So’nggi yangiliklar

22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  2 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  2 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2

Anzur Ismoilovda 99ta bo'ldi Yangiliklar

Anzur Ismoilovda 99ta bo'ldi

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda China Cup 2019 doirasidagi dastlabki bahsini o'tkazdi.

Urugvay bilan kechgan o'yinda vakillarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. SHuni aytish lozim, bu o'yin tajribali himoyachi Anzur Ismoilov uchun milliy terma jamoadagi 99-uchrashuv bo'ldi. Anzur Urugvay bilan bahsga qadar bosh jamoamizda 98ta uchrashuv o'tkazgandi. 

U yana bitta bahsda maydonga tushadigan bo'lsa, o'yinlari sonini 100taga etkazib oladi va yuzlik marrani zabt etgan to'rtinchi futbolchi bo'ladi. Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasida hozircha 100ta va undan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar soni uch nafarni tashkil etadi. Bular - Timur Kapadze, Server Jeparov va Ignatiy Nesterov. 

Agar 25 mart kuni Xitoy bilan kechadigan uchrashuvda Anzur Ismoilov yana maydonga tushadigan bo'lsa, bu uning uchun 100-o'yin bo'ladi. Anzur Ismoilov terma jamoadagi debyutini 2007 yil 2 iyul kuni Iroq terma jamoasiga qarshi o'tkazgan. O'shanda jamoamiz 2:0 hisobida zafar quchgandi. 

Agar yilma yil oladigan bo'lsak, Anzur 2007 yil 3ta, 2008 yil 9ta, 2009 yil 8ta, 2010 yil 7ta, 2011 yil 8ta, 2012 yil 8ta, 2013 yil 12ta, 2014 yil 7ta, 2015 yil 13ta, 2016 yil 8ta, 2017 yil 5ta, 2018 yil 7ta va bu yil hisobidan hozircha 4ta o'yinda maydonga tushdi. Eslatib o'tamiz, bunda rasmiy o'yinlar bilan birgalikda FIFA kunlari o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlari ham hisobga olingan. 

X.Xoliqov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика