So’nggi yangiliklar

10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  0 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  5 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  5 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  7 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  8 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  3 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  1 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  2

Anzur Ismoilov: Qatar va boshqa xorij klublaridan bo'lgan takliflarga keskin rad javobini berdim Yangiliklar

Anzur Ismoilov: Qatar va boshqa xorij klublaridan bo'lgan takliflarga keskin rad javobini berdim

Etti yil davomida CHanchun Yatay jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Anzur Ismoilov Xitoy klubini tark etib, Toshkentning Lokomotiv klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ismoilov «CHanchun Yatay» tarkibiga 2011 yili qo'shilgandi. Ushbu jamoa safida jami 186ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

Anzur ketganidan so'ng klub rahbariyati himoyachi Nemanya Peychinovichni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Serbiyalik bu futbolchi erkin agent sifatida «CHanchun Yatay» bilan shartnomaga imzo chekdi.

Biz «Lokomotiv»ga transferi rasman amalga oshgach, Anzur Ismoilov bilan uchrashdik va undan eksklyuziv intervyu oldik.

- Anzur, avvalo, katta tanaffusdan so'ng yana O'zbekiston chempionatiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Ko'pchilik uchun bu biroz kutilmagan transfer bo'ldi. Kelishuv qay tarzda amalga oshdi?

- Tabrik uchun rahmat. Albatta, O'zbekistonga qaytganimdan xursand­man. SHu yilning boshidayoq «Lokomotiv» bilan ushbu transfer yuzasidan og'zaki kelishib qo'ygandik.

O'shanda Toshkent jamoasi rahbarlari menga qo'ng'iroq qilib, «Xitoy klubi bilan shartnomang yakunlanganidan so'ng bemalol kelaver, eshiklarimiz sen uchun doimo ochiq», de­yishgandi. O'sha ahdlashuv natijasida hozir «Lokomotiv»daman.

- «CHanchun Yatay» bilan amalda shartnomangiz bormidi yoki tugaganmidi? «Lokomotiv»ga ozod agent maqomida o'tdingizmi?

- Xitoy klubi bilan yana yarim yillik shartnomam bor edi. Ular meni Qatar chempionati jamoalarining biriga sotmoqchi bo'lishgandi.

SHunda klubimiz rahbariyatiga ketsam faqat O'zbekiston chempionatiga ozod agent maqomida qaytishimni aytdim. Meni to'g'ri tushunishgani uchun ularga minnatdorlik bildirdim.

- Qatar klubi varianti qiziqroq ko'rinmadimi? «Lokomotiv» nimasi bilan sizni o'ziga jalb qila oldi?

- Ochig'ini aytsam, oilam sabab O'zbekistonga qaytishga qaror qildim. O'zim Xitoyda, farzandlarim Toshkentda edi. Ularni juda sog'ingandim. Men ham aksariyat otalar singari farzandlarimni mashg'ulotga, bog'chaga olib borishni xohlayman.

SHularni o'ylab ham Qatar yoki boshqa xorij klublaridan bo'ladigan takliflarga keskin rad javobini berdim.

- Sir bo'lmasa, Qatarning qaysi jamoasidan chorlov bo'lgandi?

- To'g'risi, bu bilan qiziqmadim ham. CHunki etti yarim yil davomida legioner sifatida xorijda o'ynab charchagandim. SHundan kelib chiqib ham klubimiz rahbarlaridan o'zimni O'zbekistonga, bo'lib ham tekinga qo'yib yuborishlarini so'ragandim.

- «CHanchun Yatay»da etti yarim yil o'ynadingiz. Hamma legionerlarga ham bir jamoada bunday uzoq muddat o'ynash nasib etmaydi. O'z o'rnida Xitoy klubi osonlikcha qo'yib yubormagandir? Balki sizga klub tizimida ish taklif qilingandir?

- Xitoy klubi men uchun qadrdon bo'lib qolgandi. O'z o'rnida jamoaning bir bo'lagiga ham aylanib ulgurgandim. U erda hamma narsa men uchun qadrli edi. SHaharda yaxshigina obro'-etiborga ega edim. «CHanchun Yatay» rahbarlari va murabbiylar shtabi men bilan xayrlashishni istashmadi.

Siz aytgandek, klub tizimidan ish taklif qilishdi. Agar xohlasang, o'ynovchi murabbiy bo'lishing mumkin, deyishdi. Lekin ketishimni ulardan o'zim so'radim. CHunki Vatan va oilani juda sog'ingandim. Farazandlarim Xitoy tilini o'rganib olishlari barobarida, o'zbek, rus va ingliz tillarini esdan chiqara boshlashgandi.

SHuning uchun ham ularni Toshkentga jo'natib yuborgandim. Lekin farzandlarimsiz uzoq vaqt qololmasligimni tushunib etdim. To'ng'ichim bu yil maktabga chiqishi kerak, kichigi bog'chaga boradi. SHularni o'ylab ham O'zbekistonga qaytdim va bu qarorimdan hech ham afsuslanmayman.

- «CHanchun Yatay»da o'tkazgan etti yarim yillik faoliyatingiz va umuman, Xitoy futbolidan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Faoliyatimning eng yorqin yillari CHin yurtida o'tdi, deya olasizmi?

- Ha, qaysidir manoda shunday deyish mumkin. Zero, dunyoning yulduz futbolchilariga qarshi to'p surishga muvaffaq bo'ldim. Xabaringiz bor, Xitoy klublari katta pul evaziga olamshumul transferlarni amalga oshirishdi.

Buning natijasida ushbu mamlakat futboliga bo'lgan etibor oshdi. Albatta, shuncha yil bir maromda o'ynaganimdan xursandman. Siz aytgandek, hammaga ham bunday baxt nasib etavermaydi.

- Xitoy Superligasida yoki mamlakatning o'zida nima sizga yoqmadi?

- Agar shu yil misolida oladigan bo'lsak, shaxsan menga amalga oshirilgan o'zgarishlar maqul kelmadi. Xitoy futbol federaciyasi har bir jamoaga 3 nafar 23 yoshgacha bo'lgan mahalliy futbolchini maydonga tushirishni majburiy qilib qo'ydi.

SHuningdek, legionerlar soni ham kamaytirildi. Yani 3 nafar xorijlik futbolchi uchun maydonga tushishga ruxsat beriladi. Bu mamlakat futbolining ertasi uchun yaxshi qaror bo'lishi mumkin. Lekin yoshlar sabab kuchli futbolchilar zaxirada qolib ketyapti. SHu tomoni menga maqul kelmadi.

SHuningdek, mamlakatning o'zidagi parvozlar meni ancha toliqtirgandi. Uzoq yo'l sabab ham o'yindan ikki kun oldin ko'zlangan manzilga etib borishimiz talab etilardi. Bitta safar o'yiniga borib-kelish uchun 4 kun vaqt sarflanardi.

- Hayot tarzichi? U erda yashash, Xitoyning o'ziga xos urf-odatlariga ko'nikish, moslashish qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Masalan, ovqatlanish madaniyati ularda juda past. Ovqatni chapillatib eyishadi. Ularning taomlanishini ko'rib, ishtahangiz ham bo'g'ilib ketadi. Qolaversa, dunyoning eng ko'p aholisi Xitoyda yashaydi.

Ko'chada haddan ziyod tirbandlik yuzaga keladi. Bazida 10 daqiqalik yo'lni bosib o'tish uchun 2 soat vaqt sarflagan paytlarimiz ham bo'lgan.

- Farzandlarimni mashg'ulotga olib borgim keladi, dedingiz. Ular qaysi sport turini tanlashdi?

- O'g'lim futbolga boryapti. Qizim esa badiiy gimnastika to'garagiga qatnash arafasida. Ularning ikkisini ham bu to'garaklarga o'zim olib borishni istayman.

- Farzandingizda futbolga qiziqish bormi? Qaysi klub mashg'ulotiga boryapti?

- Hali juda yosh, lekin o'zi futbolga olib borishimni so'radi. Hozirda «Junior» bolalar klubiga boryapti. Ko'ramiz, oxirigacha qiziqishi shunday saqlanib qolsa, albatta, uni qo'llab-quvvatlayman.

- Xitoyda o'ynab yurgan kezlaringizda O'zbekiston chempionatini kuzatib bordingizmi?

- Albatta. Yaxshiyam «Mediabay TV» bor ekan, shu orqali chempionatimiz o'yinlarini ko'rib borish imkoniyatiga egaman. Etiborlisi, bu yildan barcha o'yinlar jonli tarzda efirga uzatilyapti. Bu yangilik muxlislar uchun katta sovg'a bo'ldi. Qolaversa, do'stlarim orqali ham o'zbek futbolida bo'layotgan yangiliklardan boxabar bo'lib turdim.

- Mana, hozir o'zingiz qaytdingiz va bevosita guvoh bo'lyapsiz. Taassurotlar qanday? Superliga nomiga mos bo'lyaptimi?

- Bemalol mos bo'lyapti, deyishim mumkin. Superligada 12ta jamoa o'ynayapti. Engil va oson kechadigan o'yinlarning o'zi yo'q. Har bir uchrashuv xuddi final maqomida o'tmoqda. Qolaversa, maydonlarning sifati ham ijobiy tomonga o'zgargan. Kiyinish xonalari tartibga solingan.

Barcha stadionlarda o'yin boshlanishi oldidan maydonga suv sepiladi. Bir narsani alohida aytishim kerakki, yil boshida O'zbekiston olimpiya termasining Osiyo chempionatida g'olib bo'lishi barcha qatori meni ham xursand qildi. Natijalar bu borada ham ijobiy ko'rinishga ega bo'lib boryapti.

- Yoshlarimiz aynan Xitoyda chempion bo'lishdi. Xitoyliklar ko'cha-ko'yda, matbuotda bunga qanday munosabat bildirishdi?

- O'zbekiston terma jamoasining barcha o'yinlarini tomosha qildim. Klubimizda o'ynaydigan futbolchi Xitoy termasining sardori edi. Yodingizda bo'lsa, biz bilan o'yinda aynan shu futbolchi qizil kartochka olgandi.

Jamoadoshlarim bilan o'ziga xos garov ham bog'lagandim. Men O'zbekiston termasi bu musobaqada Osiyo chempioni bo'ladi, degandim. Xitoyliklar esa ishonishmagandi.

- «Lokomotiv» bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz? Umuman, O'zbekistonga uzoqroq muddatga qaytdingizmi yoki xorij varianti chiqsa, yana ketishingiz mumkinmi?

- Xorij klublaridan har qanday taklif tushsa ham, qabul qilmayman. Faoliyatimni O'zbekiston chempionatida yakunlash niyatidaman. Etti yarim yil xorij chempionatida o'ynadim. Menimcha, bu etarli muddat.

«Lokomotiv» bilan yarim yillik shartnoma imzoladim. Mavsum yakunlanganidan so'ng shartnomani yana qayta ko'rib chiqishimiz mumkin.

- «Lokomotiv» birinchi davrani yaxshi o'tkaza olmadi. Jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hali oldinda o'yinlar ko'p. Birinchi galda kuchli oltilikka kirib olish kerak. Keyin ochkolar ana shu jamoalar orasida qaytadan hisoblab chiqiladi. Bu holatda ishtirokchilarning aksariyatida chempionlik uchun imkoniyat saqlanib qoladi.

«Lokomotiv» rahbariyati jamoa oldiga chempionlik va kubokni himoya qilish vazifasini qo'ygan.

- Faoliyatingizda alohida o'ringa ega bo'lgan klub - «Paxtakor»ga qaytishingiz ham mumkinmidi? Balki kelasi yili bu jamoaga o'tarsiz?

- Bilmadim, ochig'i, bir narsa de­yish qiyin. «Paxtakor»ning o'yinchilari etarli bo'lsa kerak. Klub bejiz chempionatda peshqadamlik qilmayapti. Hech qachon «hech qachon» dema, degan gap bor.

SHundan kelib chiqsam, hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin hozir «Lokomotiv» futbolchisiman va bor etiborim shu jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishga qaratiladi.

- Terma jamoadagi so'nggi o'zgarishlardan xabaringiz bor, deb o'ylayman. Muxlislar sizni hali bosh jamoada ko'rishadimi? Yoki terma bilan xayrlashdingizmi?

- Yo'q, hali xayrlashmadim. Lekin fikrimcha, yoshlarga imkoniyat berish fursati etgan. Osiyo chempioni bo'lgan termamiz safidagi futbolchilardan ko'pchiligi bemalol bugungi kunda asosiy tarkibda o'ynashga davogar.

Urugvay, Eron, Marokash va Senegalga qarshi kechgan uchrashuvlarda yoshlarimiz yaxshi taassurot qoldirishdi. «Tegirmon navbati bilan», degandek, hammaning o'z davri bo'ladi.

- Terma jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi Temur Kapadze bilan bu masalada gaplashmadingizmi?

- Temur bilan uchrashdik, lekin ushbu mavzuda suhbatlashmadik.

- Rossiyadagi jahon chempionatini kuzatib boryapsizmi? Qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?

- Jahon chempionati kutilmagan natijalarga boy bo'lmoqda. Amaldagi jahon chempioni Germaniya termasi guruhda so'nggi o'rinni egalladi. Argentina va Braziliya o'z imkoniyatidan past darajada o'yin namoyish etdi.

Hozir kuchsiz jamoalar ham kuchli hamda to'g'ri himoyalanish evaziga ijobiy natija qayd etishga o'rganib olishgan. SHaxsan men Braziliya va Franciyaga muxlislik qilgandim. Braziliya chorak finalda yutqazdi.

Franciya esa musobaqa kashfiyotiga aylangan Belgiya termasini mag'lub etib, finalga chiqdi. O'ylashimcha, aynan francuzlar jahon chempionligini qo'lga kiritishadi.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика