So’nggi yangiliklar

10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  2 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  6 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  89

APL. Bugungi restart uchun prevyu Yangiliklar

APL. Bugungi restart uchun prevyu

17 iyun oqshomida APL 28-turidan joy olgan qoldirilgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Bu 2 uchrashuv Angliya liga kubogi tufayli qoldirilgan (aslida fevral oyi so'nggida bo'lib o'tishi kerak edi) bo'lib, 28-tur taqvimidan o'rin olgan edi. Bular - “Aston Villa” – “SHeffild Yunayted”, “Manchester Siti” – “Arsenal”. 

17.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Aston Villa” - “SHeffild Yunayted"

"Aston Villa" jamoasi ayni damda turnir autsayderlari qatorida, yani 19-o'rinda joylashgan bo'lsa, "SHeffild Yunayted" 7-o'rinda bormoqda. Biroq bu o'yinga hech qanday tasirini o'tkazmaydi, sababi barcha jamoalar endigina karantindan qaytgan va futbolchilarning sport formasi yuqori darajada deb bo'lmaydi.

Tarkiblar bo'yicha

"Aston Villa"ning asosiy ustunligi shundaki, jamoaning shotlandiyalik yarim himoyachisi Jon Makginn jarohati tufayli yuzaga kelgan olti oylik tanaffusdan keyin safga qaytgan. Bu klub bosh murabbiyi Din Smitni quvontirishi aniq.

Pepe Reyna extiyotsizligi bois kichik jarohatga uchragandi, hozir esa ispaniyalik posbon jamoadagi boshqa darvozabonlar Jed Stir va Eryan Nyulann bilan yaxshigina raqobatlashishiga to'g'ri keladi. 

Klub asosiy posboni bo'lmish Tom Xiton va hujumchi Vesli hozir jarohatini davolash bilan band.  

Kris Uaylder qo'l ostidagi mehmonlarda aytarli muammo yo'q. Karantindan oldin bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo hozir emas. 

Klub uchun xushxabarlardan biri,  bu MYU darvozaboni Din Xenderson bilan ijara shartnoma muddati uzatirilganligidir, demak, darvozabon boshqa bir "Yunayted" darvozasini qo'riqlashda davom etadi.

"SHeffild Yunayted"dagi asosiy muammo (aslida, buni muammo deb ham bo'lmaydi) - hujum chizig'ida ikki kishining to'p tepishi. CHunki jamoada 3 nafar saviyali hujumchi yig'ilgan - Devid Makgoldrik, Lis Musse va Billi SHarp.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Aston Villa” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“SHeffild YU” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

135 ta

63 (46%)

5:0, 6:1

40 (30%)

6:0

32 (24%)


O'yinga oid faktlar:

- "Aston Villa" oxirgi 4 o'yinda faqat yutqazgan (Premer-liga).

-  "Aston Villa"ning oxirgi 6 uy o'yinida 2 tadan ko'p gol urilgan (Premer-liga).

- "SHeffild Yunayted" "Aston Villa" bilan so'nggi 6 o'yindan 5 tasida 2 tadan kam gol urmagan (barcha musobaqalar).


Taxminiy tarkiblar

"Aston Villa" (4-3-3): Nyulann - Gilber, Engels, Mings, Targett - Makginn, Nakamba, Luis - Samatta, El-Gazi, Grilish

"SHeffild Yunayted" (3-5-2): Xenderson - Beshem, Igan, O’Konnell - Boldok, Landstryom, Norvud, Flek, Stivens - Makgoldrik, Makberni    

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xiton, Vesli ("Aston Villa)

Aston Villa

Premier League . 28-tur

17/06/2020, 23:00

0
:
0
Tugadi

Sheffield United

Stadion: Villa Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
27'  Douglas Luiz
69'  Keinan Davis (Mbwana Samatta)
69'  Anwar El-Ghazi (Trezeguet)
76'  John McGinn (Marvelous Nakamba)
76'  Ezri Konsa (Ahmed El Mohamady)
36'  John Lundstram
69'  Billy Sharp (David McGoldrick)
69'  Sander Berge (Luke Freeman)
80'  Oliver McBurnie (Lys Mousset)

18.06 00:15 (Toshkent vaqti) “Manchester Siti” - “Arsenal”

Gvardiola shogirdlari karantindan oldingi so'nggi bahsda MYUga mag'lub bo'lgandi, Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal"ning esa tanaffusdan oldingi ketma-ket g'alabalari, evrokuboklar, hatto, CHempionlar ligasi uchun kurashda umid uyg'otdi.

Bu o'yindagi eng qiziq jihat, shubhasiz, Pep Gvardiolaning sobiq yordamchisi Artetaning "Etixad"ga tashrifi bo'ladi. 

Aytib o'tish kerakki, mezbonlar tarkib jihatdan ancha kuchli, lekin hozirgi vaziyat har doimgisidan farq qiladi. 

SHaharliklar” turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turgan bo'lishsa, “to'pchilar” 9-o'ringa joylashishgan. 

Tarkiblar bo'yicha

Gvardiolada har bir poziciya uchun variantlar talaygina.  

"Manchester Siti" azolari Kevin De Bryoyne va Emerik Lyaport safga qaytgan va chorshanba kuni asosiy tarkibda tushishlari kutilmoqda. 

SHuningdek, Leroy Sane mashg'ulotlarda faol qatnashmoqda, u Rahim Sterling hamda Riyad Maxrez bilan raqobatlashishga tayyor.

Jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan himoyachilar - Ektor Belerin, Sead Kolashinac va Kiran Tirni hozir maydonga tushishga shay.

O'z o'rnida eslatib o'tish joiz,  Kalum CHembers va Lukas Torreyra og'ir jarohatini davolash bilan band.

Hozirgi paytda Arteta uchun chap qanot himoyachisi sifatida yosh Bukayo Saka nomzodi baribir ideal variant bo'lib qolsa kerak. Hujumda katta ehtimol bilan Obameyang - Lyakazett juftligini ko'ramiz.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Man Siti” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Arsenal” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

202 ta

57 (28%)

4:0

100 (50%)

5:0

45 (22%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Siti" so'nggi 33 uy o'yinidan 28 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga). 

- O'zaro kechgan so'nggi 6 bahsda "Manchester Siti" yutgan (barcha musobaqalar). 

- "Arsenal" oxirgi 3 o'yinda raqiblari ustidan faqat g'alabaga erishgan (Premer-liga). 

- "Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi oxirgi 6 o'yindan 5 tasida kamida 3 ta gol urgan (barcha turnirlar). 

- "SHaharliklar" so'nggi 5 o'yinda raqiblar darvozasiga kamida 2 ta to'p kiritgan (Premer-liga).


Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson - Uoker, Fernandino, Lyaport, Mendi -  De Bryoyne, Rodri, Gyugdogan - Maxrez, Aguero, Sterling

 "Arsenal" (4-2-3-1): Leno - Belerin, Sokratis, Luiz, Saka - Sebalos, Jaka, Pepe, Ozil, Obameyang - Lyakazett 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: CHembers, Torreyra ("Arsenal")

Manchester City

Raheem Sterling - 45', Kevin De Bruyne - 51', Phil Foden - 90'

Premier League . 28-tur

18/06/2020, 01:15

0
:
3
Tugadi

Arsenal

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
45'  Raheem Sterling
51'  Kevin De Bruyne
65'  David Silva (Bernardo Silva)
65'  Riyad Mahrez (Phil Foden)
70'  Kevin De Bruyne (Rodri)
70'  Aymeric Laporte (Fernandinho)
79'  Rodri
80'  Gabriel Jesus (Sergio Aguero)
90'  Phil Foden
8'  Granit Xhaka (Daniel Ceballos)
24'  Pablo Mari (David Luiz)
49'  David Luiz
67'  Matteo Guendouzi (Ainsley Maitland-Niles)
67'  Edward Nketiah (Alexandre Lacazette)
67'  Joseph Willock (Reiss Nelson)
76'  Kieran Tierney

Turnir jadvali 


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика