So’nggi yangiliklar

13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  0 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  1 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  5 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  6 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  2 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1

APL klubi bosh murabbiyi: "VAR bekor qilinsa, juda xursand bo'laman" Yangiliklar

APL klubi bosh murabbiyi: "VAR bekor qilinsa, juda xursand bo'laman"

Angliyada VARga qarshilar paydo bo'lgani haqida xabar berilgandi.

"Vulverxempton" klubi VAR tizimini bekor qilin bo'yicha APL rahbariyatiga murojaat yo'llagandi. 6 iyun kuni APL rahbariyati, klublar va hakamlar qo'mitasi yig'ilish o'tkazadi va unda klublar bu tizimning kelajagi borasida ovoz berishadi.

Ushbu taklifni bergan "Vulverxempton" klubi bosh murabbiyi Gari O'Nil VARni bekor qilinishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

"Hammaga malumki, ko'pgina klublarning, shu jumladan o'zimning ham VARning bu mavsumdagi qarorlaridan xafsalamiz pir bo'ldi.

Biz buni klub egasi bilan muhokama qildik. U ham bizga nisbatan bo'lgan qarorlardan norozi. VAR yildan yilga rivojlanishi kerak, ammo bunday bo'lmayapti. Bu narsa bizni xayron qoldirmoqda.

VAR futbolga kirganda men bu tizimga katta umid bog'lagandim. Hozirgi holatda esa VAR bekor qilinsa, juda xursand bo'laman.

O'ylashimcha, hali ham bu tizimni yaxshilash uchun imkoniyatlar bor. Agar hammasi o'z holicha qolsa, VARni bekor qilish kerak deb o'ylayman. Agar videotakrorlar qolsa, bu tizimda tom manodagi o'zgarishlar bo'lishi kerak", -deydi Gari O'Nil.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика