So’nggi yangiliklar

09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  0 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  3 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  0 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  4 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  2 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  5 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  31 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  3

APL. "Arsenal" "Enfild"da yutqazib qo'ydi Yangiliklar

APL. "Arsenal" "Enfild"da yutqazib qo'ydi

Mazkur sahifa orqali Angliya chempionati 3-turi doirasidagi "Liverpul" – "Arsenal" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib borishingiz mumkin.

Liverpul – Arsenal 3:1 

29 sentyabr, 00.00, «Enfild»

Gollar:

0:1 – 25 Lyakazett, 1:1 – 28 Mane, 2:1 – 34 Robertson, 3:1 – 88 Diogu Jota.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Robertson, Gomes, Fabino, Keyta (Milner, 79), Mane (Diogu Jota, 80), Veynaldum, Salax, Firmino (Minamino, 90).

Arsenal – Leno, Belerin, David Luiz, Tirni, Meytlend-Naylz, Djaka (Sebalos, 60), El-Nenni, Villian (Pepe, 68), Xolding, Obameyang, Lyakazett (Nketia, 73).

Ogohlantirishlar:

Mane (3), Aleksander-Arnold (49), Belerin (68), Sebalos (72).

Liverpool

Sadio Mane - 28', Andrew Robertson - 34', Diogo Jota - 88'

Premier League . 3-tur

29/09/2020, 01:00

1
:
3
Tugadi

Arsenal

Alexandre Lacazette - 25'

Stadion: Anfield, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
3'  Sadio Mane
28'  Sadio Mane
34'  Andrew Robertson
34'  Trent Alexander-Arnold
49'  Trent Alexander-Arnold
79'  Naby Keita (James Milner)
80'  Sadio Mane (Diogo Jota)
88'  Diogo Jota
90'  Roberto Firmino (Takumi Minamino)
25'  Alexandre Lacazette
60'  Granit Xhaka (Daniel Ceballos)
68'  Hector Bellerin
68'  Willian (Nicolas Pepe)
72'  Daniel Ceballos
73'  Alexandre Lacazette (Edward Nketiah)

Turnir jadvali

Uchrashuv yakunlandi. "Liverpul" muxlislarini ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. "Arsenal" muxlislariga esa sabr tilashda davom etamiz.

90+3. Sebalosdan yana bir qoyilmaqom uzatma. Obameyang oldinga o'tdi va qulayroq vaziyatda turgan Nketiaga to'p uzatdi. Ammo Nketia... Obameyang jamoadoshining harakatidan norozi.

90+1. O'zgarish: Firminoning o'rniga o'yinni yaponiyalik Minamino davom ettiradi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Gol! Nihoyat, Diegu Jota ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Portugaliyalik forvard Luizning "uzatma"sidan keyin darvozani ishg'ol qildi - 3:1.

86. Firmino Jotani ajoyib vaziyatga chiqargan edi. Ammo vaziyatga Saloh ham qo'shildi va to'p mehmonlarga o'tib ketdi.

84. Jota darvozabon bilan birga-bir vaziyatda o'tkir burchakdan gol ura olmadi.

82. Diegu Jotaning zarbasi noaniq.

80. "Liverpul" tarkibida o'zgarishlar: Mane va Keyta o'rniga Jota hamda Milner o'yinga tushdi.

78. Londonlik futbolchilar o'yinda ilk bor to'pni burchakdan o'yinga kiritishadi.

"Liverpul"dan ajyoib hujum. Firminoning zarbasidan keyin to'pni burchakdan o'yinga kiritish imkoniyati paydo bo'ldi.

76. Sebalosdan yana bir ajoyib uzatma. Ammo Alisson Nketiadan chaqqonroq chiqdi va to'pni faytardi.

74. "Arsenal"da navbatdagi o'zgarish: Lyakazett o'rniga Nketia maydonga chiqdi.

72. Maneni qo'pollik bilan to'xtatgan Sebalosga sariq kartochka ko'rsatildi. "Liverpul"da qulay imkoniyat paydo bo'ldi.

70. Jarima maydoni ichida "Arsenal"ning 2 o'yinchisini aldagan Mane to'pni darvozaga tepdi, Leno o'z o'rnida.

O'zgarish: Villian o'rnida o'yinni Pepe davom ettiradi.

68. Maydon markazida Maneni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Belerin "sariq" ishlab oldi.

64. Firminoning uzatmasidan keyin Mane darvozani ishg'ol qilolmadi.

63. Ex! Lyakazett yana birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.  Hozirgina maydonga tushgan Sebalos franciyalik hujumchini ajoyib vaziyatga chiqargan edi.

62. Virjil van Deyk tomonidan uzoq masofadan berilgan xavfli zarbani Leno qiyinchilik bilan qaytardi.

60. O'zgarish: Granit Jaka o'rnida Dani Sebalos harakat qiladi.

59. Uxxxx! Aleksandr Lyakazett birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

58. Villian Fabino bilan to'qnashuvdan keyin maydonda yotibdi. "Liverpul"ning braziliyalik futbolchisi hamyurtining oyog'ini bosib oldi.

54. O'yin sokin ruhda davom etmoqda. To'p markazda aylanib yuribdi. TURNIR JADVALI

47. "Liverpul" qarshi hujum tashkil qildi. Mane zarba berishda adashdi.

46, Ikkinchi bo'limni mezbonlar boshlab berishdi.

O'yinning birinchi taymi yakunlandi - 2:1. Tanaffus!

45+1. To'p nazoratidagi ustunlik mezbonlarda: 70 % - 30 %. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Arsenal" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq, Meytlend-Naylz jarima maydoni ichida David Luiz amalga oshirgan uzatmani o'ziga bo'ysundira bilmadi.

38. "Liverpul"ning navbatdagi xavfli hujumini Villian bartaraf qildi.

34. Gooool! Robertson aybini tuzatdi. Arnoldning uzatmasidan keyin to'p jarima maydoni ichida bo'sh turgan Endryuga kelib tushdi. Xullasi, 2:1!

32. Leno Nabi Keyta tomonidan yo'llangan zarbani qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

27. Uxxx! Yana bir gol. Slohning zarbasini Leno bartaraf qildi, ammo to'p Manega kelib tushdi. Senegallik futbolchi bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritishda qiynalmadi - 1:1.

25. Gooool! "Arsenal" qarshi hujumdan unumli foydalandi. Meytlend-Naylz to'pni jarima maydoniga uzatdi. Endryu Robertsonning xatosidan keyin to'p Lyakazettga kelib tushdi. Francuz esa darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

24. Yana bir zarba. Keyta etkazib bergan to'pni Veynaldum Leno turgan nuqtaga yo'lladi.

21. Xavli vaziyat! Robertson to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Luiz to'pni qaytarib yubordi. Ikkinchi tempda Aleksander-Arnold zarba yo'lladi. Angliya terma jamoasi himoyachisi tepgan to'p Beleringa rikoshet hosil qilib, darvoza to'siniga tegib qaytdi.

19. To'p nazorati Mersisayd klubi tomonga o'tib ketdi.

15. Xavfli vaziyat! Trent jarima maydoni ichiga to'p uzatdi. U erda himoyachilar tomonidan bo'sh qoldirilgan Mane zarba berdi. Leno to'pni qiyinchilik bilan qatarib yubordi.

12. Aleksander-Arnold jarima maydoni ichidaga van Deykka to'p uzatdi. Niderlandiyalik himoyachi Firminoga boshi bilan pas berdi. Mazkur epizodda David Luiz yaxshi o'ynadi, urchak zarbasi.

11. "Liverpul"da standart. CHap qanotdan oldinga o'tgan Robertson korner ishladi.

9. Bahs sokin ruhda davom etmoqda. Hamon darvozalar tomon berilgan zarba ko'rganimiz yo'q.

3. O'yinda birinchi bo'lib Sado Mane ogohlantirildi. Senegallik futbolchi mehmonlar himoyachisi Tirnining yuziga urib yuborgan edi.

1. Uchrashuv boshlandi! To'pni o'yinga "Arsenal" o'yinchilari kiritib berishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz fursat qoldi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика