So’nggi yangiliklar

20:02Португалия. Пешқадам "Спортинг" кутилмаганда очко йўқотди, тўпурардан навбатдаги гол   0 19:50“Аякс” футболчиси “Спартак”га қайтишга яқин турибди  1 19:30Бундеслига. “Бавария” – “Фрайбург” баҳси бошланди (онлайн ҳисоб)  1 19:20Месси Испания Суперкубоги финалини асосий таркибда бошлайди  2 19:09АПЛ. “Тоттенхэм” аутсайдер меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 19:08Тошкентнинг "Локомотив" клуби футболкадаги реклама учун учта жойни тахминан 140 минг АҚШ долларига сотди  14 18:56Фергюсон Клоппга маслаҳат берди  12 18:49АГМК Тошматов, Йўлдошев ва Сулаймонов билан шартномани узайтирди  1 18:41Эшитдик-да! Санжар Шоаҳмедов Суперлига клубига ўтмоқда  15 18:32Бундеслига. "Бавария" - "Фрайбург". Асосий таркиблар эълон қилинди  3 18:23А Серия. "Наполи" "Фиорентина"ни янчиб ташлади  3 18:05АПЛ. "Шеффилд" - "Тоттенхэм". Асосий таркиблар маълум!  7 17:37Ван Перси: "Месси ёки Роналду? Марадона!"  17 16:48Фернандо Торрес "Атлетико Б"да ёрдамчи мураббий бўлди  3 16:30А Серия. "Аталанта" - "Женоа". Тахминий таркиблар!  48

APL. "CHelsi" – "Tottenxem" va turning boshqa uchrashuvlari uchun prevyu Yangiliklar

APL. "CHelsi" – "Tottenxem" va turning boshqa uchrashuvlari uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionati 10-turiga oid muhim malumotlar bilan tanishing.

O'tgan tur xususida 

SHunday qilib, 9-turdan so'ng bizda yangi etakchi bor. Joze Mourinyu shunga monand o'yindan keyingi matbuot anjumaniga tabassum bilan kirib keldi. Portugaliyalik mutaxassis jurnalistlarning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda "Tottenxem"ning to'pga egalik qilish borasidagi ko'rsatkichi bo'yicha bergan savollariga kinoyali tarzda javob berdi. 

"Ular to'pni o'zlari bilan Manchesterga olib ketishlari mumkin. Men esa o'zim uchun uch ochkoni olaman", – bu iqtibos shubhasiz, Premer-liga oltin fondiga yo'l oladi!

Pep Gvardiola jamoasi "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin etakchi duetdan qo'rqinchli masofada joylashdi. So'nggi yillardagi yutuqlarga asoslanib, aynan "Liverpu" asosiy raqib sifatida qabul qilinmoqda.

Klopp jamoasi barcha muammolarga qaramay, "Lester"ni xotirjamlik bilan engdi. "Tulkilar" oldida yana o'z taqdirlarini belgilash haqidagi abadiy savol paydo bo'ldi – "biz kimmiz va qaerga ketyapmiz?"  O'tgan mavsumni eslatib yuboradigan bunday mag'lubiyatlar maqsadlarga zarar etkazmoqda. Umuman olganda, tanqidlarga xos vaziyat emas, chunki oldinda hali 29 ta uchrashuv bor va "Lester" etakchi guruhdan uzoqlashib ketmadi. 

"CHelsi" ishonchli harakati orqali etakchilar qatorida boryapti. "Aston Villa", "Everton", "Sautgempton" va boshqalar ochko ulashayotgan bir paytda Lempard jamoasi raqiblarini birin-ketin va shafqatsizlarcha mag'lub etib kelmoqda. "Ko'klar"ni oldinda "Tottenxem" bilan uy uchrashuvi kutmoqda.

"Manchester Yunayted" g'alaba qozondi, ammo hayron qoldirmadi. Xuddi shu narsani "Arsenal" xususida ham aytish mumkin, garchi jamoa "Lids"ga qarshi o'yinning ko'p qismida bitta kam bo'lib o'ynagan bo'lsa ham. 

 "Vest Xem" havas qilarli qatiyat bilan ochko to'plashda davom etmoqda. "Bolg'achilar" allaqachon sakkizinchi o'ringa joylashishgan. Top-4 bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil etyapti. Bundan tashqari, 9-turda "Byornli" va "Brayton"ning birinchi g'alabalariga erishganliklarini alohida qayd etish joiz.

Turning asosiy intrigalari

Muxlislar stadionlarga qaytishmoqda

Ushbu yangilik keyingi tur bilan bevosita bog'liq bo'lsa ham, uni etiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Dekabr oyi boshidan Buyuk Britaniyaning karantin cheklovlari bekor qilina boshlaydi. Ochiq osmon ostidagi tadbirlarda ikki mingtadan to'rt mingtagacha odamlar ishtirokiga ruxsat beriladi. Mamlakat cheklov bo'yicha uchta darajaga bo'linadi. Birinchi darajadagi mintaqalarda to'rt minggacha odam stadionlarga qabul qilinadi. Ikkinchi darajada ikki minggacha, uchinchisida odamlarni arenalarga kiritish taqiqlanadi.

SHunday qilib, bir qarashda ushbu yoqimli yangilik aslida o'ziga xos nyuanslarga ega bo'lib chiqdi. Manchester uchinchi mintaqaga kiritilgan. "Manchester Yunayted" xuddi shu sabab tufayli CHempionlar Ligasi o'yiniga muxlislarni kirita olmaydi. London ikkinchi hududga kiradi. Bu shuni anglatadiki, "Arsenal"ning Evropa Ligasi doirasidagi "Rapid"ga qarshi o'yiniga 2000 nafar muxlis tashrif buyurishi mumkin.

"Tottenxem" zafarli odimlashda davom etadi(mi)?

Tepaga chiqish boshqa, uni ushlab qolish boshqa. Ushbu oddiy ibora "shporlar"ga nisbatan har qachongidan ko'ra ko'proq mos keladi. "Manchester Siti"ni mag'lub etishni udallashdi, ammo dam olishga fursat yo'q. Oldindagi har bir uchrashuv ochko yo'qotishini vada qiladi.

"Tottenxem"ni xursand qiladigan bir jihat mavjud. Bu – keyingi turlardagi raqiblar faqat London jamoalari ekanligi. Angliya o'z-o'zidan kichik bir mamlakat bo'lib, siz uzoqqa borishingiz shart emas.

Bundan tashqari, hali oldinda baribir amaldagi chempion maydoniga safar uyuushtirilar ekan. Sizningcha, "Tottenxem" qachon nisbatan osonroq raqiblar bilan to'qnash keladi? Aniq, yaqin orada emas!  CHunki keyinchalik "Lester" bilan, va "Boksing dey"da "Vulverxempton" bilan bahs kutmoqda. SHuni unutmaylikki, "shporlar"da hali Evropa Ligasida uchrashuvlar bor. Qo'shimchasiga Liga Kubogi doirasidagi "Stok Siti"ga qarshi o'yin "tulkilar" va "bo'rilar" bilan uchrashuvlar oralig'ida joylashgan. Yaqinda "Vest Xem" xuddi shunday shafqatsiz taqvimdan sharaf bilan chiqib ketdi. Mourinyu shogirdlari nimalarga qodirligini tez orada bilib olamiz.

Autsayderlarda "hayot alomatlari" sezilyapti

Jadval yuqori qismida ham, o'rtada ham zichlik saqlanib qolmoqda. Ammo pastki pog'onadagilar bilan oradagi farq tobora o'sib bormoqda. Mavsumning sezilarli qismi yakunlandi va bir qator jamoalar hanuzgacha o'zlarini o'nglab olishga qiynalmoqdalar. Ularning ichidan "Brayton" nihoyat miqdorni sifatga aylantirdi.

Qolgan jamoalar ochkolarni ololmadilar, ammo ularning hech biri osonlik bilan bo'sh kelmadi. "Vest Bromvich" "Manchester Yunayted"ga minimal darajada yutqazdi (0:1), "Fulxem" "Everton" bilan o'yinda oxirigacha intrigani saqlab qoldi (2:3), "SHeffild Yunayted" "Vest Xem"ga qarshi buhsda nursiz durangni saqlab qololmadi (0:1).

Va eng muhimi, "Byornli" nihoyat uyg'ondi va mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Umuman olganda, hech kim bir qator klublarning mavsumning yarmini o'ynamasdan turib yo'q bo'lib ketishini istamaydi. APL "uyg'ongan" autsayderlardan faqat va faqat foyda ko'radi. SHunday ekan, umid qilamizki, jadvalning pastki qismidagi har bir jamoa hali bizni xursand qilishda va ajablantirishda davom etadi.

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" uchun muhim o'yinlar

Agar MYUda Brunu Fernandeshdek dahosi bo'lmaganida, kim biladi hozir qaysi o'rinda borardi. "Arsenal"da bunday najotkor yo'q, chunki Per-Emerik Obameyang oldingidek samarali emas.

Ushbu ikki jamoa yaqinlashib kelayotgan tur bu mavsumda o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgan klublarga raqib bo'lishadi. Bular – "Sautgempton" va "Vulverxempton".

"Sautgempton" o'z uyida "Manchester Yunayted"ni qabul qilsa, "bo'rilar" "Arsenal" mehmoni bo'ladilar.

Tur so'ngida barcha to'rtta klub qaysi poziciyalarni egallashini ko'rish qiziq bo'ladi. Sulsher va Artetaning jamoalari eng yaxshi 6 lik sari qadam tashlashga tayyormi? Yoki ular o'zlarining ambiciyalariga mos kelmaslikdan aziyat chekib, orqada yuraveradimi? Norvegiyalik va ispaniyalik uchun har bir tur sinov hisoblanadi. Va kelayotgan o'yin ham istisno emas. 

"Brayton" – "Liverpul" (28.11 17:30)

"Brayton"ning "Liverpul" bilan uchrashuvlari ochig'ini aytganda, unchalik "o'xshamaydi". Uch yil oldin Premer-ligaga qadam qo'ygan "Brayton" "mersisaydliklar" bilan barcha uchrashuvlarni boy bergandi. CHempion juda ko'p yo'qotishlarga qaramay, "Lester" bilan hech qanday muammo sezmadi. Bundan tashqari, Klopp asosiy tarkib futbolchilariga hafta davomida tanaffus berdi. "Atalanta"ga qarshi o'yin boshida maydonda etakchilardan faqat Alisson, Matip, Mane va Saloh paydo bo'lishdi. Fabino, Jota, Firmino va Robertson zaxiradan maydonga tushishdi.

Klopp tarkibda etarlicha muammolarga duch kelmoqda, chunki Aleksander-Arnold, Oksleyd-CHemberlen, Tiago va SHakirining ishtiroki so'roq ostida. Ammo amaliyot shuni ko'rsatadiki, "Liverpul" ularsiz ham yaxshi o'ynay oladi.

Salbiy statistikadan tashqari, "Brayton" tarkibida bir nechta muammolar mavjud. Tarik Lempti so'nggi turda maydondan chetlatildi, Adam Lallana dumg'aza sohasida noqulaylik his qildi, Leandro Trossard va Devi Propperning ishtiroki shubha ostida.

"Manchester Siti" – "Byornli" (28.11 20:00)

"Manchester Siti" so'nggi turda g'alabadan ilhomlangan raqib bilan to'qnash keladi. "SHaharliklar"ning quvonish uchun o'ziga xos sabablari bor – hafta o'rtalarida ular to'rt turdan so'ng CHempionlar Ligasining pley-off bosqichiga yo'l oldilar.

"Manchester Siti"da jarohatlanganlar deyarli yo'q. Faqatgina Natan Ake bundan mustasno. Fernandino, Aguero va butun jamoa o'yinga tayyor. De Bryuyne va Uoker ham boshqalardan-da o'yinga shay holatda, chunki ikkisi ham "Olimpiakos" bilan uchrashuvga uchishmagan.

SHon Daychda jiddiy muammo bor – asosiy darvozabon Nik Poup "Kristal Pelas" bilan o'yinda orttirib olgan jarohatidan tiklanishga ulgurmadi.

"SHaharliklar" shu paytgacha "Byornli"ni havas qiladigan barqarorlik bilan mag'lub etib kelishadi. SHon Daych shogirdari so'nggi 10 ta o'yinda bir martagina "Manchester Siti" bilan durang o'yganan. Qolgani – mag'lubiyat, bazan shafqatsiz, uch yoki undan ortiq gol farqi bilan. Bu safar ham shunga o'xshash holat yuz bersa, ajablanmang.

"Sautgempton " – "Manchester Yunayted" (29.11 19:00)

Sulsher "Istanbul"ga qarshi g'alabali o'yinda Lindelyof va Uan-Bissakani o'yindan majburan olishga majbur bo'ldi. Norvegiyalik murabbiy uchrashuvdan keyin ikkala futbolchi o'zlarini noqulay sezishgani tufayli ularni saqlashga qaror qilganini aytdi. Pol Pogbaning maydonga tushishi shubha ostida turibdi. Ammo zamonaviy MYU uchun bularning hech biri muhim emas. "Qizil iblislar" uchun 35 uchrashuvda gol+pas tizimida 34 ochko to'plagan Brunu Fernandesh tarkibda bo'lsa bas.

"Sautgempton" har qachongidan kuchliroq. Jamoa haqli ravishda jadvalning yuqori pog'onasida bormoqda, buni MYU hozircha faqat orzu qilishi mumkin. So'nggi yillarda "mankunianlar"da "avliyolar" ustidan qozonilgan g'alabalar soni keskin kamaydi: beshta o'yindan – atigi bitta. Amaldagi "Sautgempton" yana mag'lubiyatga uchramaslikka qodir.

"CHelsi" – "Tottenxem" (29.11 21:30)

Top o'yin!  Frenk Lempard va Joze Mourinyu boshqarib borayotgan klublar to'qnashuviga har doim ham guvoh bo'lmaymiz. Jadval yuqorisiga chiqish ikki murabbiyga ham oson bo'lgani yo'q. Lempard o'tgan mavsumda transferlar chekloviga duch kelgan bo'lsa, Mourinyu mavsum davom etayotgan paytda keldi va londonliklarni evrokuboklar sari ketakladi. 

Har ikki klub evroarenada muvaffaqiyatli o'ynab, pley-offga chiqishdi (biri ECHL, biri ELda).  

Bu o'yin shunisi bilan qiziqki, "CHelsi" "Tottenxem"ni quvib o'tish uchun g'alaba qozonishga intiladi, mehmonlar esa bunga osonlikcha ko'nishmaydi. Xullas, dahshatli bahs guvohiga aylanamiz, ishonavering.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi uchrashuvlar o'tkaziladi:

28.11 01:00 "Kristal Pelas" – "Nyukasl"  

28.11 22:30 "Everton" – "Lids" 

29.11 01:00 "Vest Bromvich" – "SHeffild Yunayted"

30.11 00:15 "Arsenal" – "Vulverxempton"

30.11 22:30 "Lester" – "Fulxem"

01.12 01:00 "Vest Xem" – "Aston Villa"


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

+2   
28 noy 09:57:45
Boburshoh Teshayev
Chelsi sevimli jamoalarimdan biri Mour sevimli murabbiylarimdan biri lekin Chelsiga omad ajoyib o’yin kutyapman
+1   
28 noy 12:09:40
CH E L S E A
Chelsea Chempion...
+1   
28 noy 11:49:50
jamish
Chelsea gazini bos, buyog'iga to'xtamaslik kerak. Mavsum qizib boryapti
+1   
28 noy 11:30:13
Inomov Hamdam
Chelsi bu yil Aplni oladi,Barcelona laligani,A milan A seriani opadi Bundesligani bilasizlar
+1   
28 noy 07:41:10
Sherzodbek 9 & Lewandowski 9
Totnxem chempionlik sari olg'a, Nechi yillardan buyon jamoani tark etmayotgan yulduz(Keyn)va osiyolik galeodir uchun chempion bolgin.
   
29 noy 18:29:41
Inomov Hamdam
Hamidulla Yakubdjanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсага нон йук бу сафар
Kimga non yõq ekan sengami
   
29 noy 18:29:28
Inomov Hamdam
Hamidulla Yakubdjanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсага нон йук бу сафар
Seng non yõq chundimi
   
29 noy 18:29:27
Inomov Hamdam
Hamidulla Yakubdjanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсага нон йук бу сафар
Seng non yõq chundimi
   
29 noy 18:29:17
Inomov Hamdam
Hamidulla Yakubdjanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсага нон йук бу сафар
Seng non yõq chundimi
   
29 noy 18:28:46
Inomov Hamdam
Hamidulla Yakubdjanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсага нон йук бу сафар
Kimga non yõq ekan sengami
   
29 noy 18:28:12
Inomov Hamdam
Hamidulla Yakubdjanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсага нон йук бу сафар
Kimga non yõq ekan sengami
   
28 noy 14:24:25
Hamidulla Yakubdjanov
Inomov Hamdam foydalanuvchining fikriga javob berish
Chelsi bu yil Aplni oladi,Barcelona laligani,A milan A seriani opadi Bundesligani bilasizlar
Барсага нон йук бу сафар
   
28 noy 13:49:49
Man_Utd Norin
MYU yoradi nasip qilsa
   
28 noy 09:29:20
GuzarFC
Oxunjon yuve foydalanuvchining fikriga javob berish
Официально: Игорь Сергеев бурирам клубига 1.5 млн Э евазига утадиган булди 99%.
1,5 mln ga Sergeyev tugul Masharipov ham tortmaydiku. Maksimal 400-500 ming dollarga oladi olsa
   
28 noy 08:11:21
Ihtiyandor
Tottenhemga fortuna, Mour gazbi bos!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика