So’nggi yangiliklar

08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  1 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3

APL. Ronaldu gol urgan o'yinda MYU "Everton" maydonidan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi Yangiliklar

APL. Ronaldu gol urgan o'yinda MYU "Everton" maydonidan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi

Angliya chempionati 10-turidan o'rin olgan "Everton" – "Manchester Yunayted" bahsi tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

+Everton – Manchester Yunayted 1:2  

23.00, «Gudison Park»

Gol: Ivobi 5' – Antoni 15', Ronaldu 44' 

Everton – Pikford, Koulmen (Garner, 75), Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Guye (Kalvert-Lyuin, 75), Onana, Grey, Mope (Rondon, 84), Ivobi, Gordon (MakNil, 67).

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Lindelyof, Martines, SHou, Eriksen (Maktominey, 83), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Marsyal (Ronaldu, 29), Reshford, Antoni (Varan, 90+3).

Ogohlantirishlar: Onana (51), Gordon (63), Maktominey (85)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! "Manchester Yunayted" mehmonda qiyin g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. "Everton" keskin hujumlarni uyushtirib, ketma-ket zarba yo'llamoqda.   

90+3.  MYUda o'zgarish: Antoni o'rniga Varan maydonga tushirildi.  

90+1. Zarbaaa! Garnerning zarbasini de Xea qaytardi! Qanday seyv!

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Zarba! Onananing bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

89. MakNilning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin de Xea to'pni egallab olishga erishdi.

85. Maktominey Greyga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

84. "Everton"da o'zgarish: Mope o'rniga Rondon o'yinni davom ettiradi.  

83. MYUda mlashtirish: Eriksen o'rniga Maktominey maydonga tushdi.

82. Gol inobatga olinmadi. To'y yo'l-yo'lakay Reshfordning qo'liga tekkani malum bo'ldi.  

81. GOOOOOOOOOOL! Reshford darvozabonni aldab o'tgan holda darvozaga to'p kiritdi va hisobni oshirdi! 

80. Duayt MakNil to'g'ri qaror qabul qilib, to'pni ichkariga uzatdi, ammo buni texnik tarafdan yaxshi amalga oshira olmadi.

75. "Everton"da 2 ta o'zgarish: Koulmen o'rniga Garner, Guye o'rniga Kalvert-Lyuin tushirildi. 

74. Zarbaaa!  Ronalduning qulay pasidan so'ng Eriksen kuchli, ammo noaniq zarbani ijro qildi. 

72. Fernandeshning aylanma uzatmasi Ronalduga qadar etib bormadi, Pikford to'pni ushlab oldi.      

70. Idrissa Guyening uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

67. "Everton"da almashtirish: Gordon o'rniga MakNil maydonga tushdi. 

66. Reshford qanotdan oldinga o'tib, narigi qanotdagi Ronaldu tomon pas uzatdi, ammo himoyachi so'nggi soniyalarda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

64. Eriksenning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p to'g'ri Pikfordning qo'liga borib tushdi. 

63. Gordon Fernandeshga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

62. Ivobining uzatmasidan keyin Koulmen to'pni darvoza tomon yo'naltirishda qiyinchilikka duch keldi. 

58. Kazemironing uzatgan to'pini Ronaldu bosh bilan darvozaga to'g'rilay olmadi. 

55. Kazemiro Onanaga nisbatan qoidani buzdi. 

51. Onana maydon markazida Antoniga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

50. Krishtianu Ronaldu yomon o'ynamadi, biroq pasi kuchli ketib qolgani bois Brunu Fernandesh to'pni to'xtatishning uddasidan chiqa olmadi.

47. Eriksenning qanotdan oshirib bergan to'pi himoyachilar tomonidan qaytarildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:2. Tanaffus! 

45+1. Konor Koudiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. GOOOOOOOOOL! Ronaldudan super qaytish! Kazemironing pasidan keyin Ronaldu katta tezlikda oldinga bordi va chap oyoqdagi zarbasi bilan darvozabonni ojiz qoldirdi – 1:2! 

42. Zarbaaa! Reshfordning havolatib uzatgan pasidan so'ng Kazemiro bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.  

41. Zarba! Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan chap yoqda erlatib zarba yo'lladi, ammo uning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi. 

40. Jeyms Tarkovski havodagi kurashda Krishtianu Ronaldudan ustun keldi.

36. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 30% – 70%.

33. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Ronaldu markaziy hujumda o'ynayotgan bo'lsa, Reshford va Antoni qanotlarni almashtirib turishibdi.

30. Himoyachilar bir chiziqqa joylashib olishgani bois Brunu Fernandesh ofsaydda qolib ketdi.

29. "Manchester Yunayted"da o'zgarish: jarohatlangan Marsyal o'rniga Ronaldu maydonga tushdi. 

26. Greyning uzatmasiga De Xea ega chiqdi. 

22. Marsyal qulay vaziyatda to'pni qizg'ondi. Na o'zi foydalandi, na Antoniga imkoniyat yaratdi. 

20. Zarba!  Eriksenning chap oyoqda bergan zarbasini Pikford qaytardi. 

17. MYUning golidan so'ng kuchli yomg'irning shashti biroz pasaydi :)

15. GOOOOOOOOOL!  Marsyalning pasidan keyin Antoni darvozaning chap burchagini nishonga olib, muvozanatni tikladi – 1:1!  

10. Antonining uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi.

9. Zarbaaaa!  Dalotning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. 

5. GOOOOOOOL!  Kazemironing xatosidan so'ng Aleks Ivobi uzoq masofadan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! 

1. Bahs boshlandi! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun MYU APL 10-turi doirasida safarda "Everton" bilan bellashadi.  Mazkur uchrashuvni yaqin 2 soatda siz bilan birga kuzatib boramiz. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика