So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  6 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

APL. 17-tur natijalari va musobaqa jadvali bilan tanishing Yangiliklar

APL. 17-tur natijalari va musobaqa jadvali bilan tanishing

Angliya Premer-ligasi 17-turi deyarli ortda qoldi.

Bugun "Kristal Pelas" - "Brayton" uchrashuvi mazkur turni yopib beradi. Ortda qolgan "uik-end" qiziqarli, kutilgan va kutilmagan voqealari bilan yodda qoldi. "CHelsi"ning mag'lub bo'lishi, "Lester" o'z uyida "Norvich"ni enga olmagani qaysidir manoda sensaciya sifatida qayd etildi. "Manchester Yunayted" va "'Everton" jamoalari 1:1 hisobida durang o'ynashgan bo'lsa, "Tottenhem" so'nggi daqiqalarda "Vulverxempton" maydonida g'alabani ilib ketdi.



Turning markaziy o'yinda "Manchester Siti" yarim himoyachi Kevin de Bryuynening fantastik o'yini orqali "'Emireyts"da yirik hisobda g'alaba qozondi va "tulkilar" bilan oradagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi. 



Ayni vaqtda "Liverpul" 49, "Lester" 39, "Manchester Siti" 35 ochko jamg'argan holda APLda kuchli uchlikni band etishgan. Keyingi o'rinlarda "uyg'onish" davrini boshidan o'tkazayotgan jamoalar: "CHelsi", "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" borishmoqda. 

"Arsenal"da ishlar yaxshi emas. Freddi Yungberg hali bunday top darajadagi klubni boshqarishga tayyor emasligi sezilib qolmoqda.  Balki yaqin fursat ichida "Manchester Siti"da Pep Gvardiola yordamchisi sifatida ishlayotgan Mikel Artetani "kanonirlar" bilan shartnoma imzolaganini eshitib qolarmiz. Nima bo'lganda ham, hozir londonliklar hammasini boshidan boshlashlari uchun yaxshi bir mutaxassis topishlari lozim. 

So'nggi pog'onalarda "Uotford", "Norvich", "Sautgempton" va "Aston Villa" klublari ligada jon saqlab qolish maqsadida kurash olib borishmoqda. Ular o'tkazgan o'yinlaridan ham kam ochko to'plashgan va og'ir vaziyatda turishibdi.



O'tkazilgan 17-turdan keyin "Lester" forvardi Jeymi Vardi 16 ta gol bilan to'purarlar poygasida yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. U yaqin taqibchisi Temmi Abraxamdan "CHelsi" 5 ta golga ilgarilab ketgan. Qiziq bir malumotni aytinb o'tish kerak, 17-turda Vardiga Fantasy Premier League da juda ko'pchilik ishonch bildirishgandi (105 000 dan ko'p inson uch karra sardor, yani gol urganda 3 barobar ko'p ochko beradigan "rejim"ida Vardini tanlashgandi). CHunki, Vardi 9-turdan beri ketma-ket gollar urib juda muhim ochkolarini taqdim etgan. Qatorasiga 8 o'yinda 11 ta gol va 4 ta assist qayd etgan futbolchiga kim ishonch bildirmasligi mumkin?



Assistlar bo'yicha "Manchester Siti" azosi Kevin de Bryuyne peshqadam — 10 ta assist. Ikkinchi o'rinda Son Xyon Min (7 ta) borayotgan bo'lsa, kuchli uchlikdan 6 tadan muvaffaqiyatli uzatma bergan Aleksandr-Arnold va David Silvalar o'rin olishgan. 



Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика