APL hakamlari monitorlarni o'zlari kuzatishlari kerak bo'lmoqda
17 jan 2020 20:59
Yangiliklar


APL hakamlari monitorlarni o'zlari kuzatishlari kerak bo'lmoqda
APL hakamlari qizil kartochka borasidagi so'nggi qarorni chiqarish kerak bo'lsa, VAR tizimi uchun ajratilgan monitorni o'zlari ko'rishlari kerak bo'ladi.
Bu haqda "BBC" nashri xabar bermoqda. Ushbu mavsumda APLda bosh hakamlar atigi bir marta VAR tizimidagi monitordan foydalandi. Bu ham Angliya Kubogi doirasida "Kristal Pelas" - "Derbi" uchrashuvida qayd etildi. Maykl Oliver VAR tizimidan keyin Lyuka Milivoevichga ko'rsatgan sariq kartochkasini qizilga aylantirdi.
Endi aynan qizil kartochka borasidagi qarorni bosh hakamning o'zi VAR tizimiga murojaat qilgan holda qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar