishamiz.

Premer-liganing aksariyat klublari uchun chempionatning uchinchi turi boshlanadi. Ikkinchi o'yinni o'tkazadigan jamoalar – "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Byornli" va "Aston Villa".

Joriy mavsumning ikkinchi turi tarixga kirdi – unda 20 ta jamoa ishtirok etgan mavsumlar tarixidagi eng ko'p gol urildi (44 ta gol). Faqatgina "Nyukasl", "CHelsi" va "SHeffild Yunayted" bundan mustasno. Bir tomondan g'olib jamoalarning murabbiylari bunday ko'rsatkichdan mamnun bo'lsa, boshqa tomondan ular o'tkazib yuborilgan gollar sonidan xavotirda. "Everton" va "Tottenxem" raqiblari darvozasiga beshta to'p kiritishdi, ammo ikkita to'pni o'z darvozalaridan olib chiqdilar.

Uchinchi tur qanday o'tadi? Bazi klublar yutuqli harakatni davom ettirishga intilishadi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklari uchun o'zlarini tiklashga intilishadi. Keling, oldinda bizni nima kutayotganini aniqlashga harakat qilamiz. 

Turning asosiy intrigalari

"Manchester Yunayted"dan ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni kutishimiz kerakmi?

Taqvim "Manchester Yunayted" uchun "kutilmagan" raqib tayyorladi. "Kristal Pelas" o'tib bo'lmaydigan to'siqqa o'xshamaydi, biroq Sulsher jamoasi "qoqilib ketdi". CHempionatning boshlanishi yana mankunianlarning himoya markazi bilan bog'liq muammolarga etiborni tortdi. Gari Nevillning ishonch bilan aytishicha, "Manchester Yunayted" markaziy himoyasini kuchaytirmasdan turib APLda g'olib chiqmaydi. Sulsher esa himoya chizig'ini kuchaytirishga hojat yo'qligiga ishonadi va jamoada munosib ijrochilar bor deb hisoblaydi. Bundan tashqari, norvegiyalikning so'zlariga ko'ra, MYUning ishlari yurishib ketishi uchun to'rt-beshta uchrashuv kerak bo'ladi. Bu vaqt ichida raqobatchilar qancha ball to'plashini taxmin qilish kifoya.

Kutilmagan etakchilar jangi

Klub Dukure, Xames Rodriges va Allan darajasidagi o'yinchilar bilan kuchaytirilsa, xohlasa ham, xohlamasa ham – umidlar bulutga qadar ko'tariladi, hatto undan ham yuqoriga. Bularning bari meva bera boshladi. "Everton"ning natijalari barchasini ko'rsatib turibdi. Liga va Kubokning to'rtta uchrashuvida Anchelotti jamoasi 14 ta gol urib, 4 ta o'tkazib yubordi. Xames va jamoa muntazam ravishda Richarlison va Kalvert-Lyuin kabi to'purarlarni qulay pas bilan taminlamoqda.

Endilikda g'alaba yo'lida "Everton"ga "Kristal Pelas" to'g'anoq bo'lishi kutilmoqda. Bu erda syurpriz – "burgutlar"ning chempionat boshidagi ikkita g'alabasi. Motivaciyani yo'qotib qo'ygan Xojson shogirdlari o'tgan mavsum so'ngida muntazam ravishda gol o'tkazib yuborishdi va raqiblarga shunchaki ochko tarqatishdi. Yangi mavsum boshidan boshlab "Pelas" butunlay boshqacha jamoa sifatida paydo bo'ldi. Jamoa o'zini "yig'ib olgan" va g'alabaga chanqoq.

"Vulverxempton" "Lester"ning "kopiya"simi?

APLda talabchan jamoalar etarli. "Lester" va "Vulverxempton" bunga yorqin misol bo'la oladi. Ikkala klub ham bir qadam oldinga intilib, hech bo'lmaganda mavsum oxirida kuchli to'rtlikka kirishga intilmoqda. Amaliyot ko'rsatib turibdiki, ushbu maqsadga erishish uchun jadvalning pastki qismidan o'rin olgan raqiblarni mag'lub qilishning o'zi etarli emas. To'g'ridan-to'g'ri raqobatchilar bilan o'yinlarda qanday natija ko'rsatish o'ta muhim.

SHuning uchun klassik top-6'ni engish istalgan klub uchun sinov hisoblanadi. So'nggi turda "Vulverxempton" bunday sinovda muvaffaqiyatsizlikka uchradi ("Man Siti"dan mag'lubiyat, 1:3). Endi Gvardiola jamoasi "Lester"ni sinovdan o'tkazadi. Malumot uchun, Rojers o'tgan mavsumda ikkala duelda hamkasbiga umumiy 1:4 hisobida yutqazgan.

"Brayton" – "Manchester Yunayted" (26.09 16:30)

"Brayton" ikkinchi turda "Nyukasl"ga hech qanday imkoniyat bermadi va hafta o'rtalarida Liga Kubogida g'alaba qozonib, o'z o'yinlari bo'yicha yaxshi taassurotlarni mustahkamladi. O'z o'rnida birinchi turda "CHelsi"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatni ham unutmaslik lozim.

Potter jamoasining qaysi turnirda o'ynashi, uchrashuv darajasi qanday ekanligidan qati nazar uyda negadir "ishlar yurishmaydi". APL, Kubok va o'rtoqlik o'yinlaridan iborat oxirgi 15 o'yinda bor-yo'g'i uch g'alaba, olti durang va shuncha mag'lubiyat qayd etilgan. Bu MYU uchun chempionatda dastlabki uch ochkoga ega bo'lish imkoniyati emasmi? Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" nafaqat APLning so'nggi to'rtta o'yinida g'alaba qozondi, balki ularda bitta ham gol o'tkazib yubormadi.

"Kristal Pelas" – "Everton" (26.09 19:00)

CHempionatning ikki etakchisi o'rtasidagi asosiy farq – "Everton" hafta o'rtalarida o'ynadi, "Kristal Pelas" esa yo'q. Anchelotti "Flitvud"ga qarshi bahsda zaxiradagi futbolchilarga to'liq ishonmadi, ularga asosiy futbolchilarni biriktirib qo'ydi. Buning uchun u ozgina xun ham to'ladi - Kalvert-Lyuin tanaffus vaqtida jarohati tufayli almashtirildi. Italiyalikning baxtiga hujumchi bilan hammasi joyida va u "Pelas"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

Xojson boshlang'ich tarkibni deyarli o'zgartirmaydi, shu bois bu Mishi Batshuayiga o'z fazilatlarini to'liq namoyish etishiga imkon bermayapti. Mavsum boshidagi "Kristal Pelas" hujumi ishonchli o'ynamoqda. Kexill, van Anxolt va Tomkins yo'qligiga qaramasdan mudofaa ham tartibli o'yin ko'rsatyapti.

"Vest Bromvich" – "CHelsi" (26.09 21:30)

"Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi bir hafta ichida Frenk Lempardning kayfiyati yaxshilangan bo'lishi kerak. Avvalo, bu Xavercning Kubok bahsidagi xet-trigi bilan bog'liq. Ikkinchidan, yangi darvozabon bilan shartnoma imzolanishi. Frenk Kepani matbuot oldida qanday himoya qilmasin, "samarali" xatolar davom etayotgandi. Mendi APLning uchinchi turida debyut qilish ehtimoli kam, ammo keyinchalik ispaniyalik darvozabonning asosiydagi o'rni katta so'roq ostida qolmoqda.

Tiago Silva hafta o'rtalarida debyutini o'tkazdi, ammo Ziesh va Pulishich hali ham o'yindan tashqari holatda. Lempard optimistik ruhda desa bo'laveradi, chunki vinger va xavbek allaqachon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu o'yinda Ben CHiluell ehtimol birinchi marta startda paydo bo'ladi. "Vest Bromvich" ikki turda sakkizta gol o'tkazib yubordi va so'nggi pog'onada mustahkam turibdi. Slaven Bilich asab tizimini zararlashda davom etyapti. "Everton"ga qarshi o'yinda xorvat Mayk Din bilan tortishgani uchun chetlatilgandi. Bundan tashqari, Kiran Gibbs qizil kartochka olgani bois "CHelsi"ga qarshi o'ynamaydi.

"Byornli" – "Sautgempton" (26.09 23:59)

"Byornli" "Lester" bilan o'yinda oxirigacha kurash olib bordi, faqat eng oxirida qo'llarini tashlab qo'ydi. Ularning 2:4 hisobidagi mag'lubiyatini "Sautgempton"ning "Tottenxem"ga qarshi (2:5) mag'lubiyati bilan taqqoslash mumkin emas. SHon Daych birdaniga ettita o'yinchiga umid bog'lay olmaydi, lekin u safdagi mavjud futbolchilardan ishonchli tarkibni yaratishga muvaffaq bo'lmoqda.

Hozircha "Sautgempton" haqida bunday deya olmaymiz. Dahshatli formadan tashqari, ichki statistika mehmonlarga qarshi gapiradi. Oxirgi marta "Byornli" yuqori divizionda va o'z uyida "Sautgempton"ga 49 yil oldin yutqazgan edi. "Sautgempton" sakkiz yil ichida birinchi marta mavsumni ketma-ket uchta mag'lubiyat bilan boshlashi mumkin. Bu haqiqatga yaqin.

"Tottenxem" – "Nyukasl" (27.09 18:00)

"Tottenxem" murakkab taqvimdan munosib chiqib ketmoqda. Londonliklar APL, Evropa Ligasi va Liga Kubogida bosqichma-bosqich g'alaba qozonishmoqda. Liga Kubogida "Leyton Orient" bilan to'qnash kelishi lozim edi, ammo texnik mag'lubiyat bilan "taqdirlandi". Bu Mourinyuga osonlik tug'dirmaydi, chunki oldinda birin-ketin uchrashuvlar bor.

Biz qanchalik xohlashimizdan qati nazar, Beyl va Regilon hali ham asosiy jamoadan yiroqda. Hozirda yangi kelganlardan tashqari, londonliklarda yo'qotish yo'q. "Nyukasl"da avvalgi jarohat olganlar qatoriga Sent-Maksimen qo'shildi. "Nyukasl" "Brayton"dan o'z uyida mag'lubiyatga uchraganidan keyin ko'tarinki ruhda boshlangan mavsumni "buzdi". "Tottenxem" so'nggi olti uchrashuvning beshtasida g'alaba qozonganligini hisobga olsak, mezbonlar hech qanday muammoga duch kelmasligi kerak. Bundan tashqari, Joze yaqinlashib kelayotgan qiyin taqvimda zaxira vakillariga Liga Kubogi o'yinida tayanishini takidladi. APLdagi uchrashuv esa muhimroq.

"Manchester Siti" – "Lester" (27.09 20:30)

"Manchester Siti" nooptimal formada ham kuchli "Vulverxempton"ni engishga muvaffaq bo'ldi. Gvardiola Liga Kubogida bir qator akademiya futbolchilariga to'liq ishondi. Biroq "Bornmut"ni yutish uchun baribir asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirishga to'g'ri keldi.

Gvardiola Aguero, Silva, Gyundogan, Kanselu, Zinchenko, Jezus va Laportga umid bog'lay olmaydi. Nazariy jihatdan, bu Rojers uchun enlillik berishi kerak.

Bundan tashqari, jamoada Evans diskvalifikaciyadan keyin qaytdi va Meddisonning sport formasi shakllanishda davom etmoqda. Ammo shu bilan birga, "Lester" jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'lgan Ndidini yo'qotdi va hozircha Underga ham umid bog'lay olmaydi.

"Lester" "Manchester Siti"ga qarshi safarda o'tkazgan so'nggi beshta o'yinining to'rttasida mag'lub bo'lgan. Mehmonlarning faxrlanishi mumkin bo'lgan yagona narsasi – bu safarda urilgan gol.

"Liverpul" – "Arsenal" (28.09 23:59)

Mikel Artetaning Yurgen Kloppga qarshi uchinchi uchrashuvini kutmoqdamiz. Oldingi ikkita duel, qanchalik g'alati tuyulmasin, ispaniyalik mutaxassis tarafida bo'ldi. Dastlab, "Arsenal" uning boshchiligida "Liverpul"ni chempionatda mag'lub etdi. Ha, "Liverpul" allaqachon chempion maqomini olgandi, ammo bu Artetaning murabbiylik qobiliyatini inkor etmaydi. Ikkinchi muvaffaqiyat – yangi mavsumni ochib bergan Angliya Superkubogi.

Biz oldinda dastlabki ikki turda maksimal ochko to'plagan ikki jamoaning uchrashuvini kutyapmiz. Bundan tashqari, ushbu g'alabalar biroz o'xshash. "Liverpul" "Lids"dan g'alabani tortib olgan bo'lsa, "Arsenal" "Vest Xem"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Garchi chempionlar "CHelsi"ga safar uyushtirishgan bo'lsa-da, londonliklar o'sha uchrashuvda katta qarshilik ko'rsata olishmadi.

"Arsenal" haqida ularning "Enfild"dagi statistikasi "gapirmoqda". Londonliklar so'nggi bor sakkiz yil oldin "Liverpul"ning uy stadionida g'alaba qozongan edi. Bu vaqt ichida ular beshta mag'lubiyat va ikkita durang bilan umumiy 9:24 hisobini qayd etishdi. Arteta bilan ikki uchrashuv, albatta, Kloppga o'ylash uchun juda ko'p "masalliq" berdi va endi avvalgi xatolarga yo'l qo'ymaslikka maksimal harakat qilinadi. Bu o'yinni shunchaki tomosha qilish va murabbiylarning ishlanmalari, futbolchilarning maydondagi mahoratidan bahra olish kerak.


SHuningdek, ushbu turda quyidagi bahslar o'tkaziladi:

27.09 16:00 "SHeffild Yunayted" – "Lids" 

27.09 23:00 "Vest Xem" – "Vulverxempton" 

28.09 21:45 "Fulxem" – "Aston Villa"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 


Eslatib o'tamiz, bugun Eplmanager.com'da yangi sovrinli liga start oladi 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика