APL klubi Patrik Kutronedan so'ng yana bir "Milan" futbolchisini xarid qilmoqchi
21 okt 2019 15:31
Yangiliklar


APL klubi Patrik Kutronedan so'ng yana bir "Milan" futbolchisini xarid qilmoqchi
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse qishda "Vulverxempton"ga o'tishi mumkin.
22 yoshli ivuarlik futbolchi yozda ingliz klubiga o'tishi mumkin edi, ammo klublar kutilmaganda muzokaralarni to'xtatib qo'yishgan edi.
Kesse joriy mavsum A Seriyada 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Frank "Stella d'Ajame" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini shu erda boshlagan. Futbolchi "Milan"ga qadar "Atalanta" va "CHezena" jamoalarida o'ynagan. U 2014 yilda beri Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Milan" sobiq o'yinchisi Patrik Kutrone yozda "Vulverxempton" azosiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar