So’nggi yangiliklar

20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  0 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  0 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  2 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  1 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  2 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  2 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  4 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  1 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  4 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  2

APL. "Arsenal" o'z maydonida super kambek qayd etib "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Arsenal" o'z maydonida super kambek qayd etib "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi

"Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 21-tur o'yini yakunlandi.

APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" 3:2

Gollar: Markus Reshford (Brunu Fernandesh) 17', Eddi Nketia (Granit Djaka) 24', Bukayo Saka 54', Lisandro Martinez 59', Eddi Nketia 90'

"Arsenal": 1. Aaron Remsdeyl, 4. Ben Uayt (18. Takexiro Tomiyasu 46'), 12. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 35. Aleksandr Zinchenko, 8. Martin Edegor (16. Rob Xolding 90+), 5. Tomas Partey, 34. Granit Jaka, 7. Bukayo Saka, 14. Eddi Nketia, 11. Gabriel Martinelli (19. Leandro Trossard 82').

Zaxira: 30. Mett Terner, 3. Kiran Tirni, 23. Alber-Mboyo Lokonga, 21. Fabiu Vieyra, 10. Emil Smit Rou, 27. Markinos.

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 29. Aaron Uan-Bissaka, 19. Rafael Varan (49. Alexandro Garnacho 90+), 6. Lisandro Martines, 23. Lyuk SHou, 21. Antoni (17. Fred 71'), 8. Brunu Fernandesh, 39. Skott Maktominey, 14. Kristian Eriksen, 10. Markus Reshford, 27. Vaut Vegorst.

Zaxira: 22. Tom Xiton, 2. Viktor Lindelef, 5. Xarri Maguayr, 12. Tayrell Malasia, 28. Fakundo Pelistri, 36. Entoni Elanga, 73. Kobbie Mainoo.

Ogohlantirishlar: Ben Uayt 19', Mikel Arteta ("Arsenal" bosh murabbiyi) 34', Antoni 47', Lyuk SHou 83'

Arsenal

Edward Nketiah - 24', Bukayo Saka - 53', Edward Nketiah - 90'

Premier League . 21-tur

22/01/2023, 20:30

2
:
3
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 17', Lisandro Martinez - 59'

Stadion: Emirates Stadium, 60325 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
19'  Ben White
24'  Edward Nketiah
24'  Granit Xhaka
46'  Ben White (Takehiro Tomiyasu)
53'  Bukayo Saka
53'  Takehiro Tomiyasu
82'  Gabriel Martinelli (Leandro Trossard)
90'  Edward Nketiah
90'  Martin Oedegaard (Rob Holding)
17'  Marcus Rashford
17'  Bruno Fernandes
47'  Antony
59'  Lisandro Martinez
71'  Antony (Fred)
83'  Luke Shaw
90'  Raphael Varane (Alejandro Garnacho)


90+5. O'yin yakunlandi!

90+1. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berilgan. 

90+1. Gol hisobga olindi - 3:2!

90+1. Gol bo'lgan holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. 

Zinchenko chap qanotdan to'pni Edegorga uzatdi, Martin to'pni Nketiaga berdi, Eddi esa gol urdi!

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Arsenal"dan ajoyib kambek!!!

85. O'yin so'nggiga qarab borar ekan "Arsenal"ning bosimi ortib bormoqda. 

78. Endi xavf mezbonlardan. Martinellining zarbasi rekoshetga uchradi. 

77. Reshford katta tezlikda oldinga o'tib ketdi, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, biroq to'pni darvozabondan o'tkazdi, o'zi esa o'ta olmay yiqildi. 

70. Sakaning darvoza tomon yo'llagan aylanma zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

66. Edegor juda qulay poziciyadan zarba berdi, biroq noaniq to'p rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

64. Saka jarima maydonchasiga kirib borib to'pni erlatib uzatdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

60. O'yinning uchdan ikki qismi ortda qoldi. Muxlislar hozirgacha 4 ta gol ko'rishdi. Xo'sh, buyog'iga qanday bo'ladi, kuzatamiz!

Burchakdan uzatilgan to'p qaytarilgandek bo'ldi, Martinez esa boshi bilan zarba berib, to'pni darvrzaga kiritdi!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MYU hisobni tenglashtirdi!

56. Manchesterliklar faollikni oshirmoqda. Jamoa hujumda faollashdi.

Bukayo Sakaning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi golga aylandi!

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Saka londonliklarni oldinga olib chiqdi!

50. Bo'lim juda qizg'in boshlandi. Kombinaciyalar, qarshi hujumlar, bir so'z bilan aytganda maydon "yonmoqda".

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Zinchenkoning darvoza tomon erlatib bergan zarbasi noaniq ketdi. 

37. O'yin tempi biroz tushdi, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

28. Maktomineyning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasini de Xea qaytardi.

Jakaning chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Nketia boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nketia hisobni tenglashtirdi!

22. Martinellining yana bir zarbasi noaniq bo'ldi.

20. Mezbonlar gol o'tkazib yuborganlaridan keyin yanada faollashdi.

"Arsenal" futbolchisi oldinga o'tishda xatoga yo'l qo'ydi va to'pni oldirib qo'ydi, Reshford o'ziga uzatilgan to'pni qabul qilib olib ikki raqib futbolchisidan o'tdi va darvoza tomon zarba berdi - to'p darvoza to'rida!

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MYU hisobni ochdi!

9. Martinellining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

6. Brunu raqib jarima maydonchasi ichida Remsdeylga urilib yiqildi, hakam ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagan deb topildi.

3. "Arsenal" ilk daqiqalardan anchagina faol. Jaka chap qanotdan erlatib uzatgan to'pini Partey darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика