So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  4 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

APL. Bugungi ikki o'yin uchun prevyu Yangiliklar

APL. Bugungi ikki o'yin uchun prevyu

23 iyun oqshomida Angliya premer-ligasi 31-turiga start beriladi.

Bugun bizni oldinda ikki uchrashuv kutmoqda. Bular -  “Lester” – “Brayton”, “Tottenxem” – “Vest Xem”. 

23.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Lester” – ”Brayton”

"Lester" o'tgan turda "Uotford" bilan durang o'ynadi - 1:1. Endilikda "tulkilar" "CHelsi"dan 3 ochko oldinda borishmoqda va 3-o'ringa joylashishgan.

"Brayton" ham "Arsenal"ni mag'lub etdi (2:1) va oldinga katta qadam tashladi. Jamoa Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolishi tobora oydinlashib boryapti va ular 15-o'rinni egallab turishibdi. 

"Brayton" bu mavsum mehmondagi o'yinlardan faqat 2 tasida g'alaba qozona olgan, xolos. "Brayton” "Lester"ga qilingan so'nggi 2 safar uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan. 

Tarkiblar bo'yicha

"Lester"da Rikardo Pereyra oktyabrga qadar safdan chiqqan, o'ng qanot himoyasida Jeyms Jastin mavsum oxirigacha o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega.  

"Uotford"ga qarshi bahsda Ayoze Peresning o'rni bilindi va u bugun Mark Olbraytonning o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

O'tgan turda zaxiradan o'yinga tushgan Demaray Grey Xarvi Barnsga raqobat tug'dirishga urinib ko'radi. 

Dennis Pratda kichik jarohat kuzatilgani bois jamoasiga yordam bera olmasligi ehtimoli bor.

"Brayton" bosh murabbiyi Grem Potterda ortiqcha muammo yo'q. Bugun rotaciyaga qo'l urilishi va "Arsenal"ga qarshi o'ynmaganlar yashil maydonda ko'rinish berishlari mumkin.  

Masalan, bugunga bahsda himoyachi Martin Montoyya  va yarim himoyachi Solli March ishtirok etishi kutilmoqda.    

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Lester” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Brayton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

33 ta

15 (45%)

4:1

12 (36%)

4:1

6 (18%)


O'yinga oid faktlar:

- "Brayton" so'nggi 3 safar uchrashuvida durang o'ynagan (Premer-liga).

- "Lester"ning oxirgi 6 uy o'yinida 2 tadan ko'p gol urilgan (Premer-liga). 

- "Lester" "Brayton"ga qarshi so'nggi 5 o'yinda yutqazmagan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Lester” (4-1-4-1): SHmeyxel - Jastin, Evans, Syoyunjyu, CHiluell - Ndidi - Peres, Meddison, Tilemans, Barns - Vardi 

"Brayton” (4-3-3): Rayan - Montoyya, Uebster, Dank, Byorn - Muy, Pryopper, Bissuma - March, Mope, Trossard 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pereyra, Amarti ("Lester"), Iskerdo ("Brayton") 

So'roq ostida: Pratt ("Lester"), Alsate ("Brayton") 

Leicester City

Premier League . 31-tur

23/06/2020, 23:00

0
:
0
Tugadi

Brighton & Hove Albion

Stadion: King Power Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Lee Mason

45'
90'
12'  James Justin
34'  Wilfred Ndidi
69'  Kelechi Iheanacho (Harvey Barnes)
69'  Nampalys Mendy (Youri Tielemans)
73'  Demarai Gray (Ayoze Perez)
14'  Neal Maupay
24'  Adam Webster (Shane Duffy)
36'  Dale Stephens
57'  Neal Maupay (Leandro Trossard)
58'  Alexis Mac Allister (Solly March)
58'  Yves Bissouma (Davy Propper)
80'  Shane Duffy
82'  Aaron Connolly (Glenn Murray)

24.06 00:15 (Toshkent vaqti) “Tottenxem” – “Vest Xem"

"Tottenxem" o'tgan turda MYU bilan durang o'ynadi - 1:1. "Tottenxem" 7 o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. 

"Vest Xem" o'tgan turda o'z maydonida "Vulverxempton"ga engildi - 0:2. Jamoa "Tottenxem" maydoniga qilgan so'nggi 3 tashrifida faqat mag'lubiyat qayd etgan. 

"Tottenxem" 8-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Vest Xem" 17-o'rinda va CHempionshipga tushib ketish xavfi ostida turibdi.   

Tarkiblar bo'yicha

“Tottenxem”ning asosiy o'yinchisi Dele Alli diskvalifikaciyadan keyin qaytdi va maydonga tushish ehtimoli yuqori va u markazga Keynning ortiga joylashadi. 

Jarohat tufayli MYUga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan Lukas Mouraning holati nomalum.

Xuan Foyt, Jafet Tanganga va Troy Parrott o'yinni aniq o'tkazib yuboradi.     

"Vest Xem"da Masuaku, Zabaleta, Ogbonna va Alle jarohatlanganlar ro'yxatini tashkil etishadi.      

Robert Snodgrassning belidagi jarohati tahlil etiladi va maydonga tushish-tushmasligi bo'yicha bir qarorga kelinadi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Tottenxem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Vest Xem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

154 ta

66 (43%)

5:0, 6:1

51 (33%)

4:0

37 (24%)


O'yinga oid faktlar:

- "Vest Xem" oxirgi 6 safar o'yinida yutqazgan (Premer-liga).

- "Tottenxem" so'nggi 5 o'yinida g'alaba qozonmagan (barcha musobaqalar). 

- "Tottenxem" so'nggi 5 uy o'yinidan 1 tasida yutgan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Tottenxem” (4-2-31): Loris - Ore, Sanches, Alderveyreld, Devis - Sissoko, Uinks - Bergveyn, Alli, Son - Keyn

"Vest Xem” (4-1-4-1): Fabianski - Frederiks, Dop, Balbuena, Kressuell - Rays - Bouen, Nobl, Souchek, Yarmolenko - Antonio     

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Foyt, Tanganga, Parrott ("Tottenxem"), Ogbonna, Masuaku, Zabaleta, Alle ("Vest Xem")

So'roq ostida: Parrott “Tottenxem”), Snodgrass ("Vest Xem")

Tottenham Hotspur

Tomas Soucek - 64', Harry Kane - 82'

Premier League . 31-tur

24/06/2020, 01:15

0
:
2
Tugadi

West Ham United

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
45'  Heung-Min Son
51'  Harry Kane
59'  Dele Alli (Erik Lamela)
64'  Tomas Soucek
67'  Ben Davies
72'  Lucas Moura (Steven Bergwijn)
82'  Harry Kane
82'  Heung-Min Son
86'  Heung-Min Son (Harry Winks)
15'  Pablo Fornals
26'  Mark Noble
71'  Mark Noble (Manuel Lanzini)
71'  Pablo Fornals (Felipe Anderson)

Turnir jadvali 


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика