So’nggi yangiliklar

12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ҳимоячи учун кураш олиб боради  0 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   0 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  0 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  0 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   2 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  5 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  11 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  1

APL. "Man Siti" "Arsenal"ni engib, 2-o'rindagi "Lester"dan 10 ochko oldinga o'tib oldi Yangiliklar

APL. "Man Siti" "Arsenal"ni engib, 2-o'rindagi "Lester"dan 10 ochko oldinga o'tib oldi

Angliya chempionati 25-turidan o'rin olgan qarama-qarshilik matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"Arsenal" – "Manchester Siti" 0:1  

"Emireyts"

Gol: Sterling 2'

"Arsenal" – Leno, Tirni, Xolding (David Luiz, 82), Mari, Belerin, El-Nenni (Sebalos, 86), Edegor (Lyakazett, 74), Saka, Jaka, Pepe (Smit-Rou, 74), Obameyang.

"Manchester Siti" – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, de Bryuyne (Jezus, 63), Fernandino, Maxrez, Gyundogan, Sterling, Bernardu Silva.

Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (52), Jaka (53), Joau Kanselu (64), Belerin (87). 

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. David Luiz Diashga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

89. Fernandino Lyakazettga nisbatan qoidani buzdi. 

87. Jezusga nisbatan keskin o'ynagan Belerin ogohlantirildi. 

86. "Arsenal"da almashtirish: El-Nenni o'rniga Sebalos maydonga tushdi. 

82. "Arsenal"da o'zgarish: Xolding o'rniga David Luiz o'yinni davom ettiradi. 

80. Uuuuxx!  Kanselu yaqin masofadan butsasining tashqi tarafi orqali dahshatli zarba yo'lladi, sal noaniq. Bu holatda "Arsenal"ning omadi keldi.   

75. Kanselu maydon markazida Jakadan zarba qabul qilib oldi, hakam qoida buzish qayd etdi.

74. "Arsenal"da 2 ta almashtirish: Edegor o'rniga Lyakazett, Pepe o'rniga Smit-Rou tushdi.

73. Zarba!  El-Nenni uzoq masofadan darvozani nishonga olishgu urindi, noaniq. 

70. Martin Edegor standartdan kutilganidek uzatmani namoyish eta olmadi, Ederson o'z darvozasidan chiqib kelib, to'pni egallab oldi.

66. Tirni to'pni ichkariga uzatib berdi, Stounz Obameyangga "podkat" orqali qarshilik ko'rsatdi.  

64. Joau Kanselu Tirniga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

63. "Manchester Siti"da o'zgarish: de Bryuyne o'rniga Jezus tushirildi. 

60. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 43% – 57%

56. Ilkay Gyundogan jarima maydoni chizig'idan darvoza tomon zarba yo'lladi, Bernd Lenodan qoyilmaqom seyv!  "Manchester Siti" burchak to'piga ega chiqdi.

53. Jaka Sterlingga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

52. Bernardu Silva taktik folga qo'l urdi va sariq kartochka oldi. Jabrdiyda – Saka.

48. Uuuuxx!  Zinchenko chap qanotdan oldinga borib, de Bryuynega pas berdi, Kevinning qoyilmaqom tarzda chap oyoqda bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.  

46. "Arsenal" ikkinchi bo'limni boshlab berdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

44. Zarba!  Pepening o'tkir burchak tomon yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi. 

41. "Arsenal" vanihoyat burchak to'piga ega bo'ldi, "kanonirlar" ham vaziyatlar yaratish ustida ish olib borishmoqda. 

39. Diash maydon markazida Obameyangga nichbatan qo'pol o'ynadi, hakam futbolchini ayadi va sariq kartochka ko'rsatmadi.

38. Belerin qanot orqali tezlik oldi va ichkariga Edegorga pas berdi, u esa jamoadoshini tushunmadi hamda to'p tomon intilmadi.

37. Silva Maxrezni ohista pas bilan taminlashni xohladi, biroq to'pga birinchi bo'lib Leno etib keldi.

35. Ektor Belerinning pasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga erishdilar.

33. Zinchenko qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Sterling Tirni bilan kurashib, bosh bilan zarba berishning uddasidan chiqmadi.  

30. Kiran Tirnidan zarba!  Ederson barchasini nazorat ostida ushlab turibdi. 

26.  "Siti"dan kuchli bosim. Bernardu Silva Leno darvozasi oldida xavf yuzaga keltirdi. 

25. Maxrezdan pas.  Uzatma yomon emas, ammo uning sheriklari to'pgi ulgurishmadi, mezbonlar himoyachilari ham ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf qilishdi. 

21. Kevin de Bryuyne oldingi chiziqda keskinlikni yuzaga keltirmoqchi bo'ldi, ammo himoyachilar sergak turishdi va to'pni qaytarishdi. 

18. Saka va Tirni o'zaro "devor" uslubida kombinaciyani amalga oshirishdi, yakunda Sakaning zarbasi jamoadoshi Obameyangga tegib qoldi va ofsayd qayd qilindi.  

15. Kevin de Bryuyne juda kuchli uo'atmani ko'rsatdi. To'pni Ilkay Gyundogan qabul qila olmadi, "Arsenal" posboni Leno to'pni o'yinga kiritib beradi. 

11. "SHaharliklar" o'yinchilari o'zaro pas o'ynashmoqda. Bu bo'yicha jamoalar ko'rchatkichi: 29% - 71%.  Qiziq, "Arsenal"ning o'ynash niyati bormi?  Kutamiz. 

8. Zarba!  Riyad Maxrezning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. "Manchester Siti" burchak to'pi ishlab oldi.

4. Yana Maxrez to'p bilan, uning de Bryuyne tomon uzatmasini raqiblar payqab qolishdi.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Rahim Sterling hisobni ochdi – 0:1!   Maxrez qanotda faollik ko'rchatib, to'pni ichkariga qulay qilib etkazib berdi, Sterling esa Lenoga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda bosh bilan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi.

1. O'yin boshlandi! 

- Bahs Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun APL 25-turida "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ni mehmon qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 choat ichida siz bilan birgalkida kuzatib boramiz. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика