APL. "CHelsi"dan yirik g'alaba yoxud keyingi tur "aristokratlar" uchun chempionlik o'yiniga aylandi
09 may 2017 01:49
Yangiliklar
APL. "CHelsi"dan yirik g'alaba yoxud keyingi tur "aristokratlar" uchun chempionlik o'yiniga aylandi
"Stemford Brij"da kechgan o'yinda "CHelsi" raqibiga umuman imkon qoldirmadi va Gyuzan qo'riqlagan darvozani uch marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqdi.
Dastlab Diego Kosta Gyuzanni ranjitdi. Keyinchalik esa Aspilikuetaning to'p uzatmasidan so'ng Markos Alonso raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.
Tanaffusdan keyin Nemanya Matich tablodagi hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.
Antonio Konte boshchiligidagi "CHelsi" jamoasi chempionat yakuniga uch tur qolganida ikkinchi pog'onada borayotgan "Tottenxem"dan 7 ochkoga uzib ketdi va chempionlik masalasini keyingi turda hal etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Keyingi turda "CHelsi" "Vest Bromvich" jamoasiga safar qiladi. Agarda o'sha o'yinda "aristokratlar" g'alaba nashidasini surishsa yoki "Tottenxem" ochko yo'qotsa, unda "CHelsi" muddatidan avval chempionlik masalasini hal etadi.
CHelsi – Midlsbro 3:0
Stemford Bridj
Gollar: 1:0 – 23 Diego Kosta, 2:0 – 34 Alonso, 3:0 – 65 Matich.
CHelsi – Kurtua, David Luiz (Terri, 84), Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (CHaloba, 81), Fabregas, Azar (Villian, 72), Diego Kosta.
Midlsbro – Gyuzan, CHembers, Frend, Fabio, Gibson, Forshou (Lidbitter, 56), Kleyton, Traore (Bemford, 57), de Ron, Dauning, Negredo (Jested, 83).
Ogohlantirish: Fabio (60).
* Antonio Konte uchun APL muammoga aylanmadi...
Fikrlar