So’nggi yangiliklar

12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  3 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  7 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  10 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  13 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  17 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8

APL. "Everton" – "Man Siti", MYU – "Vulverxempton" va boshqa o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Everton" – "Man Siti", MYU – "Vulverxempton" va boshqa o'yinlar uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionati 16-turiga oid malumotlar bilan bo'lishamiz.

"Kristal Pelas" – "Lester" (28.12 20:00)

"Kristal Pelas"ning so'nggi natijalariga qarash biroz og'riqli. "Vest Bromvich" ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi g'alabadan so'ng ikkita durang va ikkita mag'lubiyat qayd etildi. Roy Xojson vahima qo'zg'amaydi, ayniqsa, jamoada jiddiy yo'qotishlar mavjud bo'lmagan bir paytda. Yoshi ulug' murabbiy o'yindan oldin bugungi tarkib "Aston Villa" bilan o'yindagi tarkibdan katta farq qilmasligini aytdi.

"Lester" so'nggi turda chempionatda birinchi marta durang o'ynadi. Endi turnir jadvalida faqat bitta "nol" mavjud – "SHeffild Yunayted" hali g'alaba qozona olmadi. "Tulkilar"ga qaytsak, shuni takidlash kerakki, navbatdagi o'yinda uzoq muddatli tanaffusdan keyin CHaglar Soyunju qaytishi kutilmoqda.

"Lester" "Kristal Pelas"ni mag'lub etishga qodir. "Burgutlar" uydagi oxirgi 11 o'yinning 6 tasida mag'lub bo'lishdi. "Tulkilar" ushbu mavsumdagi 7 o'yinning 6 tasida g'alaba qozonishdi. Qolaversa, ular turnir jadvalida o'zlaridan pastroq bo'lgan jamoalarga qarshi 8 uchrashuvdan 7 tasida g'alabani tantana qilishdi.

"CHelsi" – "Aston Villa" (28.12 22:30)

Turnir jadvalidagi ikkita qo'shni klub to'qnashuvi. "Aston Villa" yana chiroyli o'yin ko'rsata boshladi – so'nggi 4 uchrashuvda bitta ham gol o'tkazib yubormadi.

"CHelsi"da hammasi o'nglangandek tuyuldi, ammo "Arsenal"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyatsizlik yuz berdi. Bu mavsumda Frenk Lempard uchun birinchi marta savollar tug'ilayotgani yo'q. Bosh murabbiy rotaciyaga qo'l urishini yashirmadi – "Emireyts"dagi o'yindan farqli o'laroq, "Aston Villa" bilan 6-7 ta yangi ijrochi maydonga tushishi kutilmoqda. Kallum Xadson-Odoi va Hakim Ziesh ular orasida bo'lishi mumkin. "Aston Villa" o'yin oldidan markaziy himoya bo'yicha muammoga duch keldi. Tayron Mings "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgandi.

"CHelsi" "Aston Villa" bilan kechgan so'nggi o'yinlarda deyarli benuqson ko'rinishdagi statistikaga ega. 11 uchrashuvda 10 ta g'alaba – bu seriya ketma-ket 6 ta g'alabani o'z ichiga oladi. SHu bilan birga, "Villa" 13 uchrashuvda 25 ochko to'plagan, bu ularning 22 yil ichidagi eng yaxshi natijasidir.

"Everton" – "Manchester Siti" (29.12 01:00)

"Everton"ning ushbu mavsumda hozirgacha o'tkazgan uchrashuvlariga razm solsangiz, natijalar u qadar yorqin emasligini ko'rasiz. "Irislar" "Vest Bromvich" yoki "Brayton" kabi jamoalarni mag'lub etadi, biroq "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted" bilan o'yinlarda ochko yo'qotadi.

Va bu hech qanday uyatli emasga o'xshaydi, lekin agar siz Evrokuboklarga chiqishni maqsad qilib qo'ysangiz, unda top-jamoalar bilan o'yinda ham ochko ishlashga to'g'ri keladi.

Qarama-qarshi tomonda "Manchester Siti" "Tottenxem" bilan 0:2dan so'ng 10 uchrashuv davomida mag'lubiyat nimaligini unutdi.

Ammo shuni unutmaylikki, hozirgi "Everton" Anchelotti tomonidan yaratilgan. Bir yil oldin "irislar" 15-o'rinda edi. Taraqqiyot sezilarli darajada va italiyalikning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi hali yana o'sadi. Masalan, hech bo'lmaganda "Manchester Siti"dan ochko ola biladi.

"Brayton" – "Arsenal" (29.12 23:00)

"Kanonirlar" o'z uylarida "CHelsi"ni mag'lub etib, hali "sinmaganliklari"ni naymoish etishdi.

"Brayton" uchun to'plangan har bir ochko – alohida voqea. So'nggi turda ular "Vest Xem"ga qarshi bahsda durangni qo'lga kiritishdi.

Jamoalar turnir jadvalida yonma-yon turibdi, ammo "Arsenal" g'alaba evaziga to'rt ochko farq bilan oldinga o'tib oldi. "Brayton" o'zini erkin his qila olmaydi va xuddi kuzda bo'lgani kabi xato qilishga moyilroq.

Mezbonlarning asosiy yo'qotishi – hanuzgacha himoyachi Tarik Lempti. Arteta esa Luis va Villian o'yinni o'tkazib yuborishini elon qildi. "To'pchilar" tarkibida "Brayton"ga qaraganda rotaciya uchun juda ko'p nomzodlar mavjud. SHuningdek, Grem Potter jamoasining uydagi muvaffaqiyatsizliklari haqida ham unutmaylik.

"Manchester Yunayted" – "Vulverxempton" (30.12 01:00)

Ikkala jamoa ham o'tgan turda durang o'ynagan. ammo scenariyga ko'ra ular turlicha bo'lib chiqdi. "Manchester Yunayted" g'alabani boy berdi, "Vulverxempton" esa uni "Tottenxem"dan tortib oldi. "Bo'rilar" o'tgan mavsumdagidek ochko to'plashmayapti, biroq ular har doim etakchilarga to'sqinlik qilishga usta.

"Bo'rilar" "Manchester Yunayted"ga qarshi so'nggi 5 o'yindan faqat 1 tasida mag'lubiyaitga uchrashgan.

MYU o'z uyida natijalarni barqarorlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa ketma-ket 3 uchrashuvdan beri mag'lub bo'lgani yo'q. Oldingi natijalarni hisobga olgan holda buni yutuq deb hisoblash mumkin. Ishonamizki, ular o'zlarining muvaffaqiyatlarini mustahkamlay olishadi.

"Nyukasl" – "Liverpul" (31.12 01:00)

"Nyukasl" mavsumni tushunarsiz o'tkazmoqda – so'nggi 4 o'yinda faqat 1 ta g'alaba. "Liverpul" "Nyukasl"ni APLda ketma-ket 5 o'yindan beri mag'lub etib keladi. Mezbonlar safida Dubravka, Lassells, SHelvi, Freyzer, Sen-Maksimen maydonga tusha olmaydi.

"Mersisaydilar"da Gomes, Matip, van Deyk, Jota, Keyta va Milner yo'q, ammo bu ularning g'alabasiga to'siq bo'lmasa kerak, yana kim bilsin.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi bahslar o'tkaziladi:

29.12 23:00 "Byornli" – "SHeffild Yunayted"  

29.12 23:00 "Vest Bromvich" – "Lids"

29.12 23:00 "Sautgempton" – "Vest Xem"

30.12 23:00 "Tottenxem" – "Fulxem"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика