APL-2014/2015: Dastlabki golni koreyalik futbolchi urdi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2014, 17:27
Bugun Angliya premer ligasida yangi mavsum start oldi.
"Manchester Yunayted" - "Suonsi" o'rtasidagi bahs bilan boshlangan yangi chempionatdagi ilk gol o'zini ko'p kuttirgani yo'q.

Uchrashuvning 27-daqiqasida "Suonsi" yarim himoyachisi Ki Son En mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi. Aynan mana shu gol 2014/2015 yilgi mavsumda birinchisi bo'lib tarixga kirdi.

Dastlabki sariq kartochkani "Suonsi" vakili Natan Dayer 26-daqiqada "qo'lga kiritdi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia