So’nggi yangiliklar

02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  1 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  5 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0 23:38Иван Бошкович: “Сафарда кучли рақибни мағлуб этиш ёқимли, лекин майдон ҳолати ўйин сифатига таъсир кўрсатди”  3 23:20Сергей Лушчан: “Мухлислардан узр сўрайман. Финал олдидан бугун антифутбол ўйнадик”  6 23:11Амалдаги жаҳон чемпионлари Андижондан уйига равона қилинган учрашувнинг энг ҳиссиётли ГАЛЕРЕЯСИ  0 23:02Қозоғистон футзал термаси устози: "Португалия жарима майдончамиз томонда кўплаб ҳужумлар уюштиришини ва бунга сабр қилишимиз кераклигини билардик"  0 22:45АПЛ ярим автоматик оффсайд аниқлаш тизими борасида бир қарорга кела олмаяпти  0 22:13"Милан" ва Тео келиша олмаяпти  1 21:50Футзал бўйича ЖЧ. Қозоғистонликлар келди! Игита етакчилигидаги терма жамоа амалдаги ЖЧ ғолибининг кунини кўрсатди!  15 21:44Февзи Давлетов: “Қизил карточка ўйиннинг боришига таъсир кўрсатди”  4

APL. "Everton" – MYU, "Man Siti" – "Liverpul" va 8-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Everton" – MYU, "Man Siti" – "Liverpul" va 8-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Dahshatli to'qnashuvlarga boy turga oid muhim malumotlar bilan tanishing.

Ettinchi turning asosiy natijasi "Liverpul"ning yuqori pog'onaga qaytishi bo'ldi. Klopp jamoasining doimiy etakchiligi haqida gapirishga hali erta, chunki taqibchilar bilan farq katta emas. SHuningdek, "Manchester Siti" sekin-asta o'ziga kelayotgan bo'lsa, "Manchester Yunayted" yana ochko yo'qotdi, bu esa Ole Gunnar Sulsher atrofidagi bulutlarni yanada quyuqlashtirdi.

"Aston Villa" va "Everton" bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradi va mavsum boshidagi natijalar ajablanarli ekanligi haqida taassurot uyg'otishdi. Raqiblar ularning xatolaridan ustamonlik bilan foydalanib qolishdi. "Lester", "Sautgempton" va "Vulverxempton" ajoyib yurishni amalga oshirmoqdalar. "Tottenxem" uchinchi o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, "CHelsi" va "Arsenal" ham etakchilarni osonlikcha oldinga qo'yib yubormoqchi emas.

Qiziq, bizni 8-turdan keyin jamoalarning jadvaldagi holati bo'yicha qanday o'zgarishlar kutmoqda?

Turning asosiy intrigalari

Sulsherning "Yunayted" boshqaruvidagi so'nggi uchrashuvi?!

PSJ va "RB Leypcig" ustidan qozonilgan g'alabalar "Manchester Yunayted"ning mavsum boshidagi o'yinlarining o'ziga xos bo'lmagan "ko'rinishi"ni ko'rsatdi. Jamoa nohaq ravishda jadvalning pastki qismida turibdi, deb aytadigan hech kim yo'q. Sulsher har bir muvaffaqiyatsizlik uchun har qanday bahonani topishi mumkin. Bitta narsa o'zgarishsiz qolmoqda – deyarli bir yil davomida "qizil iblislar"ni boshqarayotgan norvegiyalik bir savolga tushunarli va konkret javob bermadi: "biz nima o'ynayapmiz, Ole?"

Keyinchalik o'zgarishlarni amalga oshirish zarurligi haqida gapiradigan "ovozlar" ko'rinish bera boshladi. Ayniqsa, "Istanbul"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin hammada katta umid paydo bo'ldi. "Manchester Yunayted" har to'rt yilda bir marta Turkiyada doim yutqazishi kimnidir xavotirga qo'yishi kerak.

Hozirda MYUning keyingi ustozi baland ovoz bilan talaffuz qilinyapti – bu Maurisio Pochettino. Argentinalik xaloskor sifatida ko'riladi, endilikda norvegiyalikka ishonadiganlar kam qoldi. "Everton"ga qarshi uchrashuvdagi yana bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin rahbariyatda ishonch qoladimi yoki yo'q, bu uikendning eng muhim savoli. Oldinda terma jamoalar uchun tanaffus bor. Demak, "mankunianlar" xo'jayinlari yangi murabbiy bilan muzokara o'tkazishga ulguradi. "Everton"ga qarshi o'yinni ko'rishga oshiqing, balki Ole Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted" boshqaruvidagi so'nggi o'yini bo'lib o'tishi mumkin.

"Everton" va "Aston Villa" g'oliblik ruhini qaytara oladimi?

"Everton" va "Aston Villa"da shiddat yo'qolgandek, go'yo. "Villa" allaqachon "Lester" bilan qiyin o'yin o'tkazgan edi, ammo keyinchalik Barklining zarbasi evaziga g'alaba ilib ketildi. "Lids" va "Sautgempton" bilan o'yinlargacha Martines darvozasiga atigi 2 ta to'p kiritilgan edi. Keyingi ikki uchrashuv davomida argentinalik futbolchi to'pni 7 marta o'z darvozasidan olib chiqdi. Din Smit hayratga tushdi – "Villa" futbolchilari o'z jarima maydonlari yonida qoidalarni buzganlaridan so'ng uchta gol "quchib olindi".

"Arsenal" "Aston Villa" uchun eng qo'rqinchli raqib emas. "Kanonirlar" Premer-liganing so'nggi 5 o'yinida faqat bir marta 1 ta goldan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lishdi. SHunday qilib, "Villa" oldingi ikki uchrashuvda yo'l qo'yilgan xatolarni hisobga olib, tayyorgarlik ko'rganmi yoki yo'qligini bilib olamiz.

Anchelotti "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin hatto yashirib o'tirmadi va zaxiradagilar asosiy tarkib futbolchilari yaqiniga ham yo'lolmasligini malum qildi. "Bizga bir qator muhim futbolchilar etishmayapti. Ular yo'q bo'lganda, siz boshqacha harakat qilishingiz kerak – sifatni yo'qotib, jipslashib o'ynash".

"Yarador hayvon" "Everton"ga tashrif buyuradi va bu erda vaziyat ikki xil – "Manchester Yunayted" futbolchilari Sulsherni "yo'qotishadi" yoki g'azab bilan chiqib, raqibni ularning maydonida dog'da qoldirishadi. Xullas, "Gudison Park"da bizni keskin qarama-qarshilik kutmoqda.

Mag'lubiyatga uchramagan jamoaning o'zi qolmadi

Bir tur oldin ushbu mavsumda yutqazmagan jamoa qolmagan edi. Bundan tashqari, "Fulxem" birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Qolganlarda nima gap?  "Byornli", "SHeffild Yunayted" va "Vest Bromvich" hali g'alaba qozonishmadi. Birinchi g'alabani qo'lga kiritish uchun ko'proq imkoniyat "Byornli"da bo'lishi kutilmoqda, chunki ular "Brayton" bilan o'ynaydi.

"Aston Villa", "Lester" va "Arsenal" hali durang o'ynashmagan. "Villa" "Arsenal" bilan to'qnash kelsa, "Lester" o'z maydonida "Vulverxempton"ni mehmon qiladi, balki gollar bilan!

"Vest Xem" qiyin "to'siqlar"dan munosib o'tdi

"Liverpul", "Man Siti", "Tottenxem", "Lester", "Vulverxempton" va "Arsenal" bilan bo'lgan qator uchrashuvlardan "Vest Xem"da faqat 2 ta mag'lubiyat va 8 ochko mavjud. Nafas olish vaqti kelgandir?!

Ammo bazida favoritlar bilan uchrashuvda barchani hayratga solgan autsayder keyinchalik o'rtamiyona va quyi o'rindagi jamoaga qarshi o'yinda ochko yo'qotadi. "Vest Xem"ning navbatdagi raqibi 4 ochko orqada borayotgan "Fulxem" bo'ladi.

"Vest Xem" uchun juda qiziqarli lahza: "bolg'achilar"da "Man Siti" va "Arsenal"ga yaqinlashib olish yoki o'tgan mavsumdagidek jadvalda "gap sotib yurish" imkoniyati bor. 

"Everton" – "Manchester Yunayted" (07.11 17:30)

Hozir ikki jamoa ham turlicha muammolar girdobida. Anchelotti etakchilarning qaytishini intiqlik bilan kutmoqda. Xames Rodriges jarohatidan tiklandi va Din diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi. Risharlison tayyor bo'lmagan bir paytda Andre Gomeshning ishtiroki shubha ostida turibdi.

"Manchester Yunayted"da himoyachi Lindelyof hafta davomida jarohatga yo'liqdi, uning ishtiroki nomalum. Bayi va Telles ham o'ynamaydi, ammo Marsyal qaytgan. Uning diskvalifikaciyasi yakunlandi.

Anchelotti olti yildan beri ketma-ket 2 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan. Va 2006 yildan buyon 3 ta yoki undan ko'p o'yinda yutqazmagan. "Manchester Yunayted" barcha qiyinchiliklariga qaramay, Premer-Liganing 6 ta safar o'yinida g'alaba qozona oldi. Ammo "Everton" 3 ta mehmon uchrashuvida raqibini mag'lub eta olmagan.

"CHelsi" – "SHeffild Yunayted" (07.11 22:30)

Xoh ishoning, xoh ishonmang, "CHelsi" o'z darvozasi daxlsizligini saqlashni o'rganib oldi. Londonliklar mana ketma-ket 5 ta uchrashuvdirki, o'z darvozalaridan gol o'tkazmayapti. "SHeffild Yunayted" so'nggi 4 o'yindan 3 tasida gol urgan bo'lsa-da, londonliklar bilan uchrashuvda xuddi shunday natijaga erishishiga ishonish qiyin.

Frenk Lempardning hujum chizig'i koronavirus tashxisi qo'yilgan Kay Xavercni yo'qotdi. Pulishichning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi, u zaxiradan maydonga tushishi mumkin. "SHeffild Yunayted" APLning so'nggi 10 ta o'yinidan 9 tasida mag'lubiyatga uchradi. "CHelsi" esa ketma-ket 5 ta o'yinda yutqazmadi.

"Lester" – "Vulverxempton" (08.11 19:00)

Payshanba oqshomida "Braga" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (4:0) "Lester"ning barcha musobaqalardagi g'alabali seriyasini 5 taga etkazdi. "Tulkilar" oxirgi haftada muhim o'yinchilari yo'qligiga qaramasdan hayratlanarli o'yin ko'rsatdilar va 6-g'alaba uchun bor kuchlarini sarf etishlari aniq.

"Bo'rilar" 4 o'yindan beri yutqazmayotgani va "Lester"dan bor-yo'g'i ikki ochko ortda qolayotganini inobatga olsak, bizni ajoyib bellashuv kutmoqda.

"Manchester Siti" – "Liverpul" (08.11 21:30)

Yuqori temp har kimning ruhini larzaga keltirishi mumkin. "Liverpul" aqlli transferi, yani Jotaning xaridi orqali ko'p narsaga erishmoqda. "Manchester Siti" mavsum davomida nafaqat yangi kelganlar bilan o'ynashni, balki nominal hujumchilarsiz to'p tepish sabog'ini chiqaryapti. Bularning barchasi jamoalarning o'yinga juda noodatiy holatda etib kelishlarga olib keldi.

So'nggi bir necha mavsumda biz "Liverpul" va "Manchester Siti" birinchi yoki ikkinchi o'rinlarni bo'lishishib turishlariga odatlanib qolganmiz. Yuzma-yuz uchrashuv deyarli butun mavsumdagi jang kabi namoyon bo'ladi. Ha, ushbu duel barcha savollarga javob berishga qodir bo'lgan voqea sifatida namoyish etiladi.

Hozir hamma narsa shunchalik chalkashki, buni qayd etilgan natijalar isbotlab beradi. "Liverpul" 7 turda 15 ta gol o'tkazib yuborgan. "Manchester Siti" zo'rg'a jadvalning o'rta pog'onasini egallab turibdi. SHu vaziyatda biror narsani taxmin qilish mushkul.


SHuningdek, ushbu turda quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi:

06.11 22:30 "Brayton " – "Byornli"  

07.11 01:00 "Sautgempton " – "Nyukasl" 

07.11 20:00 "Kristal Pelas" – "Lids"

08.11 01:00 "Vest Xem" – "Fulxem"

08.11 17:00 "Vest Bromvich" – "Tottenxem"

09.11 00:15 "Arsenal " – "Aston Villa" 



Olga Meshkova 

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Eplmanager.com. Yangi "FIFA 21 league" sovrinli ligasini kutib oling!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика