So’nggi yangiliklar

09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   0 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   0 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   4 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   7 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  1 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  5 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4

APL boshlanmoqda: "Manchester Yunayted" nimaga qodir? Yangiliklar

APL boshlanmoqda: "Manchester Yunayted" nimaga qodir?

O'tgan mavsum "Old Trafford" egalari uchun chindanda falokatli kechdi.

Hali hamon bosim ostida bo'lgan va o'zining imkoniyatlarini namoyish eta olmagan niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag jamoadagi vaziyatni yaxshilash ustida ishlashi kerakligi yaqqol namoyon bo'lib qoldi. Ko'pchilik mutaxassislar va jurnalistlar tomonidan yaqin kunlarda start oladigan yangi mavsumni Angliya Premer-ligasida oltinchi o'rinda yakunlashi bashorat qilinmoqda. Jamoaning chempionatda g'olib bo'lish imkoniyati 4 foiz, deya baholanmoqda. Endi bunday taxminlarga olib kelgan sabablarni o'rganib chiqamiz.

Istiqbollar

Biroz avvalga nazar solsak, aytaylik, o'tgan mavsum boshida oldingi mavsumni ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda tugatgan "Manchester Yunayted" tarkibini Jeydon Sancho, Krishtianu Ronaldu va Rafael Varan bilan kuchaytirib olgandi. Start avvalida ushbu tarkib bilan hatto to'rtinchi o'rinni olish ham ijobiy natija sifatida qabul qilinmas edi. O'sha paytda Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi jamoa uchun klub muzeyini 21 toj bilan bezatish ambiciya edi. Mavsum davomida peshqadam va azaliy raqib "Manchester Siti"dan 35 ochko ortda qolgan holda oltinchi o'rinni band qilgan jamoa uchinchi murabbiy boshqaruviga o'tdi. Niderlanidiyalik mutaxassis Erik ten Xag boshqaruvida mavsum yakuniga qadar hatto to'rtinchi o'ringa ko'tarilib olish kichik mo'jizadek tuyuladi. Kelayotgan mavsumda buning voqelikka aylanishiga kichik umid uchqunlari bor. Sababi 52 yoshli mutaxassis 22 yoshli dinamik chap qanot yarim himoyachisi Tayrell Malasia, transferlar oynasining eng yaxshi xaridlaridan biri, deya baholangan pleymeyker Kristian Eriksen bilan shartnoma imzoladi. Ular safiga, shuningdek, "Ayaks"dan olib kelingan kuchli himoyachi Lisandro Martinesni ham ko'shishimiz mumkin. Sanalganlar orasida Erik ten Xagning “kozeri”ga aylanadigan va "Barselona" qo'yib yuborgan taqdirda jamoaga kelib qo'shilishi mumkin bo'lgan Frenki de Yong bilan ko'zlangan to'rtlik yordamida ushbu natijani qayd etishga optimistik qarash mumkin bo'ladi.

Ammo bunga qarshi omillar ham etarlicha edi. O'sha paytda "qizil iblislar"dan yuqorida joylashgan "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi" va "Arsenal" ham tarkibini kuchaytirib oldi. Qo'shimchasiga "Ayaks" bilan uch karra Niderlandiya chempionlik titulini qo'lga kiritgan va CHempionlar Ligasi yarim finaliga chiqishning uddasidan chiqqan Erik ten Xagning Angliyada nima karomat ko'rsatishi so'roq ostida qolmoqda. Buning ustiga mutaxassisga qishki Jahon chempionati tufayli mavsumning ertaroq boshlanishi ham qiyinchilik tug'diradi. U o'zining tezkor pressing, doimiy paslar va harakat uslubini jamoaga singdirish uchun 5 haftagina vaqt ajratiladi. Ten Xagning mana shu oyda Bangkokdagi "Rajamangala" stadionida o'tkazilgan mashg'ulotlar jarayonida futbolchilariga ular allaqachon o'rganib olgan bo'lishlari kerak bo'lgan fundamental ko'rsatmalarni berayotganini eshitish tashvishga soladi. Jamoa so'nggi besh masumda ikki bora ikkinchi va oltinchi o'rinlarni egallagan bo'lsa, bir bor uchinchi natija qayd etildi. 

Murabbiy

Ser Aleks Fergyusondan keyin Erik ten Xagning o'tmishdoshlari yo'l qo'ygan xatolar ularga qimmatga tushdi va ularning istefosiga olib keldi. Devid Moyes – qo'pol, Lui van Gal – qaysar, Joze Mourinyu – o'zgaruvchan va Sulsher taktik jihatdan cheklangan edi. Umid qilamizki, 52 yoshli niderlandiyalik bundan xulosa chiqargan holda o'zining ijobiy fazilatlari yordamida ingliz futboliga tezda ko'nikib ketadi. Uning o'yinchilarga nisbatan shafqatsizligi va mukammallikni tinmay talab qilishi jamoaning Tailand va Avstraliyadagi mavsumoldi tayyorgarlik safarida yaqqol ko'zga tashlandi va jamoa yaxshi natijalar ko'rsatdi. Nomalumligicha qolgan jihat Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh va David de Xeadan tashqari butun jamoa ko'rgan dahshatli tushdan olib chiqib, qanday qilib yaxshilay olishidir. Aynan shu uning istiqboldagi obro'sini ko'taradigan omil bo'lishi mumkin.

Transferlar

Kristian Eriksen darajasida o'yinchini hech qanday to'lov evaziga ko'lga kiritish Erik ten Xagning jamoani qayta qurish ko'lami naqadar keng ekani va transfer siyosatini naqadar ustalik bilan olib borganining yaqqol namunasidir. Bu Ronaldu bilan bir qatorda bir maromda o'yin ko'rsata oladigan va o'yin taqdirini mutlaqo o'zgartirib yuborish imkoniyatiga ega Brunu Fernandesh kabi yana bir pleymekerni qo'lga kiritishni anglatadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yangi menejer jamoa sifatini oshirishning uddasidan chiqdi va umid qilamizki, Eriksen Fernandeshning yukini engillashtiradi va jamoaga foyda keltiradigan boshqa imkoniyatlarini ham taklif qiladi.

Jahon chempionati tasiri

Tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar Doxaga jo'nab ketadi. Butun himoyaga chizig'i – David de Xea, Diogu Dalot, Harri Maguayr, Varan, Lyuk SHou, Malasia va agar sotib yuborilmasa, Aleks Telles o'z terma jamoalariga yordam beradi. Viktor Lindelyofning SHveycariya va Erik Bayining Kot-d'Ivuar terma jamoasi saralash bosqichidan o'ta olmadi. Yarim himoyada faqatgina Skott Maktomineyning SHotlandiya terma jamoasi imkoniyatni boy berdi. Hujumch vakillaridan Fernandesh, Donni van de Bek, Ronaldu, Antoni Marsyal, Markus Reshford va Jeydon Sancho terma jamoasidan chaqiruv olishi mumkin. Ammo Antoni Elanga shveciyalik bo'lgani tufayli mundial vaqtida tin oladi.

Liboslar savdosi

Liboslar savdosi bo'yicha yaqqol etakchilikka ega bo'lgan Krishtianu Ronalduning yozda ketishi yoki qolishi bilan bog'liq xabarlarning deyarli har kuni chiqib turishi bir qator muxlislarni g'azablantirdi va ular qaytarib bergan liboslar soni maksimal ko'rsatkichning pasayishiga sabab bo'lmoqda. Gleyzerlar Ronalduning qolishini xohlaydi. Ronaldu global tijorat fenomeni bo'lganidan keyin bu tabiiy, albatta. Mankunianlar ustozi ten Xag Ronalduning bu mavsumda jamoada qolishini juda yaxshi biladi (hatto kelasi mavsumda ham). Agar mutaxassis buning uchun yashirincha ibodat qilib yurgan bo'lsa ham, uni ayblash noo'rin. Ronalduning 37 yoshli oyoqlari endi avvalgidek 90 daqiqa bir maromda yugurib bera olmaydi. Ronaldudan tashqari Eriksen nomi tushirilgan futbolkalar jiddiy savdo raqamlarini qayd etishi mumkin. 

Ijtimoy tarmoqlarda "suzuvchilar" 

Lisandro Martinesning  “libos uchun o'lishga tayyorman” siymosi uning Instagram, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda aylanishiga sabab bo'la olmaydi?! Argentinalik futbolchidan tashqari Evro-2020 davomida Eriksenning ajoyib tarzda o'limga yaqin yurak hurujidan qaytishi qiziqish, maqtov va mehrni uyg'ota oladi va boshqalarni o'ziga jalb qiladi. Garchi Ronaldu hozirda tarmoq foydalanuvchilari orasida trendda bo'lmasa-da, Instagram'dagi 468 million obunachilari soni kulgili tarzda ko'paygani ko'paygan.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика