So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

APL. 14-tur prevyusi Yangiliklar

APL. 14-tur prevyusi

Teglar :  APL
Angliya Premer-ligasiningsh 14-tur uchrashuvlarini "Manchester Siti" - "CHelsi" bahsi ochib beradi.

"Manchester Siti" - "CHelsi"

"Manchester Siti" "Kristal Pelas" va "Byornli"ga qarshi so'nggi ikki bahsda iroda ko'rsatib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bunga jamoa etakchisi Yaya Turening qaytishi sabab bo'ldi. Ammo noyabr oyida "shaharliklar" "CHelsi"dek raqibga duch kelishmadi.

"CHelsi" hozir juda yaxshi formada, ular ketma-ket 7 ta uchrashuvda zafar quchishdi, to'plar nisbati esa 19-1. O'tgan turda "aristokratlar" 2:1 hisobida "Tottenxem"ni taslim etishgan. Birinchi bo'limda Konte jamoasi sust o'yin ko'rsatdi, ammo bo'limning so'nggi daqiqalarida Pedro ajoyib zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda ular "shporlar"dan bir bosh ustun edi. "CHelsi" himoyada ajoyib o'ynab, o'yinni boshqardi.


"SHaharliklar" o'z maydonida mag'lub bo'lmayapti, "CHelsi" esa qachon ochko yo'qotganini eslay olmaydi. Bu bahsda ikkala jamoa ham gol urishi va bahs 1:1 hisobida yakunlanishi mumkin.

Ushbu qarama-qarshilikka bag'ishlangan to'liq prevyuni quyidagi LINKda o'qishingiz mumkin.

Imkoniyatlar: 50% - 50%


"Vest Bromvich" - "Uotford"

"Vest Bromvich" chempionat etakchilaridan uchralgan bir nechta mag'lubiyatdan so'ng, yana ochko to'plashga kirishib ketishgan va so'nggi 3 ta uchrashuvda mag'lub bo'lishmadi va bu bahslarda 7 ochko ishlashdi. "Vest Bromvich" hujum va himoyada barqaror o'yin ko'rsatmoqda va aynan shu sabab Toni Pyulis shogirdlari 17 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi.

"Uotford" mezbonlar kabi mavsumni yaxshi o'tkazyapti va jamoa darvozaboni Eurelio Gomesning kutilmagan xatosi, o'tgan turda ochko olishga imkon bermadi. Ammo bu omadsizlik "Uotford"ning turnirdagi joyiga tasir qilmadi, ular 18 ochko bilan Premer-liga jadvalida 8-o'rinni egallab turishibdi.

"Vest Bromvich" joriy mavsumda uydagi 6 ta uchrashuvda 8 ochko, "Uotford" esa mehmondagi 6 bahslda shuncha ochko to'pladi. Jamoalar bu o'yinda durang qayd etishlari mumkin.

Imkoniyatlar: 50% - 50%


"Kristal Pelas" - "Sautgempton"

"Kristal Pelas"ning joriy mavsumdagi asosiy muammosi himoyadagi ishonchsiz o'yin bo'lib kelmoqda, jamoa o'tgan turda 4 ta gol urgan bo'lishiga qaramay, 4:5 hisobida "Suonsi"ga mag'lub bo'lishdi. Uels jamoasidan uchralgan mag'lubiyat "Kristal Pelas" uchun chempionatdagi ketma-ket 6-omadsizlik bo'ldi va Alan Pardyu istefosi tez orada amalga oshishi mumkin.

"Sautgempton" so'nggi haftani muvaffaqiyatli o'tkazdi, ular "Everton"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi, Angliya liga Kubogidan "Arsenal" chiqarib yuborildi (2:0). "Avliyolar"ning asosiy kuchi - himoyadagi ishonchli o'yin. Pyuel jamoasi mehmonda barqaror emas, ular 6 ta uchrashuvda bor-yo'g'i 5 ochko ishlashgan.


"Kristal Pelas" ko'p uryapti va o'tkazib yubormoqda, "Sautgempton" esa himoyada yaxshi o'ynab, qiyinchilik bilan gol urmoqda. Bu bahsda mehmonlarning qo'li baland kelishi mumkin.

Imkoniyatlar: 45% - 55%


"Sanderlend" - "Lester Siti"

O'tgan turda "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatga qaramasdan, Devid Moyes shogirdlari yaxshi o'yin o'tkazishdi, futbolchilarning ko'zlari yonib turgan edi. "Sanderlend" so'nggi uchrashuvlarda ancha jonlandi. Moyes jamoaning himoyadagi o'yinini ancha yaxshiladi va bu tezda natija bera boshladi.

"Lester" Angliya chempionatida umidlarni chippaka chiqarishda davom etmoqda, Raneri jamoasi ketma-ket 4 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti va ayni damda APL turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. Angliya chempionlarini xavfli hududdan bor-yo'g'i 2 ochko ajratib turibdi. "Tulkilar"ning mehmondagi juda yomon o'yini tufayli, ular 6 ta bahsda 1 ochko to'plashdi.

"Lester" so'nggi 4 ta bahsda "Sanderlend"ga mag'lub bo'lmayapti, ammo raqiblarning so'nggi natijalari va "tulkilar"ning statistikasi uchrashuv "qora mushuklar" foydasiga yakunlanishi mumkinligini aytmoqda.


"Stok Siti" - "Byornli"

"Stok Siti" mavsumni omadsizlik bilan boshladi, ammo ular hozir ajoyib formada va barqaror ochko to'plashmoqda. "Stok Siti" 16 ochko bilan ayni damda 11-o'rinni egallab turibdi va Xyuz jamoasi bu natijani yanada yaxshilashi mumkin.

"Byornli" - bu mavsumda uy jamoasi hisoblanadi, ular o'z stadionida muxlislari qarshisida har qanday jamoaga muammolar tug'dirishi mumkin. Daych jamoasi mehmonda juda yomon o'ynaydi, 5 ta uchrashuvning 4 tasida mag'lubiyat, bor-yo'g'i 1 ochko to'plangan.

"Stok Siti" yaxshi formada, "Byornli" esa mehmonda o'ynashni bilmaydi. Bu uchrashuvning natijasi qanday bo'lishini sezib turibsiz.

Imkoniyatlar: 60% - 40%


"Tottenxem" - "Suonsi"

"SHporlar" o'yinidagi inqiroz tufayli jamoa CHempionlar ligasini tark etdi, so'nggi turda esa ular "CHelsi"ga mag'lub bo'lishdi. Pochettino shogirdlari uydagi 6 ta uchrashuvda 14 ochko to'plashgan.

"Suonsi" barcha turnirlarda 11 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi, o'tgan turda esa ular "Kristal Pelas"ni 5:4 hisobida taslim etishdi. 3 ochko yaxshi, ammo "oqqushlar"ning himoyadagi o'yini ishonchli emas. "Suonsi" joriy mavsum mehmonda uydagidan ko'proq ochko to'plagan.


"Tottenxem" hech qachon "Suonsi"ga mag'lub bo'lmagan. Mezbonlar futbolchilarning saviyasi tufayli g'alabaga erishishi mumkin.

Imkoniyatlar: 60% - 40%


"Vest Xem" - "Arsenal"

"Vest Xem" 5 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi, o'tgan turda Bilich shogirdlari "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynashdi (1:1), chorshanbada esa ular Angliya liga Kubogida "qizil iblislar"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. "Bolg'aurarlar"ga barqarorlik etishmayapti, ular hozir 12 ochko bilan 16-o'rinni egallab turishibdi.

"Arsenal" ham Angliya liga Kubogidan chiqib ketishdi, "Sautgempton" "to'pchilar"ning 19 ta mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi. Ammo kubok bahsida "Arsenal" zaxiradagilari bilan o'ynadi, asosiy tarkib esa London derbisiga tayyorlandi. "Arsenal" 16 martdan beri mehmonda mag'lub bo'lmayapti.


"Arsenal" hozirgi holatida "Vest Xem"dan yaxshiroq ko'rinmoqda.

Imkoniyatlar: 45% - 55%


"Bornmut" - "Liverpul"

"Olchalar" so'nggi uchrashuvlarda juda sust o'yin ko'rsatishmoqda, ular so'nggi 5 uchrashuvda bor-yo'g'i 1 ta g'alabaga erishishdi. "Xall Siti"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng (1:6) jamoa o'ziga kela olmayapti.

"Liverpul" hozir o'z o'yinidan rohatlanmoqda. Ular mavsumning ketma-ket uchta o'yinida o'z darvozalarini quruq saqlashdi. "Qizillar" APLning ketma-ket 11 ta uchrashuvida mag'lub bo'lmayapti. "Liverpul" bu mavsum kim bilan qaerda o'ynashni o'ylayotgani yo'q, ular maydon bo'ylab harakatlanib, raqib darvozaboniga gol "sovg'a qilishmoqda". Ayni damda "Liverpul" 30 ochko bilan 2-o'rinda ketmoqda.

"Liverpul" "Bormunt"ga qarshi avvalgi 5 ta uchrashuvning barchasida g'alabaga erishgan, bu bahsda ham "qizillar"ning seriyasi davom etishiga shubhamiz yo'q.

Imkoniyatlar: 40% - 60%


"Everton" - "Manchester Yunayted"

Mavsumni juda yaxshi boshlagan "Everton" biroz sustlashdi. Ular so'nggi 9 ta uchrashuvda bor-yo'g'i 1 ta g'alabaga erishishdi. "Everton" kuchsiz raqiblar bilan uchrashuvlarda 19 ochko to'plab, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.

"Manchester Yunayted"ning joriy mavsumdagi o'yinini yoki jamoa ishtirokidagi bahs natijasini avvaldan aytishning iloji yo'q. "Feyenoord" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:0), MYU APLda "Vest Xem" bilan durang o'ynadi, ammo Angliya liga Kubogida xuddi shu jamoani 4:1 hisobida taslim etdi. "Qizil iblislar" 20 ochko bilan 6-o'rinda.


"Everton" inqirozda, "Manchester Yunayted"ning so'nggi ikki oydagi o'yinini tushuntirishning iloji yo'q. Bu bahsda natijani aytish juda qiyin.

Imkoniyatlar: 45% - 55%


"Midlsbro" - "Xall Siti"

"Midlsbro" sentyabrdagi yomon natijalardan so'ng o'ziga kelib oldi. "Arsenal", "Manchester Siti" va "Lester" bilan durang ularga ishonch bag'ishlagan bo'lsa ajab emas. Aytor Karanka shogirdlari kuchsizroq raqib bilan yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

"Xall Siti" va "Midlsbro" bu mavsum CHempionshipni tark etib, Premer-ligaga qo'shildi, ammo raqibdan farqli o'laroq, mavsumni yaxshi boshlagan "Xall" hozir yomon o'yin ko'rsatyapti. "Yo'lbarslar" himoyada ishonchsiz o'ynab, gol urishda qiynalishyapti. Ular so'nggi 10 ta uchrashuvda 1 ochko ishlashdi.

"Xall Siti" Angliya liga Kubogining yarim finaliga chiqdi, ammo ushbu g'alaba futbolchilarni jismonan charchatgan bo'lishi aniq. "Midlsbro" bu bahsda zafar quchishi mumkin.

Imkoniyatlar: 60% - 40%

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика