So’nggi yangiliklar

08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  0 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  1 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  0 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  2 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  2 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  4 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3

APL 24-turidan keyin biz bilgan etti fakt Yangiliklar

APL 24-turidan keyin biz bilgan etti fakt

O'tgan hafta o'rtasidagi uchrashuvlar “Tumanli Albion”da noodatiy tarzda o'tdi. Birato'la top-6likning to'rt jamoasi ochko yo'qotdi.

Turning asosiy voqealarini quyida ko'rib chiqamiz.

“Manchester Siti” to'rtinchi marta yutqazdi.

Pep Gvardiola shogirdlari hozirning o'zida o'tgan mavsumga nisbatan ikki marta ko'proq mag'lubiyatga uchrashga ulgurdi. Endi ularda yuz ochkolik marraga erishish uchun matematik jihatdan ham imkoniyat qolmadi. Lekin eng asosiysi, ular bilan “Liverpul” o'rtasidagi farq oshdi.

“Siti”ning “Nyukasl” uyidagi mag'lubiyati katta syurprizga aylandi. Umuman olganda, Rafa Benites jamoasi grandlarni doimo qiyin ahvolga tushurib qo'yadi. Lekin o'sha o'yinlarning deyarli barchasi klubning minimal hisobdagi mag'lubiyati bilan yakuniga etar edi. Bu safar uchrashuv "qarg'alar" uchun falokat bilan boshlandi. Ammo ular yakunda ular nafaqat mag'lubiyatdan qutilib qolishdi, balki uch ochkoni ham qo'lga kiritishdi. Biroq bu natijani shunchaki tasodif deb bo'lmaydi. CHunki ular amaldagi chempionlarni o'z darvozalari oldida vaziyatlar yaratishlariga deyarli imkon berishmadi. SHuningdek, juda ko'p oddiy xatolardan foydalanishdi. “Ajoyib yanvar”ni “shaharliklar” ajoyib tarzda yakunlay olishmadi. Lekin ularning baxtiga “Liverpul” ham bu muvaffaqiyatsizlikdan to'la foydalana olmadi.

"Lester" yana grandlarni ranjitmoqda.

Yurgen Klopp jamoasi asosiy raqobatchisiga o'xshab bahsni bir gol ustunligi bilan boshlagan bo'lsa-da, yakunda o'z uyida g'alaba qozona olmadi. Ko'p gol urilmagan va yaxshi vaziyat yaratilmagan duranglardan amaldagi etakchilar bu mavsum chiqib keta olishmayapti.  Bu safar jamoa “tulkilar”ga kuchli bosim uyushtira olmadi. Klopp noqulay ob-havo sharoiti va jamoasiga berilmagan penaltidan (aslida u qadar ham haqqoniy emas) shikoyat qilishi mumkin, lekin raqib jamoa murabbiyi Klod Pyuel to'la haq edi.

Uning jamoasi "Liverpul"ga o'yin tizginini berib qo'ydi va ikkinchi rolda o'ynadi. Ammo xavfli vaziyatlarni ko'proq yaratdi. Nima bo'lganda ham, “tulkilar” grand jamoalarga qarshi qanday o'ynash kerakligini o'rganishgan va aynan shu jihat “qizillar”ning omadsizligidagi asosiy omil bo'ldi. Ha, etakchilar ikkinchi o'rin bilan farqni etti ochkoga etkazish imkoniyatini ko'kka sovurishganidan qancha asabiylashishmasin, ular aynan shunday bahslarda qanday o'ynashni biladigan jamoaga qarshi maydonga chiqqanliklarini unutishmasliklari lozim.

Sulsherning “Yunayted”i  birinchi marta g'alaba qozona olmadi.

“Bernli”ga qarshi "Manchester Yunayted" xuddi o'tgan mavsumda “Old Trafford”da bo'lib o'tgan o'yin bilan bir xil o'yinni ko'rsatdi. Favoritlar raqibga yana ikki to'p farqini yuzaga keltirishga imkoniyat berishdi va yana qo'shimcha daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. “Qizil iblislar” ni bu natija uchun tanqid qilish o'rinsiz, chunki jamoa fantastik seriya ko'rsatdi va uning oxiri ham qachondir bo'lishi kerak edi.

SHunga qaramay Sulsher birinchi mara “MYU” murabbiyi sifatida g'alaba qozona olmadi, lekin u hali ham mag'lubiyatga uchramadi. Pol Pogba esa o'zining penaltidan gol urish bo'yicha statistikasini yaxshiladi. Sulsherning mag'lubiyatsiz seriyasi uzoq davom etarmikan? CHunki jamoa olidida oddiy bo'lamagan kalendar turibdi. “Fulxem”  va “Lester” ga qarshi o'yinlar turli sabablarga ko'ra jamoaga muammolar tug'dirishi mumkin, keyin esa “CHelsi”, “PSJ” va “Liverpul” kutib turibdi.

“Fulxem”da umid etarli.

“Sautgempton”, “Nyukasl” va “Bernli”ning rivojlanishi shuni ko'rsatgandek ediki, quyi divizionga tushib ketishga faqat “Xaddersfild” mahkum emas. Lekin Klaudio Raneri jamoasi ayni kerakli vaqtda pand berishmadi: ular uyda “uy jamoasi” bo'lgan “Bernli”ni mag'lubiyaga uchrata olishdi. SHuni takidlab o'tish kerakki, “Brayton” ham ayni damda o'zini juda qulay his qilmayapti.

To'g'ri bu erda hammasi optimistik tarzda boshlanmadi. Glen Myurreyning tezkor dubli “Fulxem”ga juda kam imkoniyat qoldirdi, lekin bu imkoniyatdan ular tanaffusdan keyin foydalanishdi. Kerakli payda hujumga o'tish jamoaga kerakli natijani keltirdi. Jamoani oldinga undagan ajoyib golni Kallum CHambers urdi. Keyinroq “dala hovlichilar” Aleksandr Mitrovichning gollari bilan 4:2 hisobida  g'alaba qozonishdi. Londonliklar shuni tushunishlari kerakki, ularda jon saqlab qolish uchun kerakli bo'lgan hujumkor o'yinchilar xarakteri va klass etarli.

“Vest Xem”ga aniq baho berib bo'lmaydi.

Manuel Pellegrini o'zining shogirdlarini uyg'otishning boshqa yo'llarini topishi kerak. “Uimbldon” dan uchralgan kubokdagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiy natijani uyatli sifatida baholagan bo'lsa,  Primer-ligada  “Vulverxempton” dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatdan so'ng aytarli so'z aytmagan edi.

Bu paradoksga o'xshaydi, chunki jamoa oldingi turlarda “Arsenal” ni o'zgacha uslubda, ajoyib tarzda mag'lubiyaga uchratgan edi.  “Vest Xem”ning o'yini haqida oldindan hech narsa aytib bo'lmaydi. Ularning parvozi va qulashi aniq bir sababga ega emas. “Bo'rilar”ga qarshi hammasi haqiqatdan ham yomon bo'ldi: shunday deyish mumkinki, jamoa o'yinchilarining oyog'i shunchaki ishlamay qoldi va jamoa 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. O'yindan so'ng Pablo Sabaleta Arnautovichning jamoadan ketishni xohlagani jamoa o'yiniga yomon tasir qilganini aytdi, lekin faktlar buning aksini ko'rsatmoqda: Arnautovichning ketishi haqidagi mish-mishlar urchigan paytida jamoa natijalari nisbatan yaxshiroq edi. Bunday qarama-qarshiliklarning sababi nimada, murabbiy ham ehtimol bilmaydi.

“Bornmut” yana “CHelsi”ni dog'da qoldirdi.

Eddi Xau jamoasi o'tgan qishda ham “Stemford Bridj” da “CHelsi”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgandi. Lekin Bornmutda bu bayram bunchalik tez takrorlanishini kutmagan edilar. Bu safargisi esa olingisidan ham ajoyib tarzda o'tdi. Jamoa o'z muxlislari ko'z o'ngida favoritni to'rtta gol bilan jazoladi. Qizig'i shundaki, “Sarribol” o'ynayogan jamoa barcha gollarni bir taymda, yani ikkinchi taymda o'tkazib yubordi.

Hozirgi “CHelsi” uchun odatiy bo'lsa ham, “Bornmut” ning o'yin uchun rejasi o'zini ajoyib tarzda oqladi. Maurisio Sarri jamoasi chempionatning oxirgi to'rt turida faqat bir o'yindagina gol ura oldi, xolos. “Bornmut” bilan “ko'klar”ning so'nggi raqiblari orasida farq shunda ediki, Eddi Xau shogirdlari ajoyib qarshi hujumlar tashkil etishdi va ularni maromiga etkazib ijro etishdi. “CHelsi” ga Gonsalo Iguainning chempionatdagi debyuti ham yordam bera olmadi. U va uning sheriklari yirik hisobga javoban bironta gol ura olishmadi. Ikkita kubokdagi muvaffaqiyatdan so'ng, Sarri shogirdlari erga tushgandek bo'lishdi va murabbiy bu o'yinchilarni ruhlantirish naqadar qiyinligini aytib o'tdi.

Son qaytdi, “Tottenxem” g'alaba qozondi.

Agar  Xarri Keyn bo'lmasa, “Tottenxem”ga har ehtimolga qarshi Son Xyon Min kerak. O'tgan haftada “SHpor”lar ikki kubokdan chiqib ketishgan bo'lsa, bu g'alaba ularga chempionadagi g'alabali yo'lga qaytish bo'ldi.  Buni tasodif deb atash qiyin bo'lsada, lekin  aynan koreysning kuchli zarbasi o'yin oxirida hisobni tenglashtirdi. “Uotford” ustidan qozonilgan g'alaba qiyinchilik bilan qo'lga kiritilgan bo'lsada, buni haqli va mehnat qilib erishilgan deyish mumkin.

Sonning qaytishi katta xursanchilik bo'lsa, “Tottenxem” muxlislari Fernando Lorentening golidan ikki hissa quvonishdi. Xarri Keynning o'rinbosari ikki ajoyib golli vaziyatni ko'kka sovurdi, lekin aynan uning urgan goli jamoaga g'alaba keltirdi. Pochettino foydalanilmagan imkoniyatlardan keyin  ham uni o'yindan olmadi. CHunki Fernandoga o'ziga ishonch kerak edi va u bunga mazkur golidan keyin erishishi kerak.


Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика