So’nggi yangiliklar

15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  0 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  0 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  15 14:51Постекоглу: "Арсенал" ўйинни назорат қилди, бу нормал ҳолат эмас"  0 14:26"Локомотив" ўртоқлик учрашувида "Хоразм"ни енгди  4 14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  12 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  2 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  4 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  10 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  2 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  9

APL. 24-tur prevyusi Yangiliklar

APL. 24-tur prevyusi

Teglar :  APLPrevyu
Bugun Angliyada Premer-liganing 24-turiga start beriladi.

Turni ochib beruvchi markaziy o'yinga bag'ishlangan prevyuni avvalroq etiboringizga havola etgan edik. Quyida qolgan o'yinlar prevyusini o'qishingiz mumkin.

APL, 24-tur
"Kristal Pelas" – "Sanderlend"

04.02.2017, 20:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Kristal Pelas" qishki transfer oynasida bir qator yangi o'yinchilarni xarid qildi. Lekin, yangilardan SHlupp va Sakolarning xizmatidan foydalana olmaydi. Van Anxolt esa oldingi o'yindagi kabi maydonga tusha oladi. Sem Ellardays shogirdlari 23-turda "Bornmut"ni safarda engishdi va bu turga yaxshi kayfiyatda kelishdi. "Sanderlend"ning holati ham yomon emas, har holda jamoa o'tgan tur "Tottenxem"dan ochko tortib oldi.

Qiziq:

- "Kristal Pelas" bu mavsum uyda eng kam 7 ochko jamg'argan klub (2 g'alaba, 1 durang, 8 mag'lubiyat);
- Jermeyn Defo "Pelas"ga qarshi oxirgi beshta Premer-liga o'yinida 4ta gol urgan;
- Kristian Benteke APLda qolgan jamoalarga qaraganda, "Sanderlend"ga ko'proq gol urgan (7ta gol).



"Everton" – "Bornmut"
04.02.2017, 20:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Maykl Jons (CHester)

Tajribali ijrochilarga ega bo'lgan "Everton" bu turda "Bornmut"ni qabul qiladi. Eddi Xau shogirdlari avvalgi turda o'z maydonlarida yutqazib qo'yishgan va bugun "Gudison Park"da ham ularni katta sinov kutib turibdi. Bu o'yinda mezbonlarning imkoniyatini yuqoriroq baholash mumkin.

Qiziq:

- Birinchi davradagi 1:0 hisobidagi g'alaba "Bornmut"ning "Everton" ustidan barcha musobaqalar doirasida oxirgi ettita uchrashuvdagi yagona yutug'i hisoblanadi (1 g'alaba, 1 durang, 5 mag'lubiyat);
- "Everton" ayni paytga kelib "Gudison Park"da 2015-2016 yilgi mavsumdagiga qaragan 1 ochko kam jamg'argan (22 ochko);
- Ross Barkli bu mavsum eng ko'p golli vaziyatlar yaratgan ingliz futbolchisi hisoblanadi (48ta).


"Xall Siti" – "Liverpul"
04.02.2017, 20:00
"Key Si"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

Oldingi turda darvozabon Yakupovich ko'rsatgan fantastik o'yin sabab MYUdan safarda ochko tortib olgan "Xall Siti"ni bu safar chempionatning eng "yovvoyi" jamoasiga qarshi bahs kutib turibdi. "Liverpul" tarkibida Mane asosiy tarkibda tushishi mumkin. Bunday holatda "qizillar" Lallana - Koutino - Mane - Firmino to'rtligidan foydalanish imkoniga ega bo'ladi. Bu esa raqibga katta bosim o'tkazishi aniq.

Qiziq:

- "Xall Siti" APLda "Liverpul"ga qarshi oxirgi to'rtta uy uchrashuvidan faqat bittasini yutqazgan, ikkitasini esa yutgan (2 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- Jeyms Milner "Xall"ga qarshi oxirgi oltita Premer-liga uchrashuvida 6ta golda ishtirok etgan (5ta gol, 1ta golli pas).



"Sautgempton" – "Vest Xem"
04.02.2017, 20:00
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Grem Skott (Oksfordshir)

CHempionat autsayderlaridan biri bo'lgan "Suonsi"dan uchralgan mag'lubiyat "Sautgempton"ning ahvoli yaxshi emasligini anglatadi. kamiga asosiy himoyachi Van Deyk uzoq muddatga safdan chiqdi. "Vest Xem" "Man. Siti"dan uchralgan qaqshatqich zarbaning alamini "avliyolar"dan olishga urinadi.

Qiziq:

- "Sautgempton" Premer-ligada "Vest Xem"ga qarshi so'nggi ikkita o'yinni o'z foydalariga hal etishgan. Ular "Vest Xem"ni 1998 yilning aprelidan buyon ketma-ket uchta o'yinda mag'lub etishmagan;
- "Vest Xem" APLda "avliyolar"ga qarshi oxirgi ettita safar o'yinida g'alaba qozonmagan (4 durang, 3 mag'lubiyat);
- Endi Kerroll Premer-liganing oxirgi to'qqizta safar o'yinida 6ta golda ishtirok etgan (5 gol, 1 golli pas).


"Uotford" – "Bernli"
04.02.2017, 20:00
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

"Arsenal"ni safarda engib, o'tgan turning eng katta shov-shuvini ko'targan "Uotford" bu safar "Bernli"ni mehmon qiladi. "Bernli" o'z maydonida qanchalik xavfli bo'lsa, safarda shunchalik ojiz. Har holda, natijalar shunday xulosa chiqarish uchun etarli. Bu qarama-qarshilikda Maccari shogirdlarining imkoniyatlarini biroz yuqoriroq baholaymiz.

Qiziq:

- Bu jamoalarning yuqori liga doirasida "Vikarij Roud"da o'tkazgan o'zaro dastlabki uchrashuvi bo'ladi;
- "Bernli" bu mavsum chempionatdagi 10ta safar o'yinida bor yo'g'i 1 ochko yiqqan (0 g'alaba, 1 durang, 9 mag'lubiyat), ana shu o'nta bahsda to'rtta gol urilgan;
- Troy Dini "Bernli"ga qarshi oxirgi uchta liga o'yinining barchasida gol urgan.



"Vest Bromvich" – "Stok Siti"
04.02.2017, 20:00
"Xautorns"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

"Vest Bromvich" bu mavsum o'z maydonida ko'tarinki ruhda o'ynamoqda. Jamoaning hujum uchligi bo'lgan Brant - Fillips - Rondon so'nggi paytlarda samaradorlikni biroz pasaytirdi. Balki, shu uchrashuvda ular o'zlarini yorqinroq namoyish etishar. "Stok Siti" esa chempionatda "chaqilmas yong'oq" hisoblanadi. Ular har qanday raqibga qarshi turib berishlari mumkin, o'z navbatida kuchsizroq jamoalarga qarshi taslim bo'lishlari ham tez-tez uchrab turadi.

Qiziq:

- "Vest Bromvich" "Stok"ka qarshi oxirgi to'rtta chempionat o'yinida yutqazmagan (3 g'alaba, 1 durang);
- Piter Krauch oxirgi beshta APL o'yinidan to'rttasida gol urgan;
- "Bromvich" hozirning o'zida uy o'yinlarida o'tgan yilgidan bitta ko'p gol urgan (21ta gol).


"Tottenxem" – "Midlsbro"
04.02.2017, 22:30
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

"Tottenxem" hujumlarida asosiy qurollardan biri bo'lib qolgan Denni Rouz jarohat olgan va katta ehtimol bilan bugun o'ynamaydi. Uning o'rnida chap qanotda o'ynashi mumkin bo'lgan Vertongenda ham jarohat bor. Demak, Pochettino yosh himoyachilaridan biriga imkon berishga majbur bo'ladi. SHunga qaramay, bu juftlikda ustunlik to'lig'icha "shporlar" tomonida.

Qiziq:

- "Tottenxem" CHempionshipdan chiqqan jamoalarga qarshi oxirgi 27ta Premer-liga o'yinidan 25tasida g'alaba qozongan;
- "SHporlar" chempionatda so'nggi oltita uy uchrashuvida g'alaba qozonishgan, uy o'yinlaridagi eng uzun g'alabali seriya 8ta o'yinga teng (2009 yil, avgust);
- Faqatgina "CHelsi" (10) va "Tottenxem" (11) bu mavsum APL safar o'yinlarida "Midlsbro"dan kamroq gol o'tkazib yuborgan (12).



"Manchester Siti" – "Suonsi"
05.02.2017, 18:30
"Etixad Stedium"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

Ertangi kunning dastlabki bahsida katta ustunlik mezbonlar tomonida bo'lishi mumkin. Sababi, "shaharliklar" oldingi turda "Vest Xem"ni savalashdi va ayni paytda o'zlariga kelib olganliklarini ko'rsatib qo'yishdi. Yangi futbolchi Gabriel Jezus Agueroning o'rniga birinchi bor asosiy tarkibda tushirilganidayoq gol+pasni amalga oshirdi. U o'ziga berilgan imkoniyatdan birinchi urinishning o'zida foydalandi. Buyog'i Gvardiolaga bosh og'rig'i. Pep bu safar asosiy tarkib uchun Aguero va Jezuslardan birini tanlashi kerak. Balki, ikkisini ham tushirib, braziliyalikni qanotga olishi ham mumkin.

Qiziq:

- "Manchester Siti" jamoasi "Suonsi"ga qarshi oxirgi 11ta Premer-liga o'yinidan faqat bittasini yutqazgan (8 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Suonsi" APLda "Etixad stedium"ga uyushtirgan beshta safaridan barchasida engilgan. Ana shu uchrashuvlarda o'z darvozasidan 12ta to'p olib chiqib, bor yo'g'i ikkita gol urgan;
- Pol Klement "Suonsi" bosh murabbiyi sifatida to'rtta Premer-liga o'yinidan uchtasini yutdi.



"Lester" – "Manchester Yunayted"
05.02.2017, 21:00
"King Pauer"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

Amaldagi chempion "Lester" muvaffaqiyatsizligini davom ettiradimi? O'yinlarda katta ustunlikka ega bo'lsa-da, doim ham g'alabani o'z tomoniga og'dira olmayotgan "Manchester Yunayted" balki bu safar imkoniyatlaridan foydanalib uch ochkoni qo'lga kiritar. "Lester" tarkibida Slimanida kichik jarohat bor, shuning uchun Raneri uni maydonga tushirib tavakkal qilmasa kerak. MYUda esa Fil Jons jarohat olgan. Qolganlar esa o'ynashga tayyor.

Qiziq:

- "Manchester Yunayted" jamoasi "Lester"ga qarshi barcha musobaqalardagi oxirgi 17ta uchrashuvdan faqat bittasini yutqazgan (13 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Qizil iblislar" Premer-ligada 14ta o'yindan beri yutqazishmagan (7 g'alaba, 7 durang);
- Jeymi Vardi "Manchester Yunayted"ga qarshi "King Pauer"da o'tkazilgan ikkita Premer-liga o'yinida to'rtta golda ishtirok etgan (2ta gol, 2ta golli pas).



Premer-liga turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida bugun yangi "3xPLUS League" sovrinli liga ishga tushadi. Jamoa tuzing va sovrinlarni yutib oling. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика