So’nggi yangiliklar

15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  2 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  21 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  4

APL-09/10. Mersisaydda 6ta gol urgan “to'pchilar”, “Uayt Xart Leyn”dagi markaziy o'yin va boshqa natijalar (2-son) Yangiliklar

APL-09/10. Mersisaydda 6ta gol urgan “to'pchilar”, “Uayt Xart Leyn”dagi markaziy o'yin va boshqa natijalar (2-son)

Teglar :  APL-2009/2010
Hozir 2009 yilning 15-16 avgust kunlarida o'tkazilgan 1-tur bahslariga to'xtalmoqchimiz.

APL. 2009-10 yilgi mavsumni birgalikda eslaymiz (1-son)

“Manchester Yunayted” – Roni yo'q, ammo Runi bor“Qizil iblislar” birinchi turni “Old Trafford”da “Birmingem”ga qarshi o'tkazishdi. O'yindan oldin Angliya matbuoti quyidagilar haqida gapirgan:

*Superkubok bahsida Fergyuson shogirdlari Karlo Anchelottining “CHelsi”siga mag'lub bo'lgani

*MYU “SHalke-04”ning 23 yoshli darvozaboni (Manuel Noyer)ga davogarlik qilayotgani

*“Valensiya” futbolchisi David Silvaning “Old Trafford”ga ko'chib o'tishi

*Van der Sarr va Vidichning jarohati.

"Manchester Yunayted" – "Birmingem" – 1:0

 Gol: Runi, 34.

 MYU: B. Foster, Fabio da Silva, J. Evans (Ues Braun, 75), O’SHi, Evra, D. Fletcher, Skoulz, Valensiya, Nani (Giggz, 46), Berbatov (Ouen, 74), Runi.

"Birmingem": Xart, Karr, Kedryu, Djonson, Vinyal, Karsli (Benites, 74), Fergyuson, Makfadden, Larsson (O'Shea, 81), Jerom (O'Konnor, 65).


O'yin taqdirini Runining yagona goli hal qilgan va Manchester nashrlari Ronalduning “Real”ga o'tib ketganiga shama qilib yuqoridagi sarlovhaga murojaat etishgandi. 

“Everton” darvozasini o'qqa tutgan “kanonirlar”

Arsen Vengerning “Arsenal”i Mersisaydda mehmon bo'ldi. O'yinga qadar “Barselona” Sesk Fabregas va Emanuel Ebuega qiziqish bildirayotgani, “Milan” Pirlo-Fabregas “rokirovka”sini amalga oshirmoqchiligi haqida gapirilgan bo'lsa, bellashuvdan keyin “Everton”ning sharmandaligi muhokama qilingandi.

"Everton" – "Arsenal" – 1:6

Gollar: Saa, 90 - Denilson, 26, Vermalen, 37, Gallas, 41, Fabregas, 48, 70, Eduardo, 89

"Everton": Xovard, Xibbert (Gosling, 59), Yobo, Leskott, Beyns, Fellayni, Keyxill, Osman (Saa, 58), Nevill, Pienar, Jo (Roduell, 58).

"Arsenal": Almuniya, Sanya, Vermalen, Gallas, Klishi, Bendtner (Ebue, 63), A.Song, Denilson, van Persi (Eduardo, 73), Fabregas (Remzi, 73), Arshavin.


Taqdirini standartlar hal qilgan markaziy bahs

Mazkur bellashuv atrofidagi eng katta voqelik Ferando Torres bilan yangi shartnoma imzolangani bo'lgan. 

O'yin avvalida mezbonlar tashabbusni qo'lga olishadi. “Liverpul”ni bir nechta vaziyatda Pepe Reyna qutqarib qolgan bo'lsa, Stiven Jerrad asosan uzoqdan yo'llangan zarbalari bilan yodda qolgan. Birinchi bo'lim oxirida yuzaga kelgan jarima zarbasidan “shporlar” unumli foydalanib qoldi. Dastlab, Tom Xaddlstoun tepgan to'p jonli devorga tegib ortga qaytadi, takroriy zarbani yo'llagan Benua Assu-Ekotto esa qoyilmaqom golning muallifiga aylangandi. 56-daqiqada “Tottenxem” jarima maydonchasi ichida Glen Jonsonga nisbatan qoida buzildi. Penaltini Jerrard tepganini inobatga olsak, natijasi o'zingizga ayon, 1:1. 

59-daqiqada yana bir jarima zarbasi belgilandi. Luka Modrich uzatmani amalga oshirdi, havodagi kurashda Sebasten Bassong hammadan ustun kelib, Reyna darvozasini ishg'ol qildi. SHu tariqa Garri Rednapp boshchiligidagi “Tottenxem” Rafael Benitesning “Liverpul”idan ustun kelgan edi.

"Tottenxem" – "Liverpul" – 2:1

Gollar: Assu-Ekotto 44, Bassong 59,  Jerrard 56 (pen).

"Tottenxem": Gomes, CHorluka, King, Bassong, Assu-Ekotto, Xaddlstoun, Palasios, Lennon, Modrich (O'Xara, 84), Kin (Krauch, 68), Defo (Pavlyuchenko, 90).

"Liverpul": Reyna, Djonson, SHkrtel (Sanchez Ayala, 75), Karrager, Insua, Maskerano, Lukas, Kyuyt (Voronin, 79), Djerrard, Babel (Benayun, 68), Torres.

Ogohlantirishlar: Lennon, 25, Maskerano, 32, SHkrtel, 51, Gomes, 56, Karrager, 59, Assu-Ekotto, 67. 


Turda qayd etilgan boshqa natijalar:

"Blekbern" – "Manchester Siti" – 0:2

Gollar: Adebayor, 3, Ayrlend, 90

"Blekbern": Robinson, Yakobsen, Jive, Samba, Uornok, Endryus (Gallagher, 75), N’Zonzi, Diuf (Xoylett, 86), Gamst Pedersen, Roberts (Di Santo, 65), Makkarti.

"M.Siti": Given, Richards, Ture, Dann, Bridj, Ayrlend, Berri, Rayt-Fillips, Robino (Teves, 69), Adebayor, Bellami.

Ogohlantirishlar: Richards, 79, Uornok, 84,Galaxer, 90.

"Aston Villa" – "Uigan" – 0:2

Gollar: Rodalega, 31, Kumas, 56

"Aston Villa": Fridel, Beye (Olbrayton, 68), Kert. Devis, Kuelyar, SHori, St. Petrov, Delf (Siduell, 61), Milner, Eshli Yang, Xeski, Agbonlaxor (Delfonzo, 77).

"Uigan": Kirklend, Melxiot, SHarner, Brambl, Figeroa, Tomas, Braun, N’Zogbiya (Sinkleyr, 68), Gomes, Kumas (Von, 90), Rodalega (Skotland, 90).  Ogohlantirishlar: Delf, 44, Brambl, 79, Figeroa, 83, Eshli Yang, 85.

"Portsmut" – "Fulxem" – 0:1

Gol: Zamora, 13

"Portsmut": Djeyms, Kabul, Disten, Uilson, Belxadj, Mallinz, Buba Diop (Kanu, 76), Mokuna, Utaka (Nyudjent, 87), Kranchar, Pikon.

"Fulxem": SHvarcer, Peyntsil, Xangeland, Xyuz, Koncheski, Merfi, Etuxu, Gera (Seul, 88), Dempsi, Endryu Djonson, Zamora (Nevland, 79).

Ogohlantirishlar: Mallinz, 13, Merfi, 34, Buba Diop, 45, Mokuna, 68, Xyuz, 90.

"Bolton" – "Sanderlend" – 0:1

Gol: Bent, 5

"Bolton": Yaaskelaynen, Rikketts, Nayt, Keyxill, Robinson, Devis, Muamba, Teylor, Makken (Li CHun Yun, 68), K. Devis, Elmander (Uord, 83).

"Sanderlend": Fyulop, Bardsli, Ferdinand, Kollinz, Makkartni, Malbrank (Xenderson, 46), Kettermoul, Sana, Richardson (Kempbell, 76), Bent, Jons.

Ogohlantirishlar: Muamba, 65, Devis, 67, Kempbell, 85.

"Vulverxempton" – "Vest Xem" – 0:2

Gollar: Nobl, 22, Apson, 69

"Vulverxempton": Xennesi, Foli (Vouks, 75), Kreddok, Mansenn (Stirman, 67), Uord, Anri, Milyash (Edvards, 80), Xalford, Jarvis, Kio, Ebanks-Bleyk.

"Vest Xem": Grin, Fober, Apson, Kollinz, Ilunga (Spektor, 65), Parker, Kollison, Nobl, Dayer (Stanislas, 73), Koul (Nubl, 90), Ximenes.

"CHelsi" – "Xall Siti" – 2:1

Gollar: Drogba, 37, 90 - Xant, 28

"CHelsi": P.CHex, Bosingva, Terri, Karvalyu, E. Koul, Obi Mikel (Ballak, 46), Maluda (Deku, 69), Essen, Lempard, Drogba, Anelka (Kalu, 79).

"Xall Siti": Mayxill, Muyokolo, Gardner, Terner, Douson, J.Boateng, Marni (Barmbi, 44), Olofindjana, Xant (Gilas, 69), Mendi (Jovanni, 78), Folan.

Ogohlantirishlar: Mendi, 45, Barmbi, 69, Drogba, 90.

"Stok Siti – "Bernli" - 2:0

Gollar: SHoukross, 19, St. Djordan, 33-avt.

"Stok Siti": Sorensen, Uilkinson, SHoukross, Dian-Fay, Xigginbotam, Delap, Uaytxed, Lourens, Eterington (Uelan, 76), Bitti (Kitson, 67), Fuller (Kressuell, 88).

"Bernli": Yensen, Mirs, St. Djordan, Karlayl, Kalvenes, G. Aleksander (Tompson, 81), Paterson (Gerrero, 72), U. Elliott, Kr. Makkenn, Bleyk (Iglz, 72), St. Fletcher.

Ogohlantirishlar: Dian-Fay, 53, G. Aleksander, 57, St. Jordan, 66.

Kelgusi maqolalarda faqat eng markaziy o'yinlarga to'xtalishni niyat qildik. Marhamat, fikr va mulohazalaringiz bo'lsa, yozib qoldiring.

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика