APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" va 21-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu
01 jan 2020 10:00
Yangiliklar


APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" va 21-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu
Jumladan, turning markaziy o'yinlaridan biri Londonda, "Arsenal" - "Manchester Yunayted" o'rtasida bo'lib o'tsa, Gvardiola boshchilishidagi "Manchester Siti" Anchelotti boshqarayotgan "Everton"ga to'qnash keladi.
01.01 17:30 (Toshkent vaqti) "Brayton" - "CHelsi"
O'z uyida yaxshi o'yin ko'rsatadigan Grem Potter shogirdlari ajoyib formadagi Lempard jamoasini o'z maydonlarida qabul qilishadi.
Grem Potter jamoasi yangi yilda har qachongidan yaxshiroq o'ynashlari kutilmoqda, sababi u dam olish kunlarida bir nechta ishlanmalar ustida ishlagan.
O'tgan o'yinda "Bornmut" darvozasini ishg'ol etgan Alireza Djaxanbaxshni asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, Deyl Stivens va Paskal Gros zaxirada qoldirilishi taxmin qilinmoqda.
Markos Alonso va Kristian Pulishich safga qaytishga yaqinlar, nihoyat ularni maydonda ko'rishimiz mumkin. Asosiysi, bu o'yinda Lempard shogirdlari xush kayfiyatda maydonga tushadilar. "Ameks" stadionida bo'lib o'tadigan turning va yangi yilning birinchi uchrashuvini birgalikda miriqib tomosha qilamiz.
O'yinga oid faktlar:
- "CHelsi" "Brayton"ni barcha turnirlar doirasidagi oxirgi 5 o'yinda mag'lub etgan.
- "CHelsi"ning mehmondagi so'nggi 10 uchrashuvida o'rtacha 2,5ta gol urilgan.
- Barcha musobaqalardagi jamoalarning o'zaro oxirgi 5 o'yinida 2tadan kam gol urilmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Brayton" (4-2-3-1): Rayan, Montoyya, Uebster, Dank, Byorn, Bissuma, Pryopper, Trossard, Muy, Jaxanbaxsh, Mope
"CHelsi" (4-3-3): Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Zuma, Alonso, Kante, Jorjino, Kovachich, Villian, Maunt, Abraxam
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Iskerdo, March ("Brayton"), Ris Jeyms, Van Ginkel, Loftus-CHik (“CHelsi”)
So'roq ostida: Alonso, Pulishich, Jiru (“CHelsi”)
Brighton & Hove Albion Alireza Jahanbakhsh - 84' |
Premier League . 21-tur 01/01/2020, 17:30 1
:
1
Tugadi
|
Chelsea Cesar Azpilicueta - 10' |
Stadion: The American Express Community Stadium, 30559 tomoshabin
Bosh hakam: Stuart Attwell
01.01 20:00 "Sautgempton" - "Tottenxem"
Ralf Xazenxyuttl shogirdlari Mourinyu jamoasiga qarshi o'ynaydi. Eng qizig'i, har ikkala jamoaning o'tgan turdagi bahsida durang qayd etilgan. Bu safar ular g'alabaga astoydil intiladilar. "Sautgempton" uy jamoa sifatida turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda, bu sharmandali natija.
Tarkiblar bo'yicha fikr bildiradigan bo'lsak, mezbonlar murabbiyi Maykl Obafemiga imkoniyat berishi va SHeyn Longni zaxirada qoldirishi kutilmoqda.
"Sautgempton" shunday jamoaga aylandiki, hatto Styuart Armstrong, Oriol Romeu va Sofian Bufal kabi iqtidor egalari zaxirada qolishga majbur bo'lmoqdalar.
Mour jamoasida Mussa Sissoko va Garri Uinks o'yinga shay holatdalar. Ndombele “Norvich” bilan o'yinda yaxshi o'ynadi, biroq uning jismoniy holati murabbiylarni havotirga solmoqda. Son Xen Min esa diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.
Mutaxassislar ushbu qarama-qarshilikda kichik ustunlik “Tottenxem”da bo'lishini kutishyapti. Ko'ramiz, buni vaqt ko'rsatadi.
O'yinga oid faktlar:
- "Tottenxem"ning Premer-ligadagi oxirgi 10ta mehmon uchrashuvida o'rtacha 2,5ta gol urilgan.
- "Sautgempton"ning "Tottenxem"ga qarshi o'tgan barcha musobaqalardagi oxirgi 8 o'yinidan 7tasida kamida 2,5ta gol kuzatilgan.
- "Tottenxem" so'nggi 10 mehmon o'yinidan 8tasida kamida 2ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Sautgempton" (4-4-2): Makkarti, Suaresh, Stivens, Bednarek, Bertrand, Jenepo, Uord-Prouz, Xyoyberg, Redmond, Obafemi, Ingz
"Tottenxem" (4-2-3-1): Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Sissoko, Uinks, Moura, Alli, Eriksen, Keyn
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Valeri ("Sautgempton"), Loris, Devis, Rouz (“Tottenxem")
So'roq ostida: Long ("Sautgempton")
Southampton Danny Ings - 17' |
Premier League . 21-tur 01/01/2020, 20:00 0
:
1
Tugadi
|
Tottenham Hotspur |
Stadion: St. Mary's Stadium, 30976 tomoshabin
Bosh hakam: Mike Dean
01.01 22:30 "Manchester Siti" - "Everton"
Bu to'qnashuv turning markaziy o'yinlaridan biri bo'lib, Gvardiola boshchiligidagi “shaharliklar” Anchelotti shogirdlariga qarshi chiqadi.
Bevosita tarkiblar bo'yicha malumot beradigan bo'lsak, mezbonlar safida Ederson yana o'yinga qaytib, darvozani qo'riqlaydi. Ilkay Gyundogan, Nikolas Otamendi va Benjamin Mendi "Everton"ga qarshi to'p tepishlari mumkin.
"SHeffild" bilan o'yinda himoyani ajoyib qo'riqlagan yosh himoyachi Erik Garsiya yana asosiy tarkibda maydonga tushishga umid qilmoqda.
Anchelotti bugun "Manchester Siti" sobiq futbolchisi Fabian Delfdan foydalanishi va uni asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin.
Mina himoya markazida o'ynashi va unga Koulman hamda Kin ko'maklashishlari kutilmoqda.
Hujum chizig'ida Kalvert-Lyuin va Richarlison juftligi harakat qiladi.
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Siti" barcha musobaqalarda "Everton"ga qarshi oxirgi 4 o'yinda g'alabaga erishgan.
- "Everton"ning Premer-liga doirasidagi so'nggi 6 mehmon o'yinida o'rtacha 2,5ta gol urilgan.
- "Manchester Siti" barcha musobaqalarda "Everton"ga qarshi so'nggi 4 o'yinda kamida 2ta gol urgan.
- "Everton" APLda oxirgi 5 o'yinda yutqazmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandino, Zinchenko, Gyundogan, Rodri, De Bryoyne, Maxrez, Aguero, Sterling
"Everton" (3-4-1-2): Pikford, Koulman, Mina, Kin, Sidibe, Delf, Sigurdsson, Din, Bernard, Kalvert-Lyuin, Richarlison
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Lyaport, Sane ("Manchester Siti"), Martina, Gbamen, Gomesh, Ivobi ("Everton")
So'roq ostida: Stounz, D. Silva ("Manchester Siti"), Baningime, SHnederlen ("Everton")
Manchester City Gabriel Jesus - 51', Gabriel Jesus - 58' |
Premier League . 21-tur 01/01/2020, 22:30 1
:
2
Tugadi
|
Everton Richarlison - 71' |
Stadion: Etihad Stadium, 54407 tomoshabin
Bosh hakam: Andre Marriner
02.01 01:00 "Arsenal" - "Manchester Yunayted"
Turning ikkinchi markaziy o'yinida - o'zining dastlabki 2ta o'yinida ham yuta olmagan Mikel Arteta Sulsher jamoasiga qarshilik ko'rsatadi.
Jamoalarning tarkiblariga to'xtalamiz. Londonliklar tarkibida Nelson asosiy tarkibdagi o'rnini saqlab qoladi, Pepe zaxirada qoldirilishi kutilmoqda. Kalum CHembers "CHelsi" bilan o'yinda jarohat olgani tufayli bugun maydonda ko'rinish bermaydi. Bugun himoya markazida David Luizga Mustafi yordam beradi. Granit Jaka betob bo'lgani tufayli "CHelsi"ga qarshi o'ynamagandi. Bu gal Arteta uni maydonga tushirishdan umidvor.
“Manchester Yunayted” klubida Pol Pogba "Bernli"ga qarshi o'ynamagandi, bu safar ham u Londonga bormadi. Skott Maktominey tizzasidagi jarohati bois tarkibdan chetda qoladi. Deniel Jeyms va Meyson Grinvud o'ng qanotda o'ynash uchun raqobat qiladi. Andreas Pereyra yoki Jessi Lingard hujumchi ortida o'ynaydi. Qanotlarda SHou va Uan-Bissaka javlon uradilar. Qiziqarli to'qnashuvni siz bilan birgalikda ko'ramiz.
O'yinga oid faktlar:
- "Arsenal"ning APLdagi oxirgi 4 uy o'yinida o'rtacha 2,5ta gol urilgan.
- "Arsenal" o'z maydonidagi oxirgi 3 o'yinda yutqazgan (Premer-liga).
- "Arsenal" so'nggi 4 uy o'yinida kamida 2ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Arsenal" (4-2-3-1): Leno, Naylz, Mustafi, Luiz, Saka, Jaka, Torreyra, Nelson, Ozil, Obameyang, Lyakazett
"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou, Matich, Fred, Jeyms, Pereyra, Reshford, Marsyal
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Kolashinac, Xolding, Tirni, Sokratis, Martinelli ("Arsenal"), Bayi, Fosu-Mensa, Roxo, Maktominey, Dalo ("Manchetser Yunayted")
So'roq ostida: Belerin, CHembers, Jaka, Sebalos (“Arsenal”),
Arsenal Nicolas Pepe - 8', Sokratis Papastathopoulos - 42' |
Premier League . 21-tur 02/01/2020, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
Manchester United |
Stadion: Emirates Stadium, 60328 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Kavanagh
03.01 01:00 "Liverpul" - "SHeffild Yunayted"
Klopp shogirdlari yangi yildagi birinchi o'yinda yorqin o'yin ko'rsatishi aniq. Ertaga Kris Uaylder shogirdlariga qiyin bo'ladi. SHunga qaramay "SHeffild Yunayted" grand klublarga bosh og'riq bo'lib kelayotganini unutmaslik lozim.
Bugun Yurgen Klopp katta o'zgarishlarga qo'l urmaydi, biroq bir nechta o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Masalan, Divok Origi, Nabi Keyta va Jeyms Milner o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari mumkin.
Mehmonlar yarim himoyachisi Jon Landstryom jarohatidan keyin fitnes-testdan o'tmagan, uning maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Hujumchilar Makgoldrik va Makberni "Enfild"dagi uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olishlari kutilmoqda. Bugun “Liveprul”ga o'ta qiyin bshlmaydi, ammo osongina g'alaba ham bo'lmaydi. Barchasini o'yin kshrsatadi.
O'yinga oid faktlar:
- "Liverpul" o'zining oxirgi 17ta uy o'yinida faqat g'alaba qozongan (Premer-liga)
- "Liverpul" so'nggi 4 uchrashuvda gol o'tkazib yubormagan (Premer-liga).
- "SHeffild Yunayted"ning Premer-ligadagi oxirgi 8ta mehmon o'yinida o'rtacha 2,5 tagacha gol kiritilgan.
Taxminiy tarkiblar
"Liverpul" (4-3-3): Allison, Arnold, Gomez, Van Deyk, Robertson, Milner, Xenderson, Keyta, Salax, Firmino, Origi
"SHeffild Yunayted" (3-5-2): Xenderson, Beshem, Igan, O’Konnel, Boldok, Frimen, Norvud, Flek, Stivens, Makgoldrik, Makberni
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Klayn, Matip, Lovren, Fabino, SHakiri, CHemberlen ("Liverpul")
So'roq ostida: Bryuster ("Liverpul"), Mur, Landstryom ("SHeffild Yunayted")
Liverpool Mohamed Salah - 4', Sadio Mane - 64' |
Premier League . 21-tur 03/01/2020, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
Sheffield United |
Stadion: Anfield, 53321 tomoshabin
Bosh hakam: Paul Tierney
SHuningdek, bu turda quyidagi o'yinlar o'tkaziladi:
17:30 "Bernli" - "Aston Villa"
20:00 "Nyukasl" - "Lester"
20:00 "Vulverxempton" - "Uotford"
22:30 "Norvich" - "Kristal Pelas"
22:30 "Vest Xem" - "Bornmut"
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar