

Mazkur tur doirasida "Emireyts"ga safar qilga Karlo Anchelotti shogirdlari quruq qo'l bilan ortga qaytadigan bo'lishdi. Gollarga boy bo'lgan bahsda "to'pchilar"ning qo'li baland keldi. Ushbu g'alabadan keyin "Arsenal" musobaqa jadvlida yuqorilab, "Everton"dan o'zib ketdi.
APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Arsenal – Everton 3:2
23 fevral, 21.30, Emireyts
Gollar:
0:1 – 1 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 27 Nketia, 2:1 – 33 Obameyang, 2:2 – 45 Risharlison, 3:2 – 46 Obameyang.
Arsenal – Leno, Kolashinac (Saka, 18), David Luiz, Mustafi, Belerin, Sebalos (Torreyra, 76), Ozil (Genduzi, 82), Djaka, Pepe, Nketia, Obameyang.
Everton – Pikford, Sidibe, Mina, Xolgeyt, Beyns, Sigurdsson, Shnayderlin (Andre Gomesh, 59), Ivobi (Bernard, 60), Delf (Kin, 82), Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar:
Shnayderlin (31), Risharlison (45), Sigurdsson (73), Andre Gomesh (90).




